Reja: Tebranishlar haqida umumiy ma`lumotlar. Garmonik tebranishlar. Matematik mayatnik. Garmonik tebranishlar energiyasi. Majburiy tebranishlar. Rezonans. Elastik to`lqinlar Ko`ndalang va bo`ylama to`lqinlar
Download 120 Kb.
|
tebranishlar va tolqinlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Garmonik tebranishlar energiyasi.
- Majburiy tebranishlar.
Matematik mayatnik. Matematik mayatnik deb vaznsiz va cho`zilmaydigan uzun ipga osilgan va ogirlik kuchi tasirida tebranma harakat qila oladigan moddiy nuqtaga aytiladi. Uzun ingichka ipga osilgan kichikroq ogir sharcha matematik mayatnik bo`la oladi. Matematik mayatnikning hususiy tebranishlari chastotasi va davri quyidagicha bo`ladi: va
Ohirgi formuladan ko`rinadiki, kichik ogishlarda matematik mayatnik tebranishlarining davri kvadrat ildiz ostdagi majatnik uzunligiga to`gri, ogirlik kuchi tezlanishiga teskari mutanosib bo`lib, mayatnik tebranishlarining amlitudasi va massasiga bogliq emas.
Agar tebranayotgan sistemaning massasi m va tezligi bo`lsa, formulani nazarga olib, kinetik energiya uchun quyidagi ifodani iozish mumkin: Kvazielastik kuchlar tasiridan hosil bo`lgan potensial energiya ham elastik deformasiyalangan jismning potensial energiyasi singari ifodalanadi, yani siljish kvadratiga munanosib bo`ladi. U holda (48) formulani nazarga olib, potensial energiya uchun quyidagi ifodani hosil qilamiz: Biroq ekanligini hisobga olsak, (52) va (53) formulalardan ko`rinishicha, garmonik tebranayotgan sistemaning kinetik va potensial energiyalari davriy ravishda o`zgarib turadi. Sistemaning to`liq energiyasi uning kinetik va potensial energiyalarining yigindisiga teng bo`ladi, yani:
Davriy o`zgarib turuvchi tashqi kuch tasirida bo`ladigan tebranishlarni majburiy tebranishlar deb ataladi, bu kuchni majburiy etuvchi kuch, tebranuvchi sistemani esa majburiy sistema deyiladi. Odatda, majbur etuvchi kuch sifatida vaqt buyicha sinus yoki kosinus qonuni bilan o`zgaradigan kuchdan foydalaniladi. Bunday kuchning ifodasi
ko`rinishda bo`ladi, bu erda –kuchning amplituda (maksimal) qiymati, –kuch tebranishlarining doyraviy chastotasi. Rezonans. Majburiy tebranishlar amplitudasining majbur etuvchi kuch chastotasiga bogliqligi shunga olib keladiki, bunda chastota chastotaga yaqinlashganda () () ayirma nolga intilib, x0 amplituda esa cheksiz katta () bo`ladi. Haqiqatda esa ishqalanish tufayli majburiy tebranishlar amplitudasi chekli bo`lib qoladi. Sistemaning majburiy tebranishlari chastotasi hususiy tebranishlari chastotasiga yaqinlashganda tebranishlar amlitudasining keskin ortib ketish hodisasi rezonans deb ataladi. Rezonans ro`y beradigan chastota rezonans chastota deb ataladi. Rezonans hodisasi har qanday tabiatli tebranishlarda kuzatiladi. Bu hodisadan, masalan, akustikada tovushni kuchaitirishda, radiotehnikada elektr tebranishlarni kuchaitirishda keng foydalaniladi. Bazi hollarda rezonans zararli tasir ko`rsatadi. Rezonans tufayli inshootlar (ko`priklar, tayanchlar, binolar va boshqalar), mehanizmlar (masalan, stanoklar, motorlar va boshqalar) kuchli titrashi natijasida emirilishi mumkin. Shuning uchun inshootlarni ko`rishda mehanizmlarning tebranish chastotalari bilan inshootlarning hususiy tebranishlari orasida farq bo`lishi taminlanadi.
Download 120 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling