Reja: Tavsifnoma Kirish


Download 342.5 Kb.
bet9/10
Sana18.06.2023
Hajmi342.5 Kb.
#1570075
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Mavzu buxgalteriya balansi

III. Xulosa

Davlatimiz mustaqillikka erishganidan so’ng, xamma soxalarda uzgarishlar ro’y bermokda. Iqtisodiyotdagi o’zgarishlar, uning asosini tashkil etuvchi korxonalarda xam uzini tula aksini topmoqda. Barcha mamlakatlarda buxgalteriya xisobi birinchi navbatda balanslashtirish prinsipiga tayanadi.


Ma'lumki, buxgalteriya balansi xisobni mustaqil yuritadigan xar bir xujalik yurituvchi sub'ektning ma'lum bir vaqtga bulgan moliyaviy axvolini pul ifodasida aks ettiradi. Keyingi paytlarda buxgalteriya xisobi va xisobot tizimida katta o’zgarishlar bo’lib o’tmoqda. Bunda ayniqsa 1992 yil bozor iqtisodiyoti xamda xalkaro talablarga javob beradigan xisob tizimini yaratishda muhim sana bulib qoldi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitidagi buxgalteriya xisobini takomillashtirishning asosiy xususiyati shundaki, davlat tomonidan xisob ishlarini tashkil kilishga doir xujjatlarda buxgalteriya ishlarini uyushtirishning asosiy uslubiy prinsiplari bilan birgalikda sub'ektga xisob yuritishda u yoki bu siyosatni, buxgalteriya xisobining shaklini, xisob axborotini ishlash texnologiyasini, buxgalteriya ishlarini tashkil kilish usullarini tanlash xuquqlari berilgan. Shu munosabat bilan keyingi yillarda vatanimizdagi xisob nazariyasi va amaliyotida sub'ektning xisob siyosati degan tushuncha paydo bulib, u zamonaviy sharoitdagi buxgalteriya xisobining rivojlanish yunalishini aks etttirgan
Buxgalteriya xisobini yuritishning eng asosiy prinsipi bulgan balanslashtirish prinsipidan tashqari, 1996 yilning 30-avgustida qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining "Buxgalteriya xisobi tug’risidagi qonunidir. O’zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya xisobi tug’risida» gi qonuniga kura buxgalteriya xisobining tashkil qilinishi korxona, muassasa va tashkilotlarning raxbari tomonidan amalga oshiriladi.
Bozor iqtisodiyoti sharotida xar bir korxona, tashkilot yoki firma farmon, nizom va ko’rsatmalarga rioya qilgan xolda xisob siyosatini o’zi belgilaydi va sub'yektning raxbariyati yoki mulk egasining buyrug’iga muvofiq amalga oshriladi. Bu buyruqda buxgalteriya apparatini tashkil qilish va uning tuzilishi, moliyaviy va boshqaruv xisobini tashkil kilish va buxgalteriya xisobini

yuritishning aniq tartib va qoidalari belgilanadi.


Xulosa qilib aytganda korxona va firmalarda moliyaviy va boshqaruv xisoblarini tashkil kilish quyidagi qurinishda tashkil qilinsa maqsadga muvofiq buladi.



Bosh buxgalter va uning urinbosarlari




Mexnat va unga xaq tulash guruxi

Ishlab chiqarish xarajatlarini xisobga olish guruxi

Moddiy resurslarni xisobga olish guruxi

Tayyor maxsulotlar va ularni realizasiya qilishni xisobga olish guruxi.

Xisoblashish muomalalarini xisobga olish guruxi.

Soliq, ishlab chiqarish va xujalik faoliyatini xisobga olish guruxi.

Axborotlarni mashinalarda xisoblash guruxi.

Yigma - taxlil guruxi.





Download 342.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling