Reja: Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari


Download 297.29 Kb.
bet16/41
Sana11.01.2023
Hajmi297.29 Kb.
#1088731
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   41
Bog'liq
majmua yangi

Maqollar ham xalq og‘zaki ijodining eng ko‘p tarqalgan janrlaridan biridir.
Maqollar xalq hayotining badiiy tasviri, uning fikrlov qobilyati, hayotiy tajribasi,
kurash va mehnati jonli ifodalangan, jonli vositasidir. Ularda mehnatkash xalqning
ulkan tajribasi mujassamlashgan, xalq maqollarining katta o‘quv-uslubiy, ma‘naviy
ahamiyati bor. Ular kishilarni yuksak axloqli, vijdonli, mehnatsevar bo‘lishga da`vat
etadi. Maqollar o‘zida ijtimoiy-siyosiy, axloqiy, maishiy, demokratik va boshqa
ko‘plab mavzularni umumlashtiradi. O‘qituvchi oldida turgan muhim vazifa, berilgan
mavzu bo‘yicha maqollarni tanlashdan iboratdir. Bu narsa o‘quvchilar fikrlov
qobilyatini o‘stiribgina qolmay, maqollarning ma‘no – mohiyatini chuqur tushunishga ham yordam beradi. Maqollarga qarab shaxsning ijobiy va salbiy hislatlari odamlar
xulqlarini bir zayilda yaxshilashni ko‘zda tutuvchi tarbiya maqsadi sifatida
gavdalanadi. Buning ajoyib tomoni shundaki, barcha xalqlar inson kamoltining
cheksizligini tan oladilar. Kishi har qancha komil bo‘lmasin, u kamolot sari yana bir
qadam tashlaydi. Bu qadam nafaqat odamni, balki butun bashriyatni taraqqiyot sari
boshlaydi.
Topishmoqlar ham xalq og‘zaki ijodining ixcham turlarida biri bo‘lib, bolalar
ularni osonlik bilan yodda saqlab qoladilar. Topishmoqlar oqilona, shoirona, axloqiy
g‘oya bilan sug‘orilgan bo‘ladi. Binobarin, ular aqliy, axloqiy va estetik tarbiyaga
ta‘sir ko‘rsatadi. Ko`pgina topishmoqlarda ―bosh yorqin ko‘lga, soch siyrak
o‘rmonga‖ o‘xshatiladi. Soch haqida gap ketganda odamlar janajon tabiatning
go‘zalligi haqida o‘ylaydilar. Bu haqida shoirona ramzlar bilan yo‘g‘rilgan,
mukammal shaklga ega bo‘lgan, topishmoqlarni o‘z bolalariga aytadilar. Go‘zallik
haqida topishmoqlar bilan xalq muallimlari bolalarni estetik didini rivojlantirgan.
Topishmoqlar ongga ta‘sir qilishning ko‘p taraflama vositasi sanalib, maqsadi va
shaxs kamolotining barcha boshqa jihatlari bilan yaxlit aqliy tarbiyani olib borishdan
iboratdir. Bu yaxshilikka topishmoqlardagi oqil va go‘zallikning uzviy bog‘liqligi
sharofati bilan erishilgan, ayni holda, aql xalq tomonidan maqsad, go`zallik va vosita
deb baholangan. Ayni topishmoqlardagi go‘zallik tufayli sog‘liq, mehnat, axloq
haqidagi fikrlar bu qadar ma‘nodorlik kasb etgan. To‘g‘ridan-to‘g‘ri va bevosita tarbiya bilan bog‘liq hodisalardan tabiatga eng yaqini o‘yinlar. O‘yin-insonning tabiatga qarab kashf etgan mo‘jizalaridan biri hisoblanadi. O‘yin bolalar hayotidagi hayratlanarli darajadagi rang-barang jihatidir. O‘yin bilan birga bolalar hayotiga san‘at, nafosat kirib keladi. O‘yin, qo‘shiqlar, raqslar, ertaklar, topishmoqlar, tez aytishlar, ifodali o‘qishlar, Qur‘on va xalq ta‘limi vositasi sifatidagi xalq ijodiyotining boshqa turlari bilan bog‘liq. Har bir yosh hususiyati o‘yinlarni mohiyati va mazmunini belgilangan. Turli yoshdagi odamlar guruhga to‘plangan va hayotning ma‘lum bosqichidagi o‘ynaladigan o‘yinlar avloddan-avlodga o‘tib kelgan. O‘yinlarda xalq tarbiyasi, xalq ta‘limining tabiiylik, uzluksizlik, vazminlik, sarishtalik, tugallik kabi hususiyatlari yanada namoyon bo‘ladi.
Xalq o‘zining ko‘p asrlik tarixida tarbiyaning o‘ziga xos vositalari hamda
usullarini yaratgan va ularni asta-sekin tarbiyaning an‘anaviy usullariga aylantirgan. Xalq pedagogikasi tarbiyaning xilma-xil uzviy vositalaridan, jamlangan usullaridan keng foydalanilgan. Xalq pedagogikasi tarbiya uzluksiz va muayyan yo‘sinda
bo‘lgan. «Bizning ajdodlarimiz, xalqimiz qadim-qadimdan o‘troq yashagan,
millatimizning iligi o‘troq madaniyat sharoitida qotgan. Xalqimizning «iligi to‘q,
baquvvat» demoqchiman. Yana tilimizda «tagli-tugli», «palagi toza» degan iboralar
ham bor. Bu bir joyda muqim yashagan, o‘z turmush tarziga, axloq-odob
mezonlariga, aqidalari va tafakkur tarziga ega bo‘lgan xonadonlarga nisbatan aytiladi.
Butun ommani, bir necha yuz minglab, millionlab aholini birlashtirgan aqidalarga,
mezon va qoidalarga ega bo‘lgan xalqni qanday izohlash va ta‘riflash mumkin?! Ana
shu hayotiy va ijtimoiy mantiqdan kelib chiqsak, ta‘rif va izoh bitta bo‘ladi – milliy
borlig‘imiz, madaniyatimiz ildizi, tomiri o‘troq bo‘lgan».Prezident o‘z fikrini davom ettirib, «Biz xalqni nomi bilan emas, balki madaniyati, ma‘naviyati orqali bilamiz, tarixining tag-tomirigacha nazar tashlaymiz», – deb yozadi. Demak, ana shu moddiy boylik va madaniyat yaratuvchi xalq qanchalik qadimiy bo‘lsa, uning pedagogik tajribasi ham shunchalik qadimiydir, shuning uchun ham o‘sha xalq yaratgan topishmoq, maqol, matal, qo‘shiq, ertak va dostonlarda aks ettirib kelindi. Xalqimiz ma‘naviyatining noyob durdonalari bo‘lgan xalq pedagogikasining eng taraqqiyparvar va noyob fikr-mulohazalari o‘z qimmatini hech qachon yo‘qotmagan. Ana shu xalq pedagogikasi tufayli kamolotga erishgan ajdodlarimiz uzoq asrlar davomida butun jahon madaniyatiga o‘z hissalarini qo‘shib kelgan. Ikkinchidan, xalqimizning ko‘p qirrali tarixiy va boy madaniyatining ajralmas qismi bo‘lgan xalq pedagogikasini o‘rganish orqali milliy tarbiya-mizning o‘ziga xosliklarini o‘rganish imkoniyati paydo bo‘ladi. Chunki har bir xalqda umuminsoniy fazilatlar bilan birga, hech kimnikiga o‘xshamagan alohida qadriyatlar mavjud bo‘ladi. Bunday qadriyatlar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib qolmaydi. Ular tarixan shaklanib, rivojlanib boradi. Aynan o‘zbek xalqining yosh avlodni tarbiyalashdagi o‘ziga xosliklari (bolani «siz»lab gapirish, kattalar gapirganda «xo‘p» deyish va sh.k.) u tomonidan yaratilgan pedagogik g‘oyalarda o‘z ifodasini topgan. =Uchinchidan, xalq og‘zaki ijodi manbalari asosida o‘zbek xalqi pedagogikasini
o‘rganish – pedagogika fani tarixiy taraqqiyotining obyektiv qonuniyatlarini aniqlash,
belgilash uchun g‘oyat muhim ahamiyatga egadir. Xalq ertaklari folklorning boshqa janrlari kabi yozma adabiyotning shakllanishi va rivoji uchun muhim omil bo‘lib hizmat qilgan. Xalq tomonidan yaratilgan turli yo‘nalishdagi ertaklar shu janrdagi zamonaviy san‘at, yozma adabiyot janrlari, masalan, povest, novella, ocherk va romanlar yaratilishi uchun asos bo‘lgan. Ma‘lumki, inson fikrlash tarzi an‘ana va novatorlik dialektikasiga muvofiq rivojlanadi. U avloddan - avlodga o‘tib kelayotgan ma‘naviy boyliklardan
kuch oladi. Bunday boyliklar jumlasiga xalq og‘zaki ijodi asarlari kiradi. Yozma
adabiyot vakillari o‘z ijodiy faoliyatlari davomida folklor asarlaridan o‘zlariga xos an‘anaviy mezonda foydalanishgan va ularni qayta ishlaganlar. Shunday bo‘lmaganda, an‘anaviylik qonuniyati buzilar edi, badiiy ertaklar hayotiyligini yo‘qotardi. Huddi shuning uchun ham badiiy so‘z ustalari original badiiy ertaklar yaratgan holda xalq ertaklari janriga xos qonun qoidalariga bo‘ysunganlar yoki asarlari tarkibiga ertaklarga xos bir qancha xususiyatlarni olib kirganlar.Adabiy ertaklar (badiiy mualliflik) ni xalq ertaklari bilan qiyosiy taqqoslashnatijasida, biz bu ertaklardan foydalanishda ikki xil yo‘l tutilganligini ko‘rdik. Birinchidan, badiiy asarlar ertak janrining barcha belgilari aks ettirilgan holda yaratilishi mumkin. Ikkinchidan, badiiy ertaklar an‘anaviy uslublar shaklidangina foydalanib yaratiladi. O‘zbek mumtoz adabiyoti namoyondalari Navoiy, Lutfiy, Sakkokiy, Bobur, Gulxaniy va boshqalarning xalq ertaklari shakl va formalaridan, g‘oya va obrazlaridan mohirlik bilan foydalanganliklari buning yorqin misolidir. Ularning uslubi va tilidan shuni sezish mumkinki, ular xalq orzu - umidlarini ifodalash yo‘lida xizmat qiladilar. Masalan, A.Navoiy ―Xamsa dostonlarini yaratishda xalq ertaklari syujetlaridan, g‘oya va obrazlaridan foydalandi. ―Farhod va Shirin‖ dostonining kirish qismida u, bu asarni yaratishda o‘zidan oldin o‘tgan kishilarning, xalq og‘zaki ijodining boyliklaridan samarali foydalanib, rohatlanganligini tan oladi. Bu poema shoir ijodining original mahsuli bo‘lib hisoblanadi. Unda xalq o‘rtasida keng
tarqalgan ―Farhod va Shirin, Xisrav va Shirinda ertak, doston, afsona va masallarning mazmunidan keng va o‘ziga xoslik bilan foydalanilgan. Buyuk mutafakkirning ―Farxod va Shirin, ―Sab‘ai sayyor, ―Saddi Iskandariy, ―Lison uttayr kabi dostonlarining ildizlari ham xalq ijodiga borib taqaladi, ertaklar Navoiy ijodiga kuchli ta‘sir ko‘rsatganligini shundan ham bilish mumkin.

Download 297.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling