Reja: Taxeometrik s’yomkani asoslash
Taxeometrik s’yomka planini chizish
Download 285.98 Kb. Pdf ko'rish
|
14 - amaliy mashg\'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar
3. Taxeometrik s’yomka planini chizish
Avval taxeometrik yo‘l chizilib, stansiyalar o‘rni aniqlanadi. Keyin uning atrofida s’yomka qilingan nuqtalar o‘rni topiladi. Taxeometrik yo‘l plani, teodolit s’yomkasidagi kabi, burchak uchlarining koordinatalari bo‘yicha chiziladi. Bunda taxeometrik yo‘l stansiyalarining koordinatalari hisoblanadi. So‘ngra kvadrat kataklar turi yasaladi, unda koordinatalari bo‘yicha stansiyalar o‘rni topiladi, keyin xar qaysi stansiyadan olingan reyka nuqtalarining o‘rni orientirlash chizig‘iga nisbatan transportir yordamida gorizontal burchakni yasab, tomoniga d masofani masshtab bo‘yicha o‘lchab qo‘yish orqali topiladi. Sit-uatsiya nuqtaga nomeri, relef nuqtasiga zsa kasr ko‘rinishida suratiga nomeri, mahrajiga otmetkasi (dm hisobida) yoziladi. Reyka nuqtalari o‘rnini belgi-lashda maxsus moslama – taxeograf-dan foydalanish ko‘lan (XV. 38–shakl). Taxeograf aylanasi 0 dan 360° gacha, har 30' da bo‘lingan bo‘lib, yozuvlar soat strelkasi yo‘nalishi-ning teskarisiga yozilgan. Aylana markazi O da millimetr bo‘lakli chizg‘ich OM mahkamlangan bo‘lib, uning yordamida chiziq uzunligi masshtab bo‘yicha olinadi. Reyka nuqtalari o‘rnini topishda O markaz stansiya nuqtasiga igna yordamida mahkamlanadi. Keyin u tomonga ta- xeograf shunday suriladiki, I – II chizig‘i reyka nuqtasiga Karagandagi sanoqka to‘g‘ri kelsin. Shunda OM chizg‘ichdagi bo‘laklar bo‘yicha d masofa qo‘yilsa, 1 nuqta o‘rni topiladi. Boshqa nuqtalar ham shunday topiladi. Xar stansiyadagi reyka nuqtalari topilgach, situatsiya nuqtalari krokidagidek tutashtirilsa, joy tafsiloti tasvirlanadi. Relef nuqtalarini interpolyatsiya qilib, istalgan kesimda gorizontallar o‘tkaziladi. Keyin joy konturlari kora tush bilan, gorizontallar jigar rang bo‘yoqda chiziladi, plan rasmiylashtiriladi. Plan tagiga masshtabning ikki yoniga burchak va nishab grafigi chiziladi. Taxeometrik s’yomka avtomat taxeometr yordamida qilinganda vertikal burchak v va D o‘lchanmay, chiziqning gorizontal qo‘yilishi d va nisbiy balandlik h avtomatik aniqlanganidan hisoblash ishlari kamayadi, yolgiz stansiyalar otmetkasi tenglanib, reyka nuqtalari otmetkasi hisoblanadi, keyin plan yuqoridagidek chiziladi. Ba’zan taxeometrik s’yomka burchak o‘lchash s’yomkasi bilan birga qo‘shib olib boriladi. O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar: 1.Taxeometrik planga olishning moxiyati deganda nimani tushunasiz 2 Qaysi usulda olingan planni asl nusxasi bitta bo‘ladi? 3.Tafsilotlarni planga olish usullarini chizib tushuntirib bering. 4.Drobishev lineykasini ishlatishni tushuntiring. 5.Planga tushirilgan nuqtalar balandligi bo‘yicha gorizontallar o‘tkazishni grafik va analitik usulini tushuntirib bering. Download 285.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling