Reja: Tarjimada pragmatika tushunchasi va tarjimashunoslikda pragmatikaning o’rni. Tarjimaning pragmatik saloxiyati. Tarjima jarayonida pragmatik ma’noning tushirib koldirilishi. Pragmatik ma’noning asosiy xususiyatlari
Download 42.4 Kb.
|
tarjima
PRAGMATIK MA’NO VA TAG BILIMLAR.
Ayrim olimlar pragmatik ma’noni keng sharxlagan xolda, uning nafaqat konnotativ, balki denotativ ma’noli so’zlarga ham xos ekanligini ta’kidlashadi. Masalan, aslida inglizcha bo’lib, xozirgi o’zbek tili lug’at tarkibidan mustaxkam urin egallayotgan «biznesmen» so’zi sobik Ittifok davrida nafaqat ishbilarmon shaxsga, balki nopok yo’l bilan mol-dunyo orttiradigan korchalonga nisbatan ham ishlatilar edi. Binobarin, ushbu so’zni matn tarkibida uchratgan xar bir o’zbek kitobxoni ko’z oldida sobik to’zum siyosati ta’sirida shakllangan aynan shu - ikkinchi ma’no jonlanardi. Ammo bugungi kunda inglizcha businessman o’zbekcha ishbilarmon tarzida ijobiy ma’noda ishlatilmokda. Zaruriy ma’noning shu tarika tanlanishi tarjimaning asliyatga kommunikativ tula-tukis monandligini ta’minlaydi. Demak, pragmatik omillar ekvivalentlikning tarkibiy kismi xisoblanib, ularning kayta yaratilishi tarjimaning asliyatga kommunikativ mosligini vujudga keltiradi. Natijada tarjima muqobil uslubiy xususiyat kasb etib, uni ukigan kitobxon asliyat mutolaasidan oladigan taassurot darajasida ta’sirlanadi. Tillararo kommunikatsiyani amalga oshirish jarayonida pragmatik muammolar yuzaga kelar ekan, tarjimonning vazi-fasi tarjima jarayonining maqsadini to’g’ri anglagan xolda, uni tarjima tili talabi, me’yori asosida kayta yaratishdan iborat. Muayyan tarjimaning pragmatik vazifasini aks ettirish tarjimondan ba’zan to’g’ri muvofiqlikdan voz kechgan xolda, kitobxonning estetik ta’sirlanish darajasini birinchi uringa kuyishni talab qiladi. Chunki xaddan ortik aniqlik pragmatik noaniqlikka olib kelishi, ya’ni tarjima o’z kitobxoniga asliyat kursatgan darajada ta’sir ko’rsatishga ojizlik qilishi mumkin. Xulosa qilib aytganda, tarjimaning asliyatga pragmatik muvofiqligi asliyat va tarjima soxiblarining bir xil axborotga ega bulishlari bilan ifodalanadi. Pragmatik aspekt asarning janriga kura ham turli-tuman bulishi mumkin. Shu nuktai nazardan, bu masala badiiy, publitsistik matnning yoki ilmiy texnikaning pragmatik aspekti va, nixoyat, ularni tarjimada kayta tiklash masalasi maxsus tadqiqot ob’ekti bulishi mumkin. Bunday tadqiqot, birinchidan, tarjima taxlili uchun boy faktik material bersa, ikkinchidan, tarjima nazariyasi va amaliyotini o’rganuvchilar uchun yangi nazariy va amaliy xu losalarga kelishga, o’z bilimlarini yanada chukurlashtirishga yordam beradi. Asarning asliyat va o’zbekcha variantlarini kiyoslab o’rganish tarjima jarayonining yutuk va kamchiliklari, leksik, grammatik, sintaktik, stilistik muvofiqliklar va, aksincha, asliyatdan chekingan xolda ro’y beradigan turli transformatsiyalarni chukurrok anglashga yordam beradi. Badiiy tarjimaning pragmatik aspektlarini metaforalar orqali o’rgangan o’zbek olimasi R. A. Turaboevaning fikricha, asliyat matnning pragmatik aspektini kayta tiklashda tarjimon uch xil muammoga duch kelishi mumkin: a) asliyatga to’liq mos keladigan pragmatik belgilarga ega bo’lgan so’z va iboralar: b) asliyatning pragmatik potentsialiga qisman mos keladigan til birliklari; v) asliyatda ifodalangan pragmatik potentsialning tarjima tilida mavjud bulmasligi. Aynan uchinchi xolat tarjimonni turli xil leksik, grammatik, sintaktik transformatsiyalar qilishga, matnga yangi so’zlar kushishga yoki uni qisqartirishga majbur qiladi. Tarjima jarayonidagi shoshma-shosharlik, bilvosita tarjima matnga ergashish, asliyat tilini etarli darajada bilmaslik aynan shunday xato va kamchiliklarning yuzaga kelishiga, bu bilan asar pragmatik potentsialining susayishiga sabab bulishi mumkin. Download 42.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling