Reja: Tashkiliy hujjatlar(Guvohnoma,yo’riqnoma, izom-Ustav) Shartnomaning o’ziga xos xususiyatlari. Faroyish hujjatlari(biyruq, buyruqdan ko’chima) Ko’rsatma, Farmoyish. Mashg`ulot maqsadi


Download 367.5 Kb.
bet8/18
Sana31.03.2023
Hajmi367.5 Kb.
#1314303
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
5-dars 7YOZISH VA TAQDIMOT - копия

MULKI VA MABLAG’LARI
Nizom jamgarmasini xosil kiluvchi asosiy va ay­lanma mablaglar, shuningdek, nashriyotning mustakil ba- lansida aks etadigan boshka boyliklar nashriyot mulkini tashkil etadi.
Nashriyot uzining asosiy va aylanma mablag’larini belgilangan maqsadga muvofik ishlab chiqarish, hujalik faoliyati uchun sarf qiladi.
Nashriyot o’z tasarrufidagi mol-mulkiga nisbatan qonunga zid bo’lmagan har qanday harakatlarni amalga oshirishi, jumladan, uni boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga sotishi, topshirishi, ayirboshlashi, ijaraga berishi, vaqtinchalik foydalanish uchun bepul yoki qarzga berishi mumkin.
Soliqlarni, byudjetga tulanadigan boshqa to’lovlarni to’lagandan keyin nashriyotda qolgan foyda to’la-to’kis uning tasarrufiga o’tadi va sof foydani qaysi sohalarga ishlatishni uzi mustaqil hal etadi.
Nashriyot mablaglari ishlab chikarish faoliyatidan olinadigan daromaddan, kreditlar va boshka tushumlardan xosil buladi.
Nashriyot entsiklopedik nashrlar tannarxini arzonlashtirish uchun davlat byudjetidan ajratiladigan mablaglarni matbaa homashyolari, texnika vositalari sotib olish hamda xodimlarning oylik ish haqlari uchun sarf etadi.
Nashriyot o’z manfaatlarini huquq nuktai nazaridan himoya qilishni ta’min etadi, pul mablaglaridan oqilona foydalanish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Davlat va uning organlari nashriyotning o’z zimmasiga olgan majburiyatlari yuzasidan javobgar bo’lmaydi. Xuddi shuningdek, nashriyot ham davlat va uning organlari olgan majburiyatlar yuzasidan javobgar bulmaydi.
Joriy yilda foydalanilmay kolgan mablaglar olib kuyilmaydi, kelgusi moliya yiliga utkaziladi.
ILMIY -TAXRIRIY RAHBARLIK
«O’zbekiston milliy entsiklopediyasi» davlat ilmiy nashriyotiga ilmiy-metodik rahbarlikni bosh taxrir hay’ati amalga oshiradi. Bosh taxrir xay’ati tarkibiga yirik olimlar, jamoat arboblari kiradi.
Bosh taxrir xay’ati «O’zbekiston milliy entsiklopediyasi»ning g’oyaviy, ilmiy, taxririy va badiiy darajasini oshirishda, maqolalar mezonini belgilashda, suzliklarni tasdiqlashda, murakkab va munozarali masalalarni hal etishda bevosita qatnashadi. Uning yigilishlari yilning har choragida bir marta o’tkaziladi. Bosh taxrir xay’ati a’zolarining ism-familiyalari ro’yxati entsiklopediya sarvaragida berib boriladi.
Universal entsiklopediyada fan soxalari bo’yicha ilmiy maslaxat kengashlari ham tuziladi. Ularning a’zolari Bosh taxrir xay’ati a’zolari rahbarligida ishlaydi va muayyan sohaning so’zligi va maqolalarini ko’rib chikadi va tasdiqlaydi.
BOSHQARUV VA NAZORAT
Nashriyotga direktor boshchilik kiladi. Uni Uzbekistan Respublikasi Prezidenta Administratsiyasi xuzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentli- gi Bosh direktor lavozimiga tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi.
Direktor nashriyot nomidan ishonch xatisiz ish tu- tadi, nashriyot nomidan barcha muassasa, korxona va tash- kilotlarda vakolatli hisoblanadi, qonun doirasida nashriyot mulki va mablaglarini tasarruf etadi, nashriyotning butun ishlab chikarish, xo’jalik faoliyatini moddiy jihatdan ta’minlaydi, mablaglar va ashyolarni tejab sarflash buyicha zarur choralar kuradi, shartnomalar tuzadi, ishonch xatlari, shu jumladan, boshqa odamlarga ishonch huquqini topshiradi, banklarda hisob raqamlari va boshqa raqamlarni ochadi.
Direktor o’z vakolati doirasida mehnat jamoasi xodimlari bajarishi shart deb hisoblangan buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi. Ishchi va xizmatchilar bilan mehnat munosabatlarini amaldagi mehnat qonunlari asosida ishlab chiqilgan jamoa mehnat shartnomasi va ichki mehnat tartibi bo’yicha olib boradi. Ishchi va xizmatchilarning ijtimoiy, moddiy va boshqa javobgarligi masalalarini hal qiladi.
Nashriyot faoliyatiga doir nizom va tartiblarni belgilaydi.
Nashriyot tuzilmasi va lavozimlari «O’zbekiston milliy entsiklopediyasi» davlat ilmiy nashriyoti direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Nashriyot direktori nashriyot faoliyati bilan bog’­lik masalalar yuzasidan mehnat jamoasi umumiy yig’ilishida vaqt-vaqti bilan hisobot berib turadi.
Korxona hisob raqamidan pul mablag’larini hisobga o’tkazish yoki berish direktor, uning o’rinbosari va bosh hisobchi, uning o’rinbosari farmoyishi bo’yicha amalga oshiriladi.
Nashriyot faoliyatini taftish etish va tekshirish amaldagi konunlarga muvofik utkaziladi. Taftishning yakuniy natijalari mehnat jamoasiga ma’lum qilinadi.
KORXONANI TUGATISH VA QAYTA TASHKIL ETISH.
Nashriyot O’zbekiston Respublikasi Prezidenta Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi yoki tegishli sud qarori bo’yicha tugatiladi va qayta tashkil etiladi.
Nashriyot qayta tashkil etilganda va tugatilganda, ishdan bo’shatilayotgan hodimlarning huquqlari va manfaatlari qonunchilikka binoan saqlanishiga kafolat beriladi.
Nashriyot davlat reestridan chikarilgan paytdan boshlab tugatilgan yoki kayta tashkil etilgan deb xisob- lanadi.
Nizom nashriyot jamoasining
20 yil « » « » da bo’lib o’tgan umumiy yotilishida ko’rib chiqilib, qabul qilingan.

Download 367.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling