Reja: Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari


Milliy qadriyatlar vositasida yoshlar ma‟naviyatini shakllantirishning usul va vositalari


Download 297.29 Kb.
bet17/41
Sana11.01.2023
Hajmi297.29 Kb.
#1088731
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   41
Bog'liq
majmua yangi

3. Milliy qadriyatlar vositasida yoshlar ma‟naviyatini shakllantirishning
usul va vositalari.
Xalqimiz o`z tarixiy-ijtimoiy taraqqiyoti mobaynida boy
og`zaki ijodiy meros yaratgan. O`zbek folklorining barcha janrlari ya'ni miflar,
afsonalar, rivoyatlar, ertaklar, naqllar, latifalar, loflar, tarixiy qo`shiqlar, termalar,
dostonlar, maqollar, topishmoqlar, marosim folklori va bolalar folklorining barcha
janrlari, xilma-xil qo`shiqlar, og`zaki drama, askiya va boshqalar katta tarbiyaviy
imkoniyatlarga egadirlar. Xalq folklorida ta'lim va tarbiyaga oid ilg`or pedagogik
fikrlar ilgari surilgan. Har tomonlama yetuk, yuqori axloqli shaxsni shakllantirishning
hamma tarkibiy qismlari, ya'ni aqliy tarbiya, ahloqiy tarbiya, mehnat tarbiyasi,
jismoniy tarbiya va nafosat tarbiyasiga xos bo`lgan va tarbiya ishida qo`llash mumkin
bo`lgan pedagogik ma'lumotlar o`zbek folklorining sanab o`tilgan barcha janrlarida
o`z ifodasini topgan. Masalan, xalq og`zaki ijodining boshqa namunalaridagi singari,
xalq maqollarti va ertaklarida halollik, to`g`rilik, yaxshilik, botirlik, sahiylik,
go`zallik, kamtarlik kabi axloqiy sifatlar yuksak baholanadi va aksincha, tekinxo`rlik,
egrilik, yomonlik, qo`rqoqlik, baxillik, xunuklik, manmanlik singari salbiy
xususiyatlar qoralanadi. Misol tariqasida bilimdonlik va ilmsizlikka oid ushbu
maqollarni keltiramiz: «Bilgan o`qir, bilmagan to`qir», «Bildirish uchun bilish
kerak», «Bilimsiz kishiga ish yo`q, ilmsiz kishiga osh yo`q. Yoki «Farhod va Shirin»,
«Uch o`g`il», «Aql va oltin» ertaklarida ilm-hunar ulug`lansa, «Yetti ahmoq»
«Kuygan chol», «Soqi mumsik bilan Boqi mumsik» kabi ertaklarda savodsizlik,
ahmoqlik, fahmsizlik kabi illatlar kulgi ostiga olingan. Ahloqiy tarbiya masalalariga xalq pedagogikasida keng o`rin berilganligitufayli, xalq og`zaki ijodi janrlarida ahloq-odob haqida qimmatli g`oyalar ilgari surilgan. Professor A. Zunnunovning ta'kidlashicha, «har bir xalq, jumladan o`zbek xalqi ham ahloq qonun-qoidalarini yaratdi va u insoniylik asosi hisoblanadi. Misol uchun, «Olim bo`lish oson, odam bo`lish qiyin» maqolini olaylik. Unda insonga bo`lgan munosabat yorqin ifodalanadi. Xalq tasavvurida olim bo`lishga nisbatan odam bo`lish mushkuldir. Shu sababli ham qadimdan insoniylik yosh avlodni go`zal ahloqli, ma‘naviyatli qilib tarbiyalashda asosiy mezon hisoblangan va u tarbiyaning asosi sifatida hozir ham davom ettirilmoqda. Milliy maktabda ta'lim-tarbiyani insoniylashtirish masalasi muhim o`rin tutadi. Shunday ekan, xalq pedagogikasi manbalaridan biri bo`lgan o`zbek folklorining yoshlarda insoniylikni, ahloqiy xususiyatlarni shakllantirishdagi imkoniyatlaridan samarali foydalanmog`imiz zarur. Xalq pedagogikasida bolaning mehnat tarbiyasiga, uni kasb-hunar egasi
bo`lib yetishishiga jiddiy ahamiyat berilgan. Xalq og`zaki janrlarida mehnatning
tarbiyaviy ahamiyati katta ekanligi qayd etiladi. Mehnat bola tarbiyasida asosiy vosita
deb qaraladi. Masalan, xalq qo`shiqlarida mehnatsevarlik ulug`lanadi, sifatli, ijodiy,
ixlos bilan va samarali qilingan mehnatga yuksak baho beriladi. Misol tariqasida
o`zbek qizlarining mehnat tarbiyasida keng foydalanilgan kashta qo`shiqlarini
keltirish mumkin:
1) Bosma tikar botirib,
2) Issiq suvga qotirib,
3) Shuning uchun botir qiz,
4) El ko`rganda shoshirib,
5) Jimalayni tepib tikar,
6) Ko`z nurina selday to`kar.
7) Guli tekis bo`lib chiqmasa,
8) Ko`rgan kishi boplab so`kar
Xalq pedagogikasiga ko`ra yosh avlodda mehnatsevarlikni shakllantirish
insonning aqliy yetukligi, jismoniy salomatligi va kamoloti, axloqiy pokligi va undagi
nafosat xususiyatlarini vujudga kelishi bilan bog`liqdir. Xalq bolaning aqliy jihatdan
rivojlanishiga alohida e'tibor bergan. O`tmishda o`zbek xalqi hayot tarzining ifodasi
sifatida tematik jihatdan g`oyat boy va rang-barang bo`lgan topishmoqlar yaratilgan
bo`lib, xalq og`zaki ijodining bu namunasi bolaning aqliy va ma‘naviy tarbiyasida
keng qo`llanilgan. Topishmoqlar xalqimiz ijtimoiy-maishiy turmushining, yashab
turgan hudud tabiatining, jo`g`rofiyasiniig va umuman bizni o`rab turgan olamning
barcha sohalarini qampab olgan. Demak, topishmoqlarning nafaqat tarbiyaviy, balki
didaktik imkoniyatlari ham katta. Ulardan milliy maktabda ta'lim mazmunini
milliylashtirishda foydalanish mumkin. Masalan, sanoq sonlar ishtirok etadigan
o`zbek topishmoqlari matematik ta‘limni milliylashtirishda juda qo`l keladi. Bunday
topishmoqlarda narsa yoki hodisalar sanoq sonlar yordamida jumboqlanadilar. Ya'ni
ular orasidagi o`xshaishlik hisobga olinadi. Shunday ekan, jumboqni yechishda
o`quvchilar tahlil qilish, taqqoslash, umumlashtirish, narsa va hodisalarni o`zaro
bog`lagan holda tekshirib, so`ngra xulosa chiqarish (sintez qilish) kabi mantiqiy
operatsiyalarni bajaradilar. Topishmoqlar vositasida beriladigan matematik bilimlar
hayot bilan bog`liq, amaliy yo`naltirilgan bo`ladi. Misol uchun ushbu topishmoqni
keltiramiz:
1) Bir daraxtda o`n ikki shox,
2) Hap shoxda o`ttiz yaproq.
3) Yaproqning bir yoni qora, bir yoni oq.
Javobi: bir yil, o`n ikki oy va o`ttiz kecha kunduz.
Xalq og`zaki ijodida jismoniy tarbiya g`oyalari ham keng o`rin olgan. Xalq azaldan yoshlarning sog`lom, epchil va baquvvat bo`lib o`sishiga doimo e'tibor berib
kelgan. Xalqda jismoniy barkamollik, vatan himoyasi va mardlik tushunchalari bilan chambarchas bog`lanib kelgan. Navoiyning «Farhod va Shirin» dostonidagi Farhod
obrazi so`zimizga dalil bo`la oladi. Ushbu obraz orqali jismonan kamolotga erishgan,
mard va pahlavon inson shunday tasvirlanadli: Ajabdur uch yoshida ko`zga atfol,
Nechukkim o`n yoshida o`zga atfol, G`olib bu ishda el hayroni oning, Sehru mehr sargardoni oning. Ya'ni, Farhod juda aqlli, zehnli bola bo`lib o`sadi, zo`r havas bilan ilm
egallaydi, ammo o`qib ilm olish bilangina cheklanib qolmaydi. U jismoniy va harbiy
mashg`ulotlar bilan ham shug`ullanib, chiniqa boshlaydi. 10 yoshida unda 20 yashar
yigitning kuch-quvvati bo`ladi. U o`zining aqli va jismoniy mahorati bilan kishilarni
hayratda qoldiradi. Farhod o`z ilmi, kuch-quvvati va hunarini ommaning manfaati uchun sarflaydi. O`zbek qahramonlik dostonlaridagi obrazlar xalq pedagogikasida bolaning
jismoniy va vatanparvarlik tarbiyasida qo`llanilib kelingan. Jumladan, Alpomish,
Rustamxon obrazlarida jismoniy kamolotga erishgan, vatan himoyasiga tayyor, uning
uchun jang qilishga shay kishilar gavdalantirilgan. qahramonlik eposlaridagi ajoyib -
g`aroyiblik, qiziqarlilik yoshlarni doimo o`ziga jalb etib kelgan va muxim tarbiya manbai bo`lib xizmat qilgan. Bolalarning nafosat tarbiyasi xalq nazaridan chetda qolmagan. O`zbek xalqi boshqa xalqlar qatori yoshlarni san'atning turli xillariga o`rgatib kelgan, ularni san'at orqali tarbiyalagan. Xalq og`zaki ijodining namunalari bo`lgan va xalq yig`inlarida aytilib kelingan qo`shiqlar, dostonlar, askiyalar yoshlarda san'at sohasidagi nafosat ehtiyojlarini shakllantirishga, ularda xalq badiiy qadriyatlarini o`rganishga intilishni tarbiyalashda ulkan hicca qo`shganlar. Masalan, o`zlarining badiiy jihatlari bilan diqqatga sazovor bo`lgan o`zbek xalq lirik qo`shiklari yoshlarning nafosat tarbiyasida muhim rol o`ynaydilar. Hayotda go`zallikni his qilish g`oyasi bilan sug`orilgan quyidagi lirik qo`shiq misolida fikrimizni dalillashimiz mumkin: Yorim keladi yashnab, Zar kokilini tashlab. Xipcha belini ushlab, Shakar labini tishlab.
Xalq og`zaki ijodi yozma adabiyotdan ancha ilgari paydo bo`lgan va yozma
adabiyotning paydo bo`lishiga zamin hozirlagan. Xalq og`zaki ijodi xalqning
yengilmas irodasini, kelajakka bo`lgan ishonchini, adolat, xaqiqat, tinchlik va baxt haqidagi tasavvurni aks ettiradi. Xalq shoiri yoki jamoa tamonidan yaratilib, og`izdan-og`izga, avloddanavlodga, o`tib kelgan badiiy asarlar xalq og`zaki ijodi deyiladi, yoki fol'klor deb hamyuritiladi. Xalq og`zaki ijodiga quyidagi janrlar kiradi: qo`shiq, maqol, matal,topishmoq, afsona, rivoyat, doston, askiya, tez aytish, masal, alla, yor-yorlar, kelin
salomlar va boshqalar.

Download 297.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling