Reja: Tarjimada pragmatika tushunchasi va tarjimashunoslikda pragmatikaning o’rni. Tarjimaning pragmatik saloxiyati. Tarjima jarayonida pragmatik ma’noning tushirib koldirilishi. Pragmatik ma’noning asosiy xususiyatlari
PRAGMATIK MA’NONING ASOSIY XUSUSIYATLARI
Download 42.4 Kb.
|
tarjima
PRAGMATIK MA’NONING ASOSIY XUSUSIYATLARI.
Ko’pincha, bunday transformatsiyalar umumlashma xarakterda bo’ladi, ya’ni konkret ma’noli so’zlar tarjima tilida hammaga tushunarli bo’lgan umumiy ma’noli so’zlar bilan almashtiriladi: ... a «swept» yard that was never swept where Johnson grass and rabbittobacco grew in abundance. - ... «top-toza» xovli xech kachon supurilmas va butunlay o’t-o’lanlar bilan koplanib yotardi. «The temperature was an easy ninety», he said - Chidab bul-maydigan jazirama, - dedi u. Asliyatda birinchi misolda AKShning janubiy shtatlarida usadigan begona yovvoyi maysalar haqida gap ketyapti. O’zbek kitobxonlari uchun asliyatda tilga olingan «Jonson maysasi», «kuyon tamakisi» nomli usimliklar mutlako ma’lum bulmasligi mumkin. Shu sababli ularning nomlari umumlashtirish usuli bilan «begona o’t-o’lan» so’zlari bilan almashtirilgan. Kolaversa, bu matn orqali o’quvchiga uning qanday maysalar bosib ketganligini emas, xovli tashlandik xolga kelib kolganligini etkazish muximrok. Ikkinchi misolda «ninety» so’zi xarorat, Farengeyt issiklik darajasi bilan tukson darajaga etganligi haqida gap ketyapti. Ammo Farengeyt tizimi bilan issiklik darajasini aniqlash o’zbek kitobxonlariga notanish va shu sababli, «xarorat tukson darajaga etdi» deb tarjima qilinsa, bu kitobxonni ajablantirishi mumkin. Chunki bizda xarorat darajasini Tselsiy buyicha ulchash qabul qilingan va kitobxon yuqoridagi jumlani aynan Tselsiy buyicha ulchovda deb tushunishi mumkin. Umumlashtirish, ko’pincha, atokli otlarni turdosh otlar bilan almashtirish orqali ham yuz beradi: Parked by a solicitor's office opposite the cafe was a green Aston-Martin tourer - Advokat idorasining ruparasidagi qaxvaxona oldida zangori rangli xashamatli sport avtomobili turardi. Asliyatda berilgan avtomobil markasi tarjimalarda asliyatdagi axborotni to’liq koplay olmasa-da, «zangori rangdagi sport avtomobili» so’zi bilan umumlashtirilgan va bu urtacha madaniy saviyali kitobxonlarga asliyat mazmunini adekvat tushunish uchun yordam beradi. Bu o’rinda ingliz kitobxoniga tanish bo’lgan tag bilimlarni o’zbek kitobxonlariga iloji boricha to’liq etkazishga urinilgan. Asliyatdagi pragmatik axborotni tarjima orqali o’zbek kitobxonlariga etkazishga uringan tarjimon o’z matnini yukori yoki past saviyadagi kitobxonlarga ham muljallashi mumkin. Bunda asliyatdagi pragmatik axborot qisqartirilib, muayyan guruxdagi kitobxonlarga muljallab tabdil qilinishi yoki asliyatdagi tag bilimlardan xabardor kitobxonlar guruxi uchun asliyat kayta tiklanishi mumkin. Buni kuyi sinf o’quvchilariga muljallangan xorijiy tildagi matnlarning tabdil qilingan tarjimalarida ham kurish mumkin. Tarjimaning pragmatik muammolari asliyatning janriga va u muljallangan o’quvchilar guruxlariga ham bog’liq. Asliyatning pragmatik saloxiyatini saklash badiiy asarlar tarjimasida ko’plab muammolarni keltirib chikaradi. Ma’lumki, xar qanday badiiy asar, birinchi navbatda, shu asar yozilgan tilda so’zlashuvchi kitobxonlar ommasiga muljallanadi. Shu sababli ularda aynan shu xalqka mansub bo’lgan ijtimoiy-siyosiy, madaniy-maishiy turmush tarzi, an’ana, kiyim-kechakka, taom va sh. k.ga oid vokea-xodisalar bayon qilinadi. Tarjimon bunday asarni tarjima qilishga kiri-shar ekan, asliyat va tarjima tilidagi pragmatik nomuvofiqliklarni xisobga olib, tegishli urinlarda matnning tula tushunilishiga erishishi uchun zarur o’zgartishlar kiritishga majbur bo’ladi. Ilmiy-texnikaviy adabiyotlar tarjimasida pragmatik o’zgartishlar qilish zarurati kamrok. Chunki bunday matnlar shu soxa buyicha maxsus bilimlarga, bir xil mikdordagi tag bilimlarga ega tor doiradagi mutaxassislarga muljallangan bo’ladi. Bunday axborot xar ikkala til mutaxassislari uchun umumiy maxsus so’z va atamalardan iborat bo’lib, faqat firma nomlari, ulchov birliklari va maxsus nomenklatura nomlarnigina izoxlashga to’g’ri keladi. Shu ma’noda, xorijiy iste’molchilar uchun muljallangan reklamaga oid axborotlarning pragmatik aspekti haqida aloxida to’xtalish zarur. Bu xil matn mualliflari, birinchi navbatda, matnni xorijiy iste’molchining bilim saviyasi, tili, o’ziga xos xususiyatlarini xisobga olib ish yuritishlari lozim. Bunday xolatlarda tarjimonning ishi ancha osonlashadi, chunki axborot mazmunini to’liq tushuntirish uchun unchalik mashakkat chekmaydi. Shunday bo’lsa-da, ayrim xollarda matnning pragmatik imkoniyatini tarjimada kayta tiklash ancha mushkul kechadi. Chunki tarjimon xar qanday xolatda ham, eng avvalo, xorijiy axborotni o’z xalqiga tushunarli tilda tarjima qilishga, unga ma’lum mikdorda o’zgartishlar kiritish, umumlashtirish, qisqartirishga majbur bo’ladi. Tarjimaning pragmatik muvofiqligini ta’minlashda tilning turli laxjalarida so’zlovchi, bir-biridan farq qiluvchi ijtimoiy-lisoniy omillar ham muxim rol uynaydi. Jumladan, asliyat matnda til me’yorlaridan chekinish, dialektlarga xos so’zlardan stilistik maqsadlarda foydalanish va sh. k. ham muayyan qiyinchiliklar tugdiradi. Asliyat tilidagi shevaga xos so’zlar tarjima tiliga o’zicha tarjima qilinmaydi. Ularning matn ichida ishlatilishi ikki tomonlama xarakterga ega. Bir tomondan, badiiy asar bosh-dan-oyok xorijning muayyan bir tilida yozilgan bulishi mumkin. Bunda dialekt tili tarjima qilinsa, tillararo aloka vositasi vazifasini bajarishga kirishadi va tarjima xuddi xar qanday umummilliy tildan amalga oshirilgan xisoblanadi. Tabiiyki, bunday xolda tarjimon sheva tilining o’ziga xos xususiyatlaridan xabardor bulishi lozim. Ikkinchi tomondan, shevaga xos unsurlar muallif tomonidan aloxida personajlar tilining o’ziga xos xususiyatlarini, uning ma’lum bir xududda yashovchi xalqning tipik vaqili ekanligini ko’rsatish uchun ham ishlatiladi. Bunday xolatda asliyat tilining shevalarga xos pragmatik xususiyatlarini tarjimada kayta tiklash xech qanday natija bermaydi. Agar asliyat tilidagi personaj «kokni» deb ataladigan London dialektida gapirib, so’zlarga adabiy tilda mavjud bo’lmagan h tovushini kushib gapirsa yoki bu tovushni zarurat bo’lmagan xolatlarda tushirib gapirsa, yoki He 'as a good hear deyish o’rniga He has a good ear deb talaffuz qilsa va tarjimon bu xususiyatni saklab kolish uchun tilda mavjud bo’lmagan an’anadan foydalanib, U yaxshi eshitish qobiliyatiga ega deyish o’rniga, U yaxshi eshitish qobiliyatiga ega deb tarjima qilsa, bu butunlay bema’nilik bo’lardi. Shuningdek, tarjimon o’zbek tilining shevaga xos so’zlaridan foydalanishi mumkin emas. Masalan, Mark Tvenning Missuri shtatida yashaydigan kora tanlini Xiva yoki Asakada yashaydigan axoli tili bilan gapirtirish nazariy jixatdan ham, amaliy jixatdan ham o’zini oklamaydi. Ko’plab maxalliy shevalarning tillari shu tillarda so’zlashuvchi kishilarning ijtimoiy tavsifi bilan bog’liq. Asliyatda bunday sheva tillardan foydalanish personajning muayyan ijtimoiy gurux vaqili ekanligi belgisidir. Ko’pincha muayyan ijtimoiy dialektning lisoniy xususiyatlari xududiy xarakterda bo’lib, keyinchalik umumiy xususiyat kasb etishi ham mumkin. Chunki bir xil kasb bilan shug’ullanuvchi, muayyan ijtimoiy guruxni tashkil qiluvchi jamoalarni xar bir xalqda uchratish mumkin. Shu bois sotsial dialektlardagi so’zlarni ifodalovchi qo’shimcha ma’nolarni tarjimada kayta yaratish ham birmuncha osonlashadi. Masalan, tarjimon ingliz dexkoni nutqida ishlatadigan so’z va iboralarni o’zbek dexkoni ishlatadigan so’z va iboralar bilan o’girishi yoki asliyatdagi jinoiy guruxlarga xos so’zlarni o’zbek tilidagi shunday kishilar ishlatadigan jargon so’zlar bilan ifodalashi mumkin. Bu muammoni echishning yana bir usuli shundaki, maxalliy sheva milliy tildan faqat ayrim lisoniy kursatkichlari (markers) bilan farq qilib keladi. Shevaga xos bunday kursatkichlarning mavjudligi ona tili imkoniyatlaridan keng foydalanish zaruratini vujudga keltiradi: He do look quiet, don't 'e? D'e know 'oo 'e is, Sir? - Kurinishidan juda muminga uxshaydi, to’g’rimi? Magarkim, uning kimligini aytolmaysizmi, ser? Asliyat don t you o’rniga don't 'e ishlatilishi, he fonetik belgisi o’rniga 'e, who o’rniga 'oo ishlatilishi personaj od-diy xalq tilida gapirayotganining belgisidir va u oddiy xalq tilidagi ibora magarkim, ayta olmaysizmi so’zlari bilan ugirilishiga to’g’ri kelgan. Asliyatdagi personajlar nutqini tarjimada kayta yaratish ham kator xususiyatlarga ega. Asliyatda bo’zib aytilgan so’z shakllarining ishlatilishini ikki xil sharxlash mumkin: birinchi xolatda bunday bo’zib gapirish muallifni shu tilni bilmasligi bilan bog’liq xato bo’lsa, ikkinchidan, muallif personaj nutqining o’ziga xos xususiyatlarini ko’rsatish uchun ataylab shu shakldan foydalanadi. Birinchi xolatda bunday bo’zuk tilda ifodalangan fikrni ukigan asliyat tiliga mansub kitobxon gapirayotgan personaj boshqa millatga mansub ekanligini darrov paykaydi va uni o’zicha «tarjima» qilishga urinadi. Tarjimon ham kontaminatsiyalashgan, bo’zib talkin qilingan so’z ifodalagan ma’noni to’g’rilab tarjima qilishdan boshqa iloji yo’q. Ikkinchi xolatda esa muallif tomonidan personaj nutqini tavsiflash uchun ishlatilgan bo’zuk til matnning pragmatik imkoniyatini tashkil qiladiki, tarjimon ham o’z ona tilining vositalaridan foydalanib, tarjimani shunday bo’zuk tilda amalga oshirishi, so’z yoki iborani o’z ona tilida bo’zib gapirish yo’llarini izlab topishi mumkin. Juda ko’p tillarda bo’zib gapirishning umumiy, ommalashib ketgan shakllari mavjud. Ayni paytda, so’zlarni bo’zib gapirish usullari turli tillarda turlichadir. Masalan, fe’l shakllarini to’g’ri tanlay olmaslik natijasida yasaladigan kontaminatsiyalar rus tilida so’zlashmokchi bo’lgan barcha xorijliklarga xos. Aytaylik, nemis yoki frantso’z millatiga mansub kishilar ruscha gapirsalar «Ya uydu» jumlasi o’rniga «Ya budu uxodit» jumlasini ishlatadi. Agar shu jumlaning o’zbekcha kontaminatsiyalashgan birikmasini ishlatsak, «meniki ketadi» shaklini ishlatgan bo’lamiz. Tarjima tilida standartlashgan kontaminatsiyalarning mavjudligi tarjimonga asliyatdagidan tubdan farq qiladigan vositalardan foydalanish imkoniyatini beradi. Masalan, xitoy millatiga mansub kishining inglizcha buzib gapirishi va uning tarjimalarda berilishiga e’tibor beraylik: We blingee beer. Now you pay. - Meniki pivo keltirgan, se-niki endi tulaydi. Agar asliyatda xorijiy tilda gapirayotgan shaxsning kontaminatsiyalashgan nutqi tarjima tilida kontaminatsiyalashgan standart shakli mavjud bulmasa, tarjimon kommunikativ vaziyatni, gapirayotgan personaj xarakterining o’ziga xos xususiyatlarini xisobga olgan xolda o’z variantini yaratadi. Xorijiy kishining kontaminatsiyalashgan nutqini Tarjima tilida yoppasiga yoki ayrim so’zlar orqali amalga oshirish mumkin. Yoppasiga kontaminatsiyalashtirib tarjima qilishda nutq to’liq yoki uning katta kismi olinadi. Masalan, frantso’z millatiga mansub kishining ingliz tilini bo’zib gapirishi va uning tarjimada qanday berilganiga e’tibor karataylik: Eel ees the story of a leetle Franch girl, who comes to a beeg ceetty, just like New York, andfalls een love wees a leetle boy from Brookleen. - Bu kushiq juda katta shaxarga kelgan va bruklinlik bolachani sevgan kichkina bir frantso’z qizcha xaqida. O’zbek tarjimoni frantso’zning bo’zuk nutqini o’zbekcha «k», «u», «x» tovushlari o’rniga «k», «u», «x» xarflarini, «u» xar-fi o’rniga «i» xarfini ishlatish, so’z tartibini noto’g’ri tu-zish orqali amalga oshirgan. Xorijlikning bo’zib aytilgan gapini tarjima qilishda bo’zib gapirish mumkin bo’lgan ayrim so’zlar tanlanadi. Masalan, kanadalik kishining inglizchani bo’zib gapirishi va uning tarjimalarda ifodalanishiga e’tibor bering: K on t ami na tsiya - o’zaro o’xshash ikki so’z yo ibora kismlarining chatishuvi natijasida yangi so’z yoki iboraning paydo bulishi: When you see him 'quid then you quick see him 'perm whale. - Seniki sakkizoyoq kursa, juda tezda kashelot ham kuradi. Kontaminatsiyalashgan shakllardan foydalanishda, odatda, oddiy xalq tilida ishlatilgan shakllardan, so’zlashuv usulidan, murakkab grammatik, sintaktik shakllardan (ergashgan kushma gaplardan, sifatdoshlardan) kochish ko’zatiladi. Shuni e’tibordan sokit qilmaslik lozimki, ayrim standart kontaminatsiyalashgan nutq namunalari nafaqat xorijiy kishining o’zga tilda gapirishi, balki sodda, avom odamning nutqi sifatida ham qabul qilinishi mumkin. Masalan, rus tilini uncha yaxshi bilmaydigan kishloklik dexkon o’z fikrini rus tilida quyidagicha bayon qilishi mumkin: Tvoya moya ponimay netu ili malo malo. Tarjimada kontaminatsiyalashgan unsurlarni tanlash va ishlatish asliyat matndagi pragmatik tavsifga mos kelishi muxim. Ko’p xollarda tarjimaning pragmatik maqsadi kitobxonda ko’zda to’tilgan kommunikativ ta’sir bilan belgilanadi. Tarjimada kayta tiklanadigan kommunikativ ta’sir asliyat etakchi (turgun) funktsiyasining kayta tiklanishidir. Badiiy asarning kitobxonga ta’sir kuchi matnning badiiy kimmati, kitobxonni o’ziga jalb qila olishi bilan belgilanadi. Bunday badiiy matn tarjimasining pragmatik vazifasi tarjima tili matnida ham asliyatdagidek kitobxonga badiiy-estetik zavk uygota oladigan matn yarata olishdir. O’z ona tilida Shekspir, Dikkens asarlarini ukigan kitobxon asliyat muallifining badiiy iste’dodini xis qila olishi, nima uchun ular o’z vatanlarida buyuk adiblar sifatida tan olinganligini tushunadi. Tarjimon bunday vazifani uddalay olsa, asliyatning kommunikativ effekti tula kayta tiklangan deb xisoblash mumkin. Albatta, asliyatning ingliz kitobxonlariga kommunikativ ta’siri va shu asar tarjimasining o’zbek kitobxonlariga ta’sirini kiyoslab baxolovchi me’yorlar yo’q. Bu o’rinda asliyat va uning tarjimasi ingliz va o’zbek kitobxonlarida uygotgan kommunikativ ta’sirni taxminan belgilash mumkin. Masalan, tarjimani ukigan kitobxonning reaktsiyasi asliyatni ukigan kitobxonnikiga nisbatan kamrok yoki aksincha bulishi mumkin. Ma’lumki, ilmiy-texnikaviy matnlarning barkaror vazifasi atrofmuxit xarakatini tushuntirish va ko’rsatishdir. Bunday xolda kitobxonga pragmatik ta’sir ko’rsatishning yagona vositasi unga muayyan ilmiytexnikaviy xarakterdagi axborotni to’liq etkazishdan iborat bo’ladi. Agar o’quvchi, ya’ni axborotni qabul qiluvchi shu axborot asosida tegishli uskunalar yordamida ma’lum tajriba utkaza olsa, matnning kommunikativ effekti amalga oshirilgan xisoblanadi. Ushbu o’rinda asliyat va tarjimaning kiymati mutlak bulishi shart emas. Shunday ham bo’ladiki, tarjimadagi ilmiy-texnikaviy axborotdan mutaxassislar foydalanishi uchun asliyatdagiga nisbatan yanada tushunarlirok, aniqrok shakllarda bayon qilingan bulishi mumkin. Bunday xollarda tarjimaning asosiy pragmatik maqsadi asliyatdan kura yaxshirok amalga oshirilgan bo’ladi. O’quvchida matn tarjimasiga nisbatan zarur kommunikativ ta’sir uyg’otish masalasi nisbatan qiyin. Bu o’rinda tarjimon nafaqat matnning kommunikativ ta’siriga, balki o’quvchining individual xususiyatlariga ham tayanishga to’g’ri keladi. Tarjimon o’quvchining xarakteri, ruxiy xolati, matndagi axborot unga qanday emotsional va ruxiy ta’sir qilishini xisobga olishi zarur. Bunday xollarda matnni pragmatik nuktai nazardan tabdil qilishga to’g’ri keladi. Bunday tabdil tarjima, ko’pincha, tarjima tilida asliyatdan butunlay farqlanuvchi yangi matnlar yaratilishiga olib keladi. Bunday xolat reklama matnlari tarjimasida ko’proq ko’zatiladi. Chunki asliyatdagi reklama matnini maxalliy sharoitdagi xaridorlarning didiga moslashtirishga to’g’ri keladi. Bu jarayonda tarjimonga eng to’g’ri muqobillar tanlashi, asliyatdagi pragmatik potentsialdan voz kechishi lozim. Tarjimonning vazifasi asliyatning kommunikativ xolatlardagi o’ziga xosliklarini kayta yaratish bilan ham bog’liq bulishi mumkin. Bunday o’ziga xosliklar ekvivalentlar orqali tarjima qilishda unchalik ko’zga tashlanmay kolishi muxim bo’lmagan madaniy-etnografik elementlardan tashkil topishi mumkin. Asliyatning bunday pragmatik xususiyatlarini aks ettirish tarjima tili me’yorlarining bo’zilishiga, okibatda asliyatni so’zma-so’z tarjima qilishga, tarjima tilidagi o’quvchiga notanish unsurlarning kirib kolishiga sabab bo’ladi. Masalan, ingliz tilidagi analitik shaklga ega He is running down the street jumlasi o’zbek tiliga U kuchada chopib borayotganda bor deb ugirilsa yoki ingliz tiliga xos He is as cool as a cucumber iborasi o’zbek tiliga U bodring misol sovukkon deb ugirilsa, asliyat tilining ham, o’zbek tilining ham o’ziga xos xususiyatini xisobga olmasdan qilingan so’zma-so’z tarjimaning o’zginasi bo’lib koladi. Ingliz tilidagi xos mazmunli bunday jumlalarning so’zma-so’z tarjimasi ingliz tilidagi kurilmani o’zbek tiliga xuddi o’ziday berish imkoniyati yo’qligidan dalolat beradi. Tarjimonning asliyatdagi pragmatik xususiyatlarni soddalashtirib o’girishga, ya’ni undagi emotsional-stilistik, assotsiativ obrazli aspektlarni e’tibordan chetda koldirib, «asosiy ma’no»ni berishga urinishlari ham yaxshi natija bermaydi. Bunday tarjima tez fursatda o’quvchini asliyatning asosiy mazmuni bilan tanishtirish maqsadida qilinsagina, o’zini oklashi, binobarin, u adekvat tarjimaning dastlabki boskichi sifatida karalishi mumkin. Asliyatning pragmatik xususiyatlarini kayta yaratishda tarjimonning ularni zamonaviylashtirishga urinishi ham asliyat matnning o’zgarib ketishiga olib keladi. Bunda asliyatda tasvirlangan vokea-xodisalar ro’y bergan vakt va joy bilan tarjimadagi vokea xodisalarning zamoni va makoni bir-biridan butunlay farq qilib koladi. Tarjimonga, ko’pincha, boshqa tarixiy davrda yaratilgan asarlar tarjimasi bilan shug’ullanishga to’g’ri keladi. Bunday matnning tili, vokea-xodisalarining rivoji xozirgi kitobxonlar uchun unchalik tushunarli bo’lmay koladi. Bu til tarakkiyoti muayyan zamonda yashagan kishilarning, yozuvchilarning dunyoqarashlari bilan ham bog’liq. Shunday ekan, muayyan tarixiy davrda yaratilgan badiiy asar tarjimasi ham kator muammolarni keltirib chikaradi. Birinchidan, asliyat tilining ma’lum bir tarixiy davrga taallukli ekani tarjimada o’z aksini topishi lozim. Bunday xolatda ona tilida mavjud bo’lgan, kam ishlatiladigan, birok kitobxonlarga tushunarli bo’lgan ayrim tarixiy, arxaik so’zlardan foydalanish zarurati vujudga keladi. Ammo bu arxaizmlar, ayni paytda, tarjima tiliga xos milliy xususiyatlardan xoli bulishi, ya’ni usluban neytral bulish talab qilinadi. Tarjimada eskirgan so’zlardan foydalanishdan tashkari, asliyat matnning arxaikligini ta’minlash maqsadi-da tarjimon til va madaniyatning xozirgi boskichiga xos, ammo asliyatda tasvirlangan davrga mansub bo’lmagan so’zlardan foydalanishda ham extiyotkor bulish talab qilinadi. Masalan, asliyatda XVIII asr vokealari aks etgan bo’lsa, personajlar xizmat safariga borishlari, ishlab chikarishdan tashkari biror narsa bilan shug’ullanishlari, ish vaktida boshqa ish bilan mashgul bulmasliklari, muammolarni echishlari, tor doiradagi mutaxassislikka ega bulishlari, kadrlar tanlash muammolari bilan shug’ullanishlari, oshirilgan majburiyat olishlari, musobaka golibi bulishlariga oid zamonaviy fikrlarni kiritmasliklari lozim. Amaliyotda yana shunday xolatlar uchraydiki, tarjimon o’zi yashab turgan ijtimoiy-siyosiy muxit talablariga rioya qilgani xolda, matnga siyosiy, ma’rifiy, madaniy, iktisodiy yoki shaxsiy maqsadlarda muayyan o’zgartishlar kiritishi mumkin. Ammo asliyat mazmuni butunlay yo’qka chikariladi. Siyosiy targibot maqsadida asliyatdan foydalanib yaratilgan tarjima yangi matn sifatida gavdalanadi. Tabiiyki, matnning pragmatik xususiyatlarini bunday maqsadlarda o’zgartirish bilan bog’liq xolatlarni o’rganish tarjima nazariyasining asosiy vazifasiga kirmaydi va ulardan nazariy xulosalar chikarish ham tarjima amaliyoti uchun zarur emas. Shunday qilib, xar qanday badiiy asar matni, birinchi navbatda, o’z tilida gapiradigan kitobxonda u yoki bu darajada emotsional-ekspressiv ta’sir uygotadi va bu k o m m un ik at i v t a ‘s ir deb ataladi. Bunday kommunikativ ta’sir tarjimada ham tulakonli kayta tiklanishi lozim. Asliyat va tarjimadagi kommunikativ ta’sir kommunikativ maqsad orqali belgilanadi. Badiiy matnning kommunikativ imko niyati o’quvchida uygotgan kommunikativ ta’siri orqali asar-ning pragmatik xususiyati aniqlanadi. Pragmatik ma’no asliyat tilida gaplashuvchi xalqning ismlari, geografik, madaniy-maishiy ob’ektlar, muassasa, ommaviy axborot vositalari nomlarida, personajlarning xarakteri va gapirish usullarida o’z aksini topadi. Pragmatik ma’no asarning janriga kura ham turli-tuman bulishi mumkin. Shu nuktai nazardan, badiiy adabiyotdagi pragmatik ma’noni ilmiy-texnikaviy adabiyotdagi pragmatik ma’no bilan kiyoslab o’rganish maxsus tadqiqot ob’ekti bulishi mumkin. Tarjimon asliyat tili, madaniyati, tarixi, an’ana va urf-odatlarini yaxshi bilsagina, pragmatik potentsialga mos keladigan tarjima asari yaratishi mumkin. Keyingi yillarda tadqiqotchilar e’tiborini ko’proq jalb qilib kelayotgan til kommunikatsiyasining pragmatik jixati muloqot ishtirokchilarining qo’shimcha bilimlari bilan chambarchas bog’liq ekanligi e’tirof etilmokda. Asliyat va Tarjima tillari gayrilisoniy omillarining aksariyat xollarda o’zaro farqlanishi tarjimondan chukur lingvistik bilimdan tashkari, yana asliyat tili bilan bog’liq boshqa fanlar, madaniyatlar, urf-odatlar, an’analar haqidagi ma’lumotlardan ham xabardor bulishni talab qiladi. Til belgilari va ulardan foydalanadigan shaxslar urtasidagi pragmatik munosabatlar shundan iboratki, bu belgilar, aniqrogi, ularning ma’nolari shaxslar uchun tushunarli bulishi, ularni ma’lum darajada ta’sirlantirishi kerak. Axborot shu yusinda talkin qilinganida, asliyatning kommunikativ va pragmatik ta’sirchanligi saklab kolinadi. A. F. Shiryaevning fikricha, lingvistik tarjima nazariyasi kulga kiritgan bilimlar til vositalarining nutq faoliyatidagi vazifalarini, tillarning tafovutli va o’xshash tomonlarini, ularning badiiy-tasviriy boyliklarini chukurrok tushunishga yordam beradi. Download 42.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling