Reja: Tarjimada pragmatika tushunchasi va tarjimashunoslikda pragmatikaning o’rni. Tarjimaning pragmatik saloxiyati. Tarjima jarayonida pragmatik ma’noning tushirib koldirilishi. Pragmatik ma’noning asosiy xususiyatlari


Noytbertning fikricha, pragmatik ma’noning tarjimaga kuchishi quyidagicha sodir bo’ladi


Download 42.4 Kb.
bet2/8
Sana16.06.2023
Hajmi42.4 Kb.
#1493215
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
tarjima

Noytbertning fikricha, pragmatik ma’noning tarjimaga kuchishi quyidagicha sodir bo’ladi:

  1. tarjimaga kuchishning yukori darajasi (ilmiy-texnikaviy adabiyot va x.k.);

  2. tarjimaga cheklovlar bilan ko’chish (boshqa til vakillari uchun informatsion-analitik materiallar tayyorlashda);

  3. asliyat pragmatikasining deyarli tarjimaga ko’chmaslik xolati (matn muayyan til vaqillarigagina karatilgan bo’lsa).

Katrin Raysning ta’biricha, pragmatik ma’noni alohida etkazib berish imkoni yo’q. Tarjima buyurtmachining manfaatlariga mos kelishi kerak.
Kurinadiki, pragmatika - bu til jamoasining til birliklariga bo’lgan sub’ektiv munosabati. Ularning bu munosabatdagi komponentlari xususiyatlari tilning paragmatik xususiyati tushunchasini keltirib chikaradi. Ta’kidlash joizki, tilshunoslikdagi pragmatika tushunchasi faqatgina til birikmalarining pragmatikasi tushunchasini o’z ichiga olmaydi. Bu tushuncha ancha keng bo’lib, u yoki bu tilning kommunikativ jarayon ishtirokchilari va vokea syujeti xilma-xilligi hamda ishtirokchilarning malakasiga ham bog’liqligini ifodalaydi. Aynan so’z ikki xar xil gurux vaqillari tomonidan turlicha qabul qilinishi mumkin. Misol uchun, «xakka etishish» birikmasi iloxiyat ilmining xadisini olgan kishilarda boshqacha tasavvur uygotsa, oddiy kishilarda yoki gayridinlarda umuman boshqacha tasavvur uygotadi. Tilning pragmatik muammolari referentsional baxolovchi ma’nolarni o’rganishga nisbatan kam tadqiq qilingan.
L. S. Barxudarov tarjimada retseptorning qabul qilish darajasini o’rganishda xar bir so’zning leksik-semantik ma’nosini quyidagi tiplarga bo’lib o’rganishni tavsiya qiladi:

  1. so’zning stilistik tavsifi.

  2. so’z ma’nolari ro’yxati.

  3. so’zning emotsional buyogi.

So’zning stilistik tavsifi va pragmatik ma’no. Hamma janrlarda kullanuvchi (ya’ni stilistik betaraf) so’zlar bilan bir katorda, kullanish doirasi cheklangan so’z va so’z bi-rikmalari mavjudki, ularni ma’lum janrlar va tillar uchungina qo’llash mumkin. Bunday cheklashlar so’zlarning stilistik tavsifini belgilab beradi. Shu maqsadda ham tarjimashunoslikda «stilistik tavsifnoma» atamasi ko’p kullanadi.
Ma’lumki, nutqni ifodalashning ikki asosiy kurinishi xisoblangan og’zaki-so’zlashuv va yozma turlari mavjud.

Download 42.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling