Reja: Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari


Download 297.29 Kb.
bet13/41
Sana11.01.2023
Hajmi297.29 Kb.
#1088731
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   41
Bog'liq
majmua yangi

Ism qo‟yish odati - qadimgi ota-bobolarimiz boshqa udumlar qatori ism
qo‘yish odatini ham tark etmaganlar. Dunyodagi barcha jonli-jonsiz narsalarning,
hatto oliy voqea-hodisalarning o‘z nomi, ismi, atamasi bor. Ism qo‘yish, odatda,
qishloq, mahalla, guzarning keksa, o‘qimishli, donishmand kishilarning imtiyozida
bo‘lgan. Ba‘zan, muayyan oilaning eng keksa kishisi, buvisi zimmasida bo‘lgan.
Ayrim hollarda chaqaloq qulog‘iga azon aytgan so‘fi, mulla ixtiyorida bo‘lgan.
Bolaga ism qo‘yish g‘oyatda jiddiy, mas‘uliyatli udum sanalib, bo‘lajak fuqaroning
kelajak taqdiri - amali, hayot yo‘liga ta‘sir qiladi, deb tushunilgan. Shuning uchun
ham ulug‘, kasb-kori, sulola mavqeiga mos ism qo‘yish kerak bo‘lgan.
Hashar- Sharq xalqlari orasida keng tarqalgan udumlarimizdan biri bo‘lib,
qadimdan o‘zbek xalqi hayotida muhim o‘rin tutib kelgan. Hashar - bu ko‘pchilikning
bir yoqadan bosh chiqarib, bir maqsadda harakat qilishidir. Hashar bahorda
ko‘chalarni tozalash, ko‘chat ekish, ariq tozalash, yo‘llar qurish, mozorlarni
obodonlashtirish, ko‘priklar qurish, jamoat joylarini tartibga keltirish, shifohonalarni
qurish borasida ham ko‘pchilikka foyda keltirgan. Hasharning bosh xususiyati
shundan iboratki, u beminnat, bepul, beta‘ma bajariladi. Hashar ishi ko‘pchilik
tomonidan tekinga ado etiladi.
Mehmondorchilik - ya‘ni, mehmon kutish va kuzatish odati dunyoda aksariyat
xalqlarga xos xususiyatdir. O‘zbek xalqining bu odati juda qadim zamonlarda ixtiyor
qilingan. Shuning uchun, madaniyatimizning ko‘hna manbalarida mehmondorchilik
insonning, oilaning, qabila va xalqning, odamiylik, sahovat, madaniy va ma‘naviy
aloqasi - muloqot mezoni sifatida juda katta qadr bilan tilga olingan. O‘zbeklar
―Mehmonxonang tor bo‘lsa ham, mehru - diling keng bo‘lsin deyishadi. Otabobolarimiz mehmondorchilikda qanday qoidalarga rioya qilish haqidagi maxsus
risolalar yozganlar.

Download 297.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling