Reja: Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari


Tarbiya qoidalariga quyidagilarni kiritish mumkin


Download 297.29 Kb.
bet7/41
Sana11.01.2023
Hajmi297.29 Kb.
#1088731
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   41
Bog'liq
majmua yangi

Tarbiya qoidalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
1. Tarbiyaning ma‘lum maqsadiga qaratilganligi.
2. Tarbiyaning insonparvarlik va demokratiya qoidasi.
3. Tarbiyaning hayot bilan, mehnat bilan bog‘liqligi qoidasi.
4. Tarbiyada milliy, madaniy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi qoidasi.
5. O‘quvchilarning yosh va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish qoidasi.
6. Izchillik, tuzimini, tarbiyaviy ta‘sirlarning birligi va uzlukzsizligi qoidasi.
1. Tarbiyaning maqsadga qaratilgan qoidasi.
Tarbiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad har tomonlama ma‘naviy rivojlangan aqliy va axloqiy barkamol shaxsni shakllantirishdan iborat. Shunga ko‘ra tarbiyaviy faoliyatning mazmuni tashkiliy shakllari va usullari shu maqsadga erishishni ko‘zda tutadi. Bundan tashqari o‘quvchilarda milliy g‘urur va milliy axloq odobni shakllantirishni ham nazarda tutadi. Tarbiya ma‘lum maqsadni ko‘zlovchi va uzluksiz davom etadigan jarayondir.
2. Tarbiyada invonparvarlik va demokratiya qoidasi. O‘qituvchi bilim saviyasi, ma‘naviyati bilan jamiyatni harakatga keltiruvchi, taraqqiyotga eltuvchi yetakchi omildir. U yurish-turishi, hatti-harakati, kiyinishi, muomalasi bilan o‘quvchilar qalbiga kirishi maqsad sari yo‘naltirishi shart. Bundan tashqari yoshlarni insonparvarlik ruhida tarbiyalashda muqaddas kitobimiz – Qur‘oni karim, xadisi sharif, sharq mutafakkirlarining boy madaniy
merosidan foydalanamiz. Insoniy fazilatlarni tarkib toptirishda ijtimoiy fanlar xususan O‘zbekiston tarixi va adabiyotini o‘qitish jarayonida milliy ma‘naviyatga, milliy ruh, urf-odat, qadriyatlarga alohida e‘tibor berish lozim. O‘qituvchi o‘quvchisiga har tomonlama
namuna bo‘lishi lozim, shundagina ular o‘rtasida do‘stona munosabat qaror topadi.
Tarbiyani demokratiyalash–bu tarbiyani ma‘muriy ehtiyoj va qiziqishlardan
yuqori qo‘yish: tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o‘rtasida o‘zaro ishonch hamkorlik
asosida pedagogik munosabat mohiyatini o‘zgartirish demakdir.
O‘qituvchi o‘quvchiga avvalgidek tarbiya obyekti emas, xuddi o‘zidagi subyekt
deb qarashi kerak. U o‘quvchini mening buyrug‘imni bajarur, deb emas, alki mening
o‘zim bilan teng huquqli birga ishlovchi, hamkorlik qiluvchi deb qarash kerak.
Maktab osoyishtalik insonga mehr muhabbat beshigi bo‘lish kerak.

Download 297.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling