Antropolog J. Levi Fikricha “Mikrotarix mayda-chuyda narsalarga qarash
emas, balki tafsilotlarni ko‘rib chiqishdir” deb ta’kidlagan edi. XX asrning 70–80-
yillarida tarixiy antropologiya bir qancha mamlakatlarda rivojlanishi sekinlashdi.
90-yillarda Fransiyada tarixiy antropologiyani tanqid qilish kuchaydi, fanni
o‘rganish, unga qiziqish pasayib ketdi. Lekin, Y.I. Bessmertniyning fikricha, bu
jarayon global xarakter kasb etmadi, ko‘pgina mamlakatlarda tarixiy
antropologiyaga qiziqish o‘sdi, bu jarayon orqali ba’zi mamlakatlarda tarixiy
antropologiyaning yangi yo‘nalishlari paydo bo‘ldi (Germaniya, Italiya, Ispaniya,
Rossiya va boshqa mamlakatlarda).
Bu rivojlanish natijasida tarixiy antropologiyaning o‘rganilish geografiyasi
kengaydi, tadqiqot maydoni oshdi. Ko‘pgina mamlakatlarda turli zamonaviy
yo‘nalishlar, jumladan, AQSHda yangi madaniy tarix (new cultural history),
Italiyada mikrotarix (u so‘nggi vaqtlarda boshqa ko‘pgina mamlakatlarga ham
tarqaldi), Germaniya, Avstriya, Shveysariyada “Alltagsgeschichte” yo‘nalishlari
paydo bo‘ldi. Bundan tashqari, turli mamlakatlarda inson tanasi tarixi, siyosiy
madaniyat atamalari ham tarixiy antropologiyada ishlatilmoqda va bir qator
mutaxassislar bu atamalarni ham tarixiy antropologiyada yangi yo‘nalishlardan deb
e’tirof etishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: