Reja: Tarjimada pragmatika tushunchasi va tarjimashunoslikda pragmatikaning o’rni. Tarjimaning pragmatik saloxiyati. Tarjima jarayonida pragmatik ma’noning tushirib koldirilishi. Pragmatik ma’noning asosiy xususiyatlari


Ba’zi xollarda bitta jumlada ikki-uch xil pragmatik emotsional buyok uchrashi mumkin


Download 42.4 Kb.
bet4/8
Sana16.06.2023
Hajmi42.4 Kb.
#1493215
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
tarjima

Ba’zi xollarda bitta jumlada ikki-uch xil pragmatik emotsional buyok uchrashi mumkin:
Please come in (rasmiy). Come in (neytral).
Come in, will you (maishiy, salbiy buyokli).
Get the hell in here (familyar, salbiy emotsional).
«Kiz» so’zining registri quyidagicha bulishi mumkin:
A girl (neytral emotsional) - qiz.
A maiden (ijobiy emotsional) - malak.
Ba’zan neytral yoki emotsional pragmatik ma’no ifodalovchi so’zlar kaxramon xarakterini yorkinrok ifodalash maqsadida makrokontekstdan kelib chikib, salbiy emotsional so’zlar bilan almashtirilishi mumkin. Masalan, E. Xemengueyning «Alvido, kurol» asaridagi devushki zdes uvideli, chto takoe front jumlasini Ibroxim Gafurov bu onasi upmagan oyimtillalar urush nimaligini shu erga kelib bilishgan shaklida tarjima qiladi. Bu erda kizlarning xolati tarjimon kullayotgan kinoya buyogiga ega bo’lgan pragmatik ma’noli so’z orqali ochib beriladi.
Kuyida yana pragmatik emotsional ma’noli so’zlardan misollar keltiramiz:
Money (neytral emotsional).
Dough, Dash (salbiy emotsional).
Food (neytral emotsional).
Meal, Dish (ijobiy emotsional).
Grub (salbiy emotsional).
To live (neytral emotsional).
To hand out (salbiy emotsional).



  1. TARJIMANING PRAGMATIK SALOHIYATI.

Demak, og’zaki-so’zlashuv nutqidagi so’zlar maishiy (familyar) va erkin so’zlashuv guruxiga, kitobiy leksikadagi so’zlar rasmiy so’zlar guruxiga, she’riyatda kullanuvchi so’zlar esa kutarinki ruxiyatdagi so’zlarga mos kelishi mumkin. Pragmatik ma’noni o’girishda kiyosiy birikmalar, metaforalar muxim rol uynaydi. «Tulkidek ayyor», «eshakdek kaysar», «kuyondek kurkok» kabi metaforalar asliyatda uchrasa, ularni tarjima qilishdan avval tarjima tilida ham shunga o’xshash tasviriy ifoda vositalari bor-yo’qligini aniqlash, yo’q bulsa, kontekst mazmunidan kelib chikib, ularni tarjima tilidagi shu ma’nolarni anglatuvchi bosh birliklar bilan almashti-rish yaxshi natija beradi.
Ta’sirchan va jonli nutqning vujudga kelishi pragmatik mazmundagi maqol, matal va frazeologizmlarga bog’liq. Notiqlar o’z nutqining pragmatik ta’sirchanligini oshirish uchun ana shu vositalardan keng foydalanadi. Shu maqsadda yozuvchilar ham o’z asarlarida maqol, matal va frazeologizmlardan, jonli so’zlashuv tilining pragmatik elementlarini o’rni bilan ishlatadi.
Frazeologik birikmalarning kelib chikishi va tarakkiyoti xar bir tilning rivojlanish tarixi, lingvomadaniy va mintakaviy-geografik sharoiti, qo’llaniladigan lisoniy vositalarning pragmatik ma’nosi bilan bog’liq bulishi mumkin. Masalan, maxalla va kuchada xar kuni arik bilan yuzlashadigan o’zbeklarda Oldingdan ohan suvning kadri yo’q maqoli ancha mashxur. Ota-bobolarimiz yonlaridan okib utuvchi beminnat arik suvi orqali bogdorchilik qilib, kucha betlarini kukalamlashtirgan. Ammo kishilar kunlik extiyojga aylangan suvning kadriga etmay, ariklarga axlat to’qib, iflos qilgan, bu xolat esa kishilarga beminnat xizmat qiluvchi, ammo bu xizmati kadr topmagan odamga mukoyasa qilingan. Shuningdek, mazkur ibora orqali kishilar kadrlamay kuygan buyum yoki vokea-xodisa ham ifodalanadi. Masalan: Oldingdan okkan suvning kadri yo’q, o’zimizning kishlok kasalxonasida ham muolaja uchun sharoit etarli bo’lsa, shaxarga borish kayokdan chikdi. Birok ingliz va rus tillarida bu frazeologik birlikning muqobili yo’q:
The cow knows not what her tail is worth untill she has lost it. - Sigir dumi yo’qolmagunicha, uning kerakligini bilmaydi. (So’zma-so’z tarjima).
Chto imeet, ne xranit, poteryavshi, plachet. - Borini asrashmaydi, yo’qotgach, yiglashadi.
«Tarjima qilinishi mushkul til birliklari» tizimida salkam birinchi o’rinda turuvchi til birliklari pragmatik ma’noli munosabatlarni ifodalovchi frazeologizmlar xisoblanadi. Ular tarjima muammolarini o’rganuvchi amaliyotchi tarjimonni ham, nazariyotchi tarjimashunosni ham jiddiy uylashga majbur qiladi. Tarjimashunos olimlar Sh. Balli, V. V. Vinogradov, B. A. Larin, K,. Musaev va N. M. Shanskiy, A. V. Fedorov, Reysker, S. Vlaxov va F. Florin, A. Narziku lovning ishlarida frazeologizmlar tarjimasi muammolari chukur taxlil qilinadi. Frazeologizmlarning berilishida asosiy maqsad kommunikatsiya jarayonida pragmatik ma’noni tarjimada to’liq kayta tiklashdir. Frazeologik birliklarni tarjimada berishda so’zma-so’z tarjima, anologik tarjima va izoxli tarjima usullaridan foydalaniladi.
V. N. Komissarov shunday yozadi: «The people develop a certain attitude to the words they use. Such relationship between the word and its users are called «pragmatic» [1990:93]. Xar kanday matn kommunikativ xarakterga ega bo’lib, uning tarkibida manbadan qabul qiluvchi (retseptor)ga beriladigan muayyan axborotni o’z ichiga olgan qandaydir xabar mavjud bo’ladi. Ba’zida olingan ma’lumot retseptorga chukur ta’sir ko’rsatishi ham mumkin. Bu axborot uning xissiyotlariga ta’sir ko’rsatishi, muayyan emotsional reaktsiya uygotishi, ma’lum bir xarakatga yo’llashi mumkin. Matnning bunday kommunikativ effekt paydo qila olish imkoniyati, ya’ni retseptorda xabar etkazuvchiga nisbatan pragmatik munosabatni vujudga keltira olishi yoki, boshqacha aytganda, matndagi ma’lumotning qabul qiluvchiga pragmatik ta’sir utkazishi matnning pragmatik aspekti yoki matnning pragmatik saloxiyati deb ataladi.
Retseptorning matnga nisbatan pragmatik munosabati uning kimligi, shaxsiy xususiyatlari, tag bilimlari, tajribasi, ruxiy xolati va boshqa jixatlarga bog’liq xolda namoyon bo’ladi.
V. N. Komissarovning ta’kidlashicha, xar qanday til belgisi, odatda, uch xil munosabatni o’zida mujassam etadi. Bo’lar semantik, sintaktik va pragmatik munosabatlar bo’lib, birinchisi - til belgisining predmet bilan alokasini aks ettiradigan, ikkinchisi - til belgisini mazkur tizimga alokador boshqa belgilar bilan bog’lab turadigan va uchinchisi - til belgisi bilan muloqot jarayonida undan foydalanuvchi shaxslar urtasidagi alokani namoyon qiladigan munosabatlardir (Komissarov V. N. Lingvistika perevoda. - M.: Mejdunarodno’e otnosheniya, 1980. - S. 101). Shunday qilib, til belgisi semantik, sintaktik va pragmatik ma’nolari bilan ajralib turadi.
Tarjimon tarjima jarayonining birinchi boskichida asliyatning retseptori sifatida namoyon bo’ladi va matnda mavjud ma’lumotlarni imkoni boricha to’liqrok olishga xarakat qiladi. Buning uchun u asliyat tili soxiblari ega bo’lgan tag bilimlarga ega bulishi, ya’ni asliyat tilida so’zlovchi xalqning tarixi, madaniyati, adabiyoti, urf-odatlari, xayot tarzi kabilardan xabardor bulishi shart. Xar qanday asliyat retseptori kabi tarjimonda ham berilayotgan ma’lumotga nisbatan shaxsiy munosabat shakllanadi. Lekin tarjimon bunday shaxsiy munosabat tarjima aniqligiga putur etkazmasligiga intilishi zarur. Shu ma’noda tarjimon pragmatik jixatdan neytral bulishi kerak.
Tarjima matn retseptorining tag bilimlarga ega emasligi ko’zda to’tilayotgan ma’lumotni tushuntirib berish zaruriyatini tugdiradi va tarjima matnga kerakli qo’shimcha va aniqliklar kiritishni talab etadi. Bu jarayon tarjimaning ikkinchi boskichida amalga oshiriladi.




  1. Download 42.4 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling