Reja: «Texnologiya va dizayn» yo'nalishida yog’ochlarga, metallarga ishlov berish. «Servis xizmati» yo'nalishida gazlamalarga ishlov berish va buyumlarni ta’mirlash


Download 25.65 Kb.
bet3/14
Sana30.04.2023
Hajmi25.65 Kb.
#1408299
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
5-7-SINFLARDA TEXNOLOGIYA VA DIZAYN YO\'NALISHLARI NING QIYOSIY TAHLILI TAYYORLASH

«Servis xizmati» yo'nalishi
Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi bo'limi: o'quvchilar gaz­lama turlari, xususiyatlari, ularga ishlov berish, bichish-tikish asoslarini o‘rganadilar; kiyimlar turlari, ahamiyati, tikuv, yigiruv asbob-uskunalari va mashinalari, ularning turlari, tuzilishi va ishlashi bilan tanishadilar; gazlamaga ishlov berish texnologiyasi xalq hunarmandchiligi tarmoqlari: kashtachilik, do‘ppido'zlik, zardo'zlik, quroqchilik, popopchilik, milliy o'yinchoqlar tayyorlash va boshqa yo'nalishlarning asoslarini egallaydilar; gazlamaga ishlov berishga oid xalq hunarmandchiligi sohalari; gazlamaga ishlov berishga oid kasb-hunar turlari to‘g‘risidagi m a’lumotlarga ega bo'ladilar.
Pazandachilik asoslari bo'limi:o'quvchilar oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, oshpazlik va qandolatchilik asoslari; oziq-ovqat mahsulotlarining hamda taomlarning inson hayotidagi o‘rni, xususiyatlari, to'yim 1 iligi, turlari, ovqatlanish m e’yori va tartibi, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, tashish hamda ularga dastlabki va asosiy ishlov berish yo'llarini o'rganadilar; oshxonalarning jihozlanishi; oziq-ovqat sanoati, sanitariya-gigiyenahamda mehnat xavfsizlik texnika qoidalarini; uy-ro'zg'or yuritish va jihozlardan unumli foydalanish, oila jam g‘armasi va uni sarflash madaniyatini, oziq-ovqat va yengil sanoat sohalaridagi keng tarqalgan kasblar, ularning tasniflari haqidagi tushunchalarga hamda pazandachilikka oid kasb-hunar turlari to'g'risidagi ma’lumotlarga ega bo'ladilar.
Buyumlarni ta ’mirlash bo‘limi: turli chokidan so'kilgan buyumlarni ta’mirlash. Kiyimlarni saqlash va tuzatish usullari. Iste’moldan chiqqan buyum oicham iga qarab, bolalar kiyimining andazasini tayyorlash va tikish.
«Qishloq xo’jaligi asoslari» yo'nalishi
Qishloq xojaligi asoslari bo‘limi: o'quvchilar qishloq xo'jaligi sohalari; dehqonchilik va chorvachilikni rivojlantirish istiqbollari; agronomiya asoslari, qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash va melioratsiya asoslari; fermerlik va mulkdorlikning boshqa turlari; qishloq xo'jaligida tadbirkorlik; mahsulotlar bozori haqida tushunchalar; madaniy ekinlarning kelib chiqishi, tarqalishi, o'sishi va rivojlanishi; tuproqning tuzilishi, unumdorligi; yerga ishlov berish va bunda qo'llaniladigan mehnat qurollari, mashina, moslamalar va ularning umumiy tuzilishi hamda ishlash jarayonlari, ularga qo'yiladigan agrotexnik talablar; o'g'it turlari, o'g'itlash muddati va unda ishlatiladigan mashinalar; urug'larni tayyorlash va ularga ishlov berish; urug' va ko'chat ekish usullari hamda mashinalari; g'alla, don, dukkakli, tugunakli va ildiz-mevali ekinlar; sabzavot, poliz, meva, moyli, tolali va ziravor ekinlar yetishtirishda ishlatiladigan mehnat qurollari va mashinalar majmuasi; yopiq joylarda (issiqxonalarda) ekin yetishtirishning ahamiyati, istiqboli, xususiyatlari va ularda ishlatiladigan kichik o'lchamli mashinalar; yetishtirilgan hosilni yig'ib-terib olish, birlamchi ishlov berish va saqlashga oid bilimlar va amaliy ko'nikmalar; chorvachilik biologiyasi; chorva mollari, parrandachilik va boshqalar; chorvachilikda naslchilik; ozuqabop ekinlar; chorvachilikda sanitariya-gigiyena talablari, zootexnika, zooveterinariya asoslari; chorvachilikda mahsuldorlikni oshirish usullari; qishloq xo'jaligi sohalari bo'yicha kasb-hunar turlari to'g'risidagi ma’lumotlarga ega bo'ladilar.

Download 25.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling