Reja: Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari


Download 297.29 Kb.
bet15/41
Sana11.01.2023
Hajmi297.29 Kb.
#1088731
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   41
Bog'liq
majmua yangi

Xalq qo`shiqlari – qo‘shiqlarda xalqning orzu-umidlari va ezgu niyatlari aks
etadi. Tarbiyada uning ahamiyati beqiyos. Qo‘shiqlar etik, estetik va pedagogik
g‘oyalarni musiqiy va shoirona bezagi bilan qadrlidir. Go‘zallik va ezgulik yaxlit
ishtirok etadi. Xalq qo‘shiqlariga ezgulikni, inson baxt-saodatini tarannum etuvchi
milliy qadriyatlar singib ketgan. Qo‘shiqlarning bosh maqsadi, go‘zallikka nisbatan
muhabbat uyg‘otish, estetik didni va qarashni charxlashdan iborat. Qo‘shiqning
ta‘limiy qimmati shundan iboratki, bolalarni chiroyli qo‘shiq aytishga o‘rgatishgan, u
esa o‘z navbatida go‘zallikka va nafosatga o‘rgatadi. Bolaga ilk yoshida aytilgan
allaning ahamiyati ham juda katta. Garchi beshikda yotgan bola uchun aytilayotgan
qo‘shiq mazmuni tushunarli bo‘lmasada, unda ifoda etilgan erkalov ohanglari
ularning maroq bilan mayin kuylashi bolaga jiddiy ta‘sir ko‘rsatadi. Ko‘pgina alla,
qo‘shiqlari, eng avvalo, ona muhabbatining beqiyos qudratini namoyon qiladi. Biroq,
bir vaqtning o‘zida ular bolaga qarash jarayonida ijro etganlarining barchasida
bolalarda mehr-muhabbat tuyg‘usini uyg‘otadi. Ya‘ni, u yoki bu tarzda o‘z-o‘zini
tarbiyalashni kuchaytiradi. Beshikda yotgan chaqaloq hali qo‘shiq so‘zlarini
tushunmaydi, ammo kuyga yo‘g‘rilgan mehr, qalb va ruhni uyg‘otadi, go‘yoki
keyingi tarbiyaviy jarayonlar uchun zamin hozirlaydi. Alla qo‘shiqlari asrlar
davomida yuzaga kelgan. Unda fikr, harakat va kayfiyatning eng foydali jihatlari
mujassamlashgan. Alla qo‘shig`i xalq tarbiyasining eng buyuk yutug‘i, u bolaning
hali murg‘ak, doimiy e‘tibor talab qiladigan paytida amaliyot bilan tutashib ketgan.
Alladan keyingi o‘rinda turadigan va tarbiyaga ta‘sir etadigan omillardan yana
biri bu - ertaklardir. Ertaklar asrlar davomida sayqal topgan, xalq sinovidan o‘tgan
tarbiya vositasidir. Bolalar va ertaklar bir - biri bilan uzviy bog‘liqdir. Ular bir-biri
uchun yaratilgan va shu boisdan, har bir bola o‘z xalqi ertaklari bilan tanishmog‘i
lozim. Ertaklarni esda saqlab qolishda, ularning fikriy teranligi, ma`rifiy va ma‘naviy
mazmunining mushtarakligi katta ahamiyat kasb etadi. Ota-bobolar ertaklarida
nafaqat urf-odatlar, balki axloq me‘yorlari, ularning jamiyat hayotidagi ishtiroki ham
ifodalangan. Ertaklar vositasida bolalarni mehnatsevarlik, kasb-hunar egasi bo‘lishga,
rostgo‘y, zukko, jasur, hozirjavob bo‘lishga da`vat etiladi.

Download 297.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling