Reja: Taxeometrik s’yomkani asoslash
Download 285.98 Kb. Pdf ko'rish
|
14 - amaliy mashg\'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘zlar: Gorizontal s’yomka, vertikal s’yomka, topografik plan va karta, marshrut s’yomka, maydon s’yomkasi 1.Taxeometrik s’yomkani asoslash
14-mavzu: Taxeometrik s’yomkasini bajarish uchun ishlatiladigan geodezik asboblar. Taxeometrik yo’l o’tkazish. Reja: 1. Taxeometrik s’yomkani asoslash 2. Taxeometrik s’yomkaning kameral ishlari 3. Taxeometrik s’yomkaning kameral ishlari Tayanch so‘zlar: Gorizontal s’yomka, vertikal s’yomka, topografik plan va karta, marshrut s’yomka, maydon s’yomkasi 1.Taxeometrik s’yomkani asoslash Taxeometrik s’yomkani bir sistemada olib borish uchun taxeometrik yo‘l s’yomka joyiga yaqin bo‘lgan tayanch punktlarga boshi va oxirida planiy va balandlik bo‘yicha bog‘lanadi. Tayanch punktlar orasida olinadigan geodezek yo‘l s’yomka yo‘li deyiladi; s’yomka yo‘li, aniqligiga qarab, teodolit – nivelir yo‘li bilan teodolit taxeometr yo‘liga bo‘linadi. Teodolit–nivelir yo‘lida masofa lenta yoki aniq dalnomer bilan, burchaklar teodolit bilan o‘lchanadi, nisbiy balandliklar geometrik nivelirlash yo‘li bilan aniqlanadi. Teodolit – taxeometr yo‘lida burchak teodolit bilan, tomonlar uzunligi G.400 aniqlikda dalnomer bilan o‘lchanadi. Vertikal burchak to‘g‘ri va teskari qarab o‘lchanadi, bunda ikki o‘lchash farqi 2t dan oshmasligi kerak; bu yerda t– sanoq aniqligi. To‘g‘ri va teskari nisbiy balandliklar farqi 100 m da ±0,06 m dan oshmasligi kerak. Taxeometrik yo‘l va tomon uzunliklari s’emka masshtabisa. qarab turlicha bo‘ladi. Masalan, masshtab 1:1000 bo‘lganda yo‘l uzunligi 400 m atrofida, tomon uzunligi 150 m gacha bo‘ladi. Taxeometrik yo‘l joy situatsiyasi va relefini s’yomka qilishda asos bo‘ladi. Asbob o‘rnatiladigan stansiyalar nomerlanib, avoyda mahkamlanadi. Taxeometrik s’yomka chizig‘iy inshoot yo‘nalishi bo‘yicha olib bobo-rilsa, marshrut s’yomka, malum maydon yuzasi bo‘yicha olib borilsa, maydon s’yomkasi deyiladi. Marshrut s’yomkada taxeometrik yo‘l ikki punktga (boshda va oxirda) bog‘lanadi. Maydon syomkasida yopnk poligon holida olib boriladi, lekin poligonning bir nuqtasi (stansiyasi) punktga bog‘lanadi. Joyda taxeometrik s’yomka quyidagicha qilinadi. Doiraviy taxeo-metrlarda K=100, s=0 bo‘lganidan, nol o‘rni (NU) aniqlanadi. Taxeometr 1 stansiyaga o‘rnatilgach, ish holiga keltirilib, asbob balandligi i o‘lchanadi (XIII. 2– paragrafga qarang), keyin orientirlanadi. Taxeometrik orientirlash. Taxeometr berilgan chiziq yoki magni-taviy meridian bo‘yicha orientirlanadi. Bosh nuqta tayanch punktga bog‘langanda yoki biror bosh yo‘na– lish berilganda chiziq bo‘yicha orientirlanadi. Buning uchun TT5 da DU holatida, 1 verner noli limb noliga to‘g‘rilanadi va alidada mahkam-lanadi. Limb bo‘shatilib, truba berilgan yo‘nalish bo‘yicha qaratiladi va limb mahkamlanadi. Bunda asbob chiziq bo‘yicha orientirlangan bo‘ladi; limbning shu turishida alidada bo‘shatilib, truba biror nuqtaga qara-tiladi–da, 1 vernerdan olingan sanoq bosh chiziq bilan qaralgan yo‘nalish orasidagi burchak qiymati bo‘ladi. Taxeometrik s’yomkada stansiyalarda taxeometr shunday orientirlanadi. Ba’zan taxeometrik yo‘l yaqinida tayanch punkt bo‘lmasa, taxeometr magnitaviy meridian bo‘yicha quyidagicha orientirlanadi. DO‘ holida 1 vernernng noli limb noliga to‘g‘rilanadi va alidada mahkamlanadi. Teodolitga bussol o‘rnatilib, arritiri bo‘shatiladi; limb bo‘shatilib, magnitaviy strelka 0° ga kelguncha limb aylantiriladi–da, limb mahkam-lanadi. Shunda taxeometr magnitaviy meridian bo‘yicha orientirlangan bo‘ladi. Agar alidada bo‘shatilgandan keyin truba biror nuqtaga qaratilib, 1 vernerdan sanoq olinsa, bu ana shu yo‘nalishning magnitaviy azimuti bo‘ladi. Agar bosh tomon magnitaviy azimutiga magnit strelkaning og‘ish burchagi ko‘shilsa, shu tomonning hakikiy azimuti chiqadi. Situatsiya va rel nuqtalarni s’yomka qilish. Taxeometr orien–tirlangach, stansiya atrofidagi joyning situatsiya va relefining xarak-terli nuqtalari qutbiy usul bilan s’yomka qilinadi. Bu nuqtalar reyka yoki piket nuqtalari deyiladi. Reyka nuqtalarining stansiyadan uzoqligi s’yomka masshtabiga qarab turlicha masofada olinadi. Masalan, masshtab 1:1000 bo‘lganda relef nuqtalarining uzoqligi 150 m gacha, situatsiya nuqtalari uzoqligi 100 m gacha bo‘lishi mumkin. Reyka nuqtaning situatsiya yoki relef nuqtasi ekanligiga qarab, s’yomkada quyidagi sanoqlar: relef nuqtasidan: a) dalnomer sanoqlari; b) vertikal doira sanoqlari va v) gorizontal doira sanoqlari; situatsiya nuqtasidan: a) dalnomer sanog‘i; b) gorizontal doira sanog‘i olinadi. Bir stansiyadan ikkinchi stansiyaga vertikal doiraning ikki turi-shida qarab, R va L sanoqlar olinadi, bu sanoqlar orqali vertikal burchak v va nol o‘rni hisoblanadi. Reyka nuqtalariga yolg‘iz bir doirada, R yoki L da qaraladi. Dalnomer masofani o‘lchashda ko‘ringan yuqori ip 1000 ga qaratilib, quyi ipdai sanoq olinadi; vertikal burchakni o‘lash uchun to‘rning o‘rta ipi asbob balandligiga qaratilib, vertikal doira adilagi mikrometrik vint bilan gorizontal holatga keltiriladi, keyin vertikal va gorizontal doiradan sanoq olinib jurnalga yoziladi. S’yomka qilinadi–gan reyka nuqtalarining stansiyaga nisbatan joylashuvini ko‘rsatuvchi kroki chizilishi kerak. Kroki. Xar stansiyada joy situatsiyasi va relefning harakterli nuqtalarining o‘rnini nomerlab ko‘rsatadigan chizma (eskiz) kroki deyiladi. Buning abrisdan farqi shundaki, krokida relef taxminiy tasvirlanadi, o‘lchash natijalari chizmaga emas, balki jurnalga yoziladi. Kroki bir nuqta atrofidagi joy situatsiyasi va relefi tasvirlangan chizma. Krokida relefning pasayish va ko‘tarilish tomonini ko‘rsatish uchun ikki nuqta orasidagi–chiziqning pasayish tomoniga strelka qo‘yiladi. Relef turi yaqqol joylarda gorizontallar o‘tkaziladi. shaklda turt stansiya krokisi keltirilgan. Ko‘pincha kroki pergament yoki voskovka kabi shaffof kstozga chiziladi; nuqtalar o‘rni va chiziqlar Yer tomonlariga nisbatan to‘g‘ri joylashuvi uchun shaffof kog‘oz tagiga, shaklda ko‘rsatilgandek, tushda chizilgan transporant qo‘yiladi. Buning yordamida reyka nuqtalari o‘rni direksion burchak bo‘yicha, chiziq uzunligi masshtab bo‘yicha quyiladi. Kroki, abris kabi, plan chizishda asos qilib olinadi. Taxeometrik s’yomka qilishda o‘lchangan natijalar maxsus taxeometrik s’yomka jadvalga yozib boriladi. Nuqtalar nomeri krokidagi nomerga mos bo‘lishi kerak. Download 285.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling