Reja: Tarixiy antropologiyada Annallar maktabining vujudga kelish


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/10
Sana18.11.2021
Hajmi0.54 Mb.
#175414
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2 мавзу маърузаси Тарихий антропология

Mikrotarix  –  tarixiy  fanlaridagi  yo‘nalishlardan  biri  bo‘lib,  u  kichik 

hududlar  va  kam  sonli  aholi  (shaharcha,  qishloq  yoki  oddiy  oila)  orqali 

o‘tmishdagi oddiy odamlar hayoti va fikrlashini o‘rganib, o‘rganilayotgan davrga 

ma’lum  bir  nuqtayi  nazardan  turib  baho  beradi.  Mikrotarix  oddiy,  xususiy 

hodisalarni o‘rganib, shu orqali ma’lum davr jamiyatini o‘rganishni maqsad qiladi.  

Ilk  bor  mikrotarix  atamasi  1960-yilda  Fernan  Brodel  tomonidan 

ishlatilgan.  Brodel  bu  atamani  dastlab  salbiy  ma’noda  qo‘llagan  bo‘lib,  u 

mikrotarixni  mayda-chuydalar  bilan  shug‘ullanuvchi  tarix  deb  atagan.  60-yillar 

oxirida  meksikalik  tadqiqotchi  L.  Gonsalez

 

o‘zining  qishlog‘i  haqida  yozgan 



kitobini  aynan  shu  atama  bilan  nomlaydi.  70-yillarga  kelib,  bir  qancha  italyan 

tarixchilari  (Levi,  Ginzburg)  tomonidan  mikrotarix  fanda  yangi  yo‘nalish  deb 

baholandi va butun dunyoga shu nom bilan tarqaldi. 



Mikrotarixchilar  Italiyada  chop  etiladigan  “Guaderni  Storici”  jurnali 

orqali o‘z yo‘nalishlari mohiyatini yoritib borishdi. 1981-yildan boshlab Turindagi 

“Eynaudi” nashriyoti mikrotarix bo‘yicha kitoblarni chop eta boshladi. Ma’lumot 

o‘rnida  aytish  mumkinki,  90-yillar  o‘rtalarida  bu  kitoblar  20  tomlik  qilib  nashr 

etildi.  Mikrotarix  yo‘nalishi  tarafdorlari  tadqiqotlar  orqali  jamiyat  rivojlanishi 

oddiy  jarayonlar  orqali  bo‘lmaganligini,  bu  rivojlanishlar  hammaga  har  xil  ta’sir 

qilishini ko‘rsatib berishga harakat qilishgan.  

E.Grendining 

ta’kidlashicha,  bu  yo‘nalishning  rivojiga  ijtimoiy 

antropologiyaning  ta’siri  kuchli  bo‘lgan.  Keyinchalik  mikrotarix  ham  o‘z 

prinsiplariga  ega  bo‘lib  bordi.  J.Levi  1991-yilda  mikrotarixga  oid  katta  maqola 

e’lon qiladi, bu maqolada mikrotarix prinsiplari alohida ta’kidlangan. Shu maqola 

mikrotarix mohiyatini ochib berishda katta xizmat qildi.  

Levining  fikricha,  birinchi  navbatda,  ushbu  yo‘nalish  tajribaviy  yo‘nalish 

hisoblanadi,  u  tajribalarga  asoslanadi.  Tajribaning  eng  yuqori  cho‘qqisida 

tadqiqotchi  shu  tadqiqotdagi  eng  ikir-chikir  nuqtalarni  o‘rganishga  kirishadi,  shu 

orqali butun tadqiqotni ochib berishga harakat qiladi. Levi shunga urg‘u beradiki, 

muammoni 

kichik 

nuqtada 


o‘rganish 

uning 


hajmini, 

mazmunini 

maydalashtirmaydi,  balki  hayotning  ma’lum  nuqtasidagi  umumiy  jarayonlardagi 

burilish  nuqtasini  ko‘rishga  yordam  beradi.  Mikrotarixchilar  funksionalistlarga 

qarama-qarshi  yo‘nalish  vakillari  hisoblanib,  ular  funksionalistlardek  ijtimoiy-

madaniy tizimni umumiy holda emas, balki shu tizimni ma’lum bir kichik nuqtalar, 

kichik jarayonlar orqali o‘rganishadi.  

Germaniya  ham  mikrotarixni  o‘rganish  bo‘yicha  markazlardan  biri 

sanaladi. M. Plank nomidagi jamiyat tarixi institutida bu yo‘nalish bo‘yicha keng 

tadqiqotlar  olib  boriladi.  70-yillarda  Germaniyada  mikrotarix  yo‘nalishiga 

o‘xshash yangi bir yo‘nalish paydo bo‘ldi, bu “har kunlik tarix” nomini oladi. Bu 

ta’rifni  ilk  bor  Y.Kokka  ishlatadi.  80-yillarda  bu  yo‘nalish  yanada  rivojlana 

boshladi,  Germaniyaning  g‘arbiy  hududlarida  M.Krom  ta’rifi  bo‘yicha  “tarixiy 


Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling