Reja: Tarixiy antropologiyada Annallar maktabining vujudga kelish


  Annallar maktabida L. Fevr va M. Bloklar faoliyati


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/10
Sana18.11.2021
Hajmi0.54 Mb.
#175414
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2 мавзу маърузаси Тарихий антропология

2. 

Annallar maktabida L. Fevr va M. Bloklar faoliyati 

M.Blok  ba’zi  hollarda  L.Fevrga  o’xshab  madaniyat  tarixi  va  ijtimoiy 

psixologiyaga  murojaat  qiladi.  Alohida  individumlarining  tafakkurini  tahlil 

qilishda  emas  bevosita  ommaviy  ko’rishda  o’rganadi.  Demak,  Blok  eng  avvalo 

madaniyat  tarixi  va  o’sha  o’tmishdagi  odam  psixologiyasini  o’rganish 

metodologiyasini  bevosita  ommaviy  ko’rnishlar  asosida  amalga  oshirishga 

chaqirdi.  Shuningdek,  olim  biror-bir  senor  yoki  hukmdorning  shaxsiga  tavsif 

bermaydi.  Blok  foydalangan  metodlarning  tadqiqotchilari  uning  metodida 

sotsiologik  mavhumlashtirish  ko’rinishida  bo’lmay,  aynan  insoniyat  jamiyatining 

aloqalar  tizimi  odamlar  o’rtasidagi  munosabatlar  ko’rnishida  chiqadi. 

Tadqiqotchilar  Blok  metodologiyasida  shaxslarni  emas,  butun  bir  jamiyatni 

tahlilini  ko’radi.  Uning  asarlarida  bir  senor  yoki  hukmdorni  shaxsiy  tavsifi 

berilmaydi.  Blok  texnika  tarixi,  o’zaro  yer  munosabatlari,  G’arbiy  Yevropaning 

feodallashuvi, madaniy ruxiy tiklanishi bilan shug’ullangan bo’lsa ham, u ijtimoiy 

tuzumning tadqiqotchisi bo’lib kelgan.   

“M.Blok va L.Fevrning madaniyat tarixiga, ijtimoiy pisixologiyaga murojaat 

etishlari,  muammoni  o’rganishda  olim  alohida  individlarning  fikrlari  tahlilidan 

emas,  balki  bevosita  ommaviy  hodisalarning  tahliliga  asoslanadi.  Blokning 

“Feodal jamiyat” nomli ikki jildlik asariga nisbatan Fevr hayrat bilan feodal davrda 

“hukmronlikning mavhum g’oyasi aniq bir hukmdor tavsifidan kam ajratilganligi” 

va  biror  bir  mansabdor  shaxs  yoki  hukmdorning  shaxsiy  tavsifnomasi 

berilmaganligi  to’g’risida  so’z  yuritadi”.  M.Blok  tarixiy  taraqqiyot  o’rganishda 

ayrim  tarixiy  shaxslar  emas,  hukmdorlar  emas,  balki  o’sha  tarixiy  taraqqiyot 

davridagi  ommaviy  hodisalarni  tahlil  qiladi.  Ommaviy  hodisalarni  o’rganish 

asosida  o’sha  davrning  mazmun  mohiyatini  ochib  berishga  harakat  qiladi. 

Insoniyatning  o’tmish  tarixiy  taraqqiyoti  alohida  tarixiy  shaxslar  emas, 

taraqqiyotning  harakatlantiruvchi  kuchi  bo’lgan  xalq  ekanligi  g’oyasini  ilgari 

suradi. Blok nima bilan shug’ullanmasin texnika tarixi, yer munosabatlari, G’arbiy 

Yevropadagi feodalizm o’rta asrlardagi odamlarning madaniy, psixologik bo’g’ini 

bilan  u  ijtimoiy  strukturalizm  tadqiqotchisi  bo’lib  qolavergan,  shuning  uchun  uni 




iqtisodiy qiziqishlarini asl diapazonini jiddiy toraytirish hisoblanadi. Blok fransuz 

tarix metodologiyasi zahirasi, ruhiyat asosida o’z tadqiqotini amalga oshirdi. Shu 

bilan  birga  Blok  metodolgiyasi  nemis  tarixchilarining  ko’rsatmalaridan  yiroq  edi: 

tarixchilar  e’tiborini  nafaqat  jamiyat,  balki  mamlakat  ham  egallagan.  Tarixchi 

M.Blokning  hamkori  L.Fevr  asosiy  kategoriya  sifatida  “sivilizatsiyani  hisoblasa, 

undan  farqli  ravishda  Blok  uchun  asosiy  kategoriya  sifatida  jamiyat  bo’lib  qoldi. 

Blokning nazarida ma’lum bir takroriylikka ega bo’lgan tipik ommaviy hodisalar 

egallagan,  shuning  uchun  Blok  metodologiyasining  muhim  parametri  bo’lib, 

o’rganiladigan  jamiyat  va  institutlarga  qiyosiy  tipologik  yondashuv  hisoblangan. 

Keng dunyoqarashga ega bo’lgan tarixchi uchun taqqoslashdan foydalanish tabiiy 

holdir.  U  g’arbdagi  feodalizm  bilan  eski  Yaponiya  tuzilishigacha  bo’lgan 

qiyoslashlardan 

foydalangan. 

Chunki 


Blok 

uchun 


feodalizm 

Yevropa 


rivojlanishining  noyob  hodisasi  emas,  balki  “ijtimoiy  tipdir”.  Bu  yerda  olim 

insoniyat  tarixiy  taraqqiyotining  notekisligi  va  har  bir  mamlakat,  hudud  uchun 

alohida  bo’lishini  e’tirof  etdi.  Shu  bilan  birga  turli  jamiyatlarning  o’xshash 

rivojlanish  bosqichlarida  ularga  xos  bo’lgan  qonuniyatlarni  aniqlagan.  Ammo 

qiyosiy-tipologik  metoddan  foydalanish  unga  tuzilgan  qatorlar  orasidan  yakka 

xususiy  holatlarini  aniqlashga  imkon  bergan.  Tarixchi  uni  qiziqtirgan  ijtimoiy 

hodisalarning genezisini o’rganishi tabiiydir. Biroq Blokni ko’pgina olimlar afzal 

ko’rgan usullari - aniq bir institutning mavjudligini aniqlab olishdan oldin ularning 

asoslarini o’zlashtirmay turib sabablarini manbalar bilan almashtirib o’rganadigan 

bunday  genetik  tushuntirish  qoniqtirmaydi.  Blok  murakkab  tarixiy  hodisalarni 

tushuntirishda faqatgina ularning tub ildizlarini qidirishdan iborat bo’lgan urunish 

xatarli  ekanini  bildiradi.  U ko’pgina tarixiy  tadqiqotlar  mualliflarida uchraydigan 

“vasvasa”  “manba  but-sanam”,  “kelib  chiqish  savdoyiligi”  deya  atadi.    Tarixiy 

tadqiqotlarda faqat manbani o’rganish va faqat shu manba asosida butun bir yaxlit 

manzarani  tasvirlashga  qarshi  chiqdi.  Ba’zi  olimlar  o’tmishni  o’rganish  emas, 

tarixiy  manbani  o’rganish  bu  tarixchining  kasbi  deb  tushundilar.  M.Blok  bunday 

tushunchaga qarshi chiqdi. “Eman urug’idan eman daraxti paydo bo’ladi. Ammo u 

faqatgina qulay muhit sharoitidagina eman bo’lib yetishadi va daraxt bo’lib qoladi, 




muhit  esa  embriologiyaga  bog’liq  emas.  Arablar,  vengrlar,  normanlar bosqinidan 

yaratilgan “muhit” ta’rifida “inson insonga tobeligi” yetakchilikni egallagan.  

M. Blok “Feodal jamiyat” asarini ham feodal munosabatlarini yoki ularning 

paydo  bo’lishi  sharoitlarini  aniqlash  genezisining  “embriologik”  tadqiqotlaridan 

boshlamaydi.  Biroq  Blokning  manbalarni  emas,  balki  ma’lum  bir  feodal  institut 

egallagan  klassik  shaklini  tadqiqot  qilishga  kirishish  va  uning  kelib  chiqish  tarixi 

bilan umuman qiziqmaydi degan fikrga kelish noo’rindir. M.Blok shu qatlamning 

mohiyatiga doir bilimlar bilan to’laqonli qurollangandagina genesis

1

 muammosiga 



murojaat  etgan.    Jamiyat  paydo  bo’lishini  yaxlit  holda  uning  rivojlanish 

bosqichining yetuk davrida bir butun tasavvur eta turib, uni keng genetik aloqada 

ko’rishga harakat qilgan”. Blok tomonidan maxsus o’rganilgan IX-XIII asrlardagi 

feodal  jamiyat  bir  tomondan  kechki  antik  davrni,  ikkinchi  tomondan  esa  yangi 

davrni  (XVIII  asr  revolyutsiyasigacha)  o’z  ichiga  olgan  tarixiy  istiqbolga 

kiritilgan.  Ratsional  tanlov  bilan  qurollangan  iqtisodiy-ijtimoiy  tadqiqot  o’chog’i 

Annall  tarixchilari  keyinchalik  Blok  tomonidan  davom  ettirilgan  yarim  statik 

qishloq joylarining bayoniga qarshilik bildiradi. Ular axloqiy asoslarga ega bo’lgan 

institutlar  funksiyalarini  amalga  oshirish  kishilar  muhtojligiga  bo’ysunishning 

umumiy ezgulikka xizmat qilishini savolini beradi. Jumladan, Allan Marksfadlani 

o’rta  asrlarning  oxiridagi  ingliz  qishloq  hayoti  haqida  yozadi.  Ular  ruhiy  va 

jismoniy  harakatlarining  bo’shliqlarini  ahamiyatiga  urg’u  berish    an’anasi  haqida 

qayg’urishadi. Blok ijtimoiy qatlamning mohiyati talqinini va uning  hosil bo’lish 

tarixini taklif etsa hamki, o’z vazifasini bajargan deb hisoblamaydi. Har safar o’rta 

asrlarning u yoki bu ijtimoiy institutini o’zi tugallangan tahririyatida tasvirlaganda, 

shu  institutning  turli  mamlakatlar  yoki  bir  davlat  hududidagi  turli  viloyatlarida 

ko’p  qirrali  ekanligini  ko’rsatishga  harakat  qilgan.  Bunga  sabab,  o’zi  tomonidan 

berilgan dastlabki ta’rif barchada bir xillik yoki keng tarqalgan fikrlarning yuzaga 

kelishini  oldini  olish  mumkinligi  sababi  mavjud  edi.  M.Blok  tarixiy  bilimni 

rivojlantirish  bilan  shug’ullanib,  tarixni  o’rganishda  qiyosiy  metodga  alohida 

e’tiborni  qaratdi.  Olim  tarixiy  tadqiqotlarda  qiyosiy  metoddan  foydalanish 

                                                           

1

 Lotincha 



 “Genesis” – vujudga kelish, tug`ilish. Bu o`rinda yo`nalishning vujudga kelishi nazarda tutilmoqda.

 



tadqiqotda  aniqlikka  xizmat  qilishini  ta’kidlaydi.  Shu  sababli  u  tarixiy 

tadqiqotlarda  bu  metoddan  kengroq  foydalanishni  ko’rsatdi  va  o’z  tadqiqotlarida 

ushbu metoddan unumli foydalandi. Biroq ijtimoiy tizim qiyosiy tahlili bitta olim 

hal qilishi qiyin bo’lgan muammodir. Shuning uchun ham Mark Blok “Feodalizm 

va  feodal,  yakkalik  yoki  ko’pchilik  muammosini  ko’tarib  uni  hal  etishdan  bosh 

tortadi. U faqatgina o’z tadqiqotining natijasini va imkoniyatini ko’rsatgan holda, 

Yevropa feodalizmi va o’rta asrlarda Yaponiyadagi ijtimoiy tuzilish orasidagi tipik 

yaqinlikni  faraz  qilish  uchun  asos  bo’lgan  Yevropa  va  Yaponiya  orasidagi 

bog’liqlikni  ko’rsatib  o’tish  bilan  chegaralanadi.  Olim  o’rta  asr  feodal  jamiyatini 

tadqiq  qilishga  ko’p  kuch  sarfladi.  Blok  mulohazalarining  boshi  hisoblanmish 

feodalizm  ko’rinishi  hayotiy  haqiqatning    mavhumlashtirilgan  belgilar  to’plami 

emas  edi.  Bu  ko’rinish  real  makon  va  tarixiy  zamonga  to’g’rilangan,  hamda 

ko’pgina  manba  va  dalillarga  tayangan  edi.  Tahlillarning  keyingi  bosqichlarida 

ushbu  tavsif  aniqlashtirilib,  serqirra  va  ko’p  o’lchovli  xossaga  ega  bo’lib  boradi. 

Blok feodalizmning qandaydir umumiy xossalarini sanab o’tishdan iborat bo’lgan 

yo’ldan  bormaydi.  U  tarkibiy  qismlari  o’zaro  bog’liqlikda  bo’lgan  yaxlit  bir 

organni  sistemali  ko’rinishini  ochib  berishni  ma’qul  ko’radi.  Uning  fikricha, 

feodalizm bu G’arbiy Yevropa hududida bir necha asr davomida yetakchilik qilgan 

ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy institutlarning o’zaro aloqasi va bog’liqligi 

yig’indisidir.  “Blok  tarixchilarni  sud  tergovchilariga  qiyoslaydi.  Ayblanuvchi 

tomonidan  aytilgan  fikr,  yoxud  uning  iqroriga  ham  qoniqmay,  tergov  ishining 

barcha  ikirchikrigacha  aniqlashga  uringan  tergovchidek,  tarixchi-tadqiqotchi  ham 

“yuzada yaqqol ko’rinib turgan” manba dalillarigagina tayanib qolmaydi. U takror-

takror  yangi  savollarni  berib  boradi,  garchi  savollar  to’plami  to’g’ri  tuzilgan 

bo’lsa,  u  eng  muhimlarini  ajratib  oluvchi  “hujjatlar  uchun  magnit”ga  aylanishini 

ta’kidlaydi. M.Blok tadqiqotlarida tarixiy haqiqatni ochishda eng asosiy unsur bu 

manba  deb  e’tirof  etdi.  Tarixiy  haqiqatga  yetishmoq  uchun  yodgorliklarga  o’ta 

faollik  bilan  murojaat  etmoq  zarur  .  “Ish  boshida  doimo  –  tirishqoqlik  ruhiyati, 

ammo bu tirishqoqlik ruhiyati talabchan olimga tegishlidir. Blok asarlari g’oya va 

gipotezalarga boy. Biroq u o’zi shakllantirgan “ har qanday tarixchi tekshirishi iloji 




yo’q bo’lgan hech qanday fikrlarni ilgari surmasligi haqidagi to’g’rilik qonuni” ga 

rioya qilib kelgan. “Tog’rilik qonuniga bir misol” O’rta asrlarning ijtimoiy tarixiga 

oid  muammoli  savolga  to’xtalib,  unga  javob  bera  olishga  botinolmagan.  Blok 

shunday deydi: “Kitobxondan uzr so’rayman, ammo shunday holatlar uchraydiki, 

tadqiqotchining galdagi vazifasi “Men topa olmadim” degan iqrorni aytishi lozim 

bo’ladi. Kamina aynan mazkur holatga tushib, bilmasligini tan olishi lozim, lekin 

ayni  paytda  bu  holat  ushbu  tadqiqotimni  davom  ettirishim  uchun  asos  bo’lib 

qoladi”.  Blok  manbalarning  doirasini  kengaytirishga  da’vat  qilish  va  ularni 

o’rganish metodikasini qayta ko’rib chiqish bilan chegaralanmaydi. Blok olim va 

shaxs  sifatida  o’ziga  xos xislati  shundan  iboratki,  uning  novatorlik  tabiatiga  mos 

keluvchi  so’z  va  ish  birligidir.  U  o’z  asarlari  va  maqolalarida  tarixiy 

yodgorliklarini  tanlash,  talqin  qilish  va  qayta  ishlashning  o’ziga  xos  usullarini 

qo’llash  bo’yicha  qimmatli  ilmiy  ma’lumotlarni  yoritib  o’tadi.  Tarixiy 

tadqiqotlarning chegaralarini shiddatli chetga surgan Blok yangi kelajak istiqlolini 

aniq  tushunuvchi  odam  va  hodisalarning  qatlami  ostida  ijtimoiy  hayot  yuzasida 

sodir  bo’ladigan  o’zgarishlarni  aniqlashtiruvchi  jamiyat  strukturasi  qa’ridagi 

yashirin  qatlamlari  mavjudligini  aniqlaydi.  Asosiy  e’tiborini  siyosiy  hodisalar 

tavsifidan  ijtimoiy-iqtisodiy  va  madaniy  jarayonlarni  o’rganishga  qaratar  ekan,  u 

tarix  manbalarining  kategoriyasiga  murojaat  qildi.  Blok  ishlaridan  biri  bo’lgan 

“metod  darsi”  edi.  Uning  mehnat  faoliyati  manbalarning  ostida  yashiringan 

ijtimoiy  haqiqatga  aniq  va  chuqur  erishishga  yetaklovchi  atamalar  tahlilining 

ishonchli  tajribalaridan  iborat.  Blokning  safdoshlari  ham  bunday  vorisiylikni 

tasdiqlash  bilan  chegaralanishgan.  Blok  uchun  esa  muammo  shu  yerdan 

boshlangan.  Zero,  ijtimoiy  muhitning  o’zgarishi  bilan  aloqaning  insoniy  tuzilishi 

ham  tegishlicha  o’zgaradi.  Annallar  maktabining  o’tgan  faoliyati  davrida  o;ziga 

xos avlodlar shakllandi.  

 

 




Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling