Reja: Temperatura haqida tushuncha. Bosim o’lchash asboblari konstruksiyasi va ishlash pirinsipi. Suyuqlik va gazlarni modda miqdori va sarfini o’lchovchi asboblar haqida tushuncha. Suyuqlik sathini o’lchovchi asboblar kostruktiv tuzilishi va ishlash


Download 1.65 Mb.
bet22/27
Sana09.01.2022
Hajmi1.65 Mb.
#262807
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
xisob

ELEKTR SATH O‘LCHAGICHLARI

Elektr sath o‘lchagichlarda suyuqlik sathning holati biror elektr signaliga o‘zgartiriladi. Elektr sath o‘lchagichlar orasida eng ko‘p tarqalgani sig‘imli va aktiv qarshiliklarning o‘zgarishiga muvofiq o‘lchashga acoclangan asboblardir.



24– rasm.Сиғимли сатҳ ўлчагичнинг схемаси

Suyuqlik sathining o‘zgarishi bilan bog‘liq ravishda elektrodlar orasidagi elektr sig‘im o‘zgarishiga asoslangan asbob sig‘imli sath o‘lchagich deb ataladi. Bunda, suyuqlikning dielektrik xususiyatlari nazorat qilinadi. Suyuqlik sathini sig‘imli sath o‘lchagich yordamida o‘lchashning prinsipial sxemasi 5.9-rasmda ko‘rsatilgan. Bu o‘lchagich silindrik kondensator va o‘lchov asbobidan iborat. Sath o‘lchanishi kerak bo‘lgan suyuqlik quyilgan idishga izolyasion material bilan qoplapgan elektrod 2 tushiriladi. Elektrod idish devorlari bilan birgalikda silindrik kondensatorni hosil qiladi, uning sig‘imi suyuqlik sathi o‘zgarishi bilan o‘zgaradi. Sig‘imning kattaligi elektron kuchaytirgich 3 orqali kuchaytirilib, signalizator yoki o‘lchov asbobi 4 ga uzatiladi.

Sig‘imli sath balandlik o‘lchagichlarni silindrik va plastinkali turda, shuningdek, qattiq sterjen ko‘rinishida chiqariladi.

O‘zgartkichning sig‘imi ikki qism sig‘imi — suyuqlikka botirilgan εs dielektrik o‘tkazuvchanlikli va muhitda joylashgan εM (havo uchun εM = 1) dielektrik o‘tkazuvchanlikli qismlar sig‘imlari yig‘indisiga teng.

Agressiv, lekin elektr tokini o‘tkazmaydigan suyuqliklar sathini o‘lchashda o‘zgartkich qoplamalari kimyoviy turg‘un qotishmalardan tayyorlanadi yoki har bir qoplama korroziyaga qarshi modda (viniplast yoki ftoroplast) bilan qoplanadi. Bu qoplamalarning dielektrik xususiyatlari hisoblashlarda e’tiborga olinadi. Elektr o‘tkazadigan suyuqliklar sathini o‘lchashda ham qoplamalar izolyasion modda bilan qoplanadi.

Elektr sig‘imi, odatda, rezonans va ko‘prik sxemalari yordamida o‘lchanadi. Rezonans usulida o‘lchanayotgan sig‘im induktivlik konturiga parallel ulanadi va rezonans konturini hosil qiladi. Rezonans konturi o‘zgartkichning ma’lum boshlang‘ich sig‘imdagi ta’minlovchi chastota rezonansiga rostlanadi. O‘zgartkichning sig‘imi nazorat qilinayotgan muhit kerakli sathga erishgan yoki erishmaganligini ko‘rsatadi. Bu sig‘im o‘zgarishi natijasida uning chastotasi o‘zgaradi va rezonans buziladi. Bu usul ko‘pchilik sig‘imli sath signalizatorlarida ishlatiladi.



Ko‘prik usulida nazorat qilinayotgan sig‘im ko‘prikning bir elkasiga ulanadi. Sath o‘zgarishi bilan sig‘im o‘zgaradi va ko‘prikda nomuvozanat holat vujudga keladi. Nomuvozanatlik signali kuchaytirgich orqali sath birligida darajalangan


Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling