Elektrotexnika ishlari: kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarish, ish o'rni tashkil etishni; simlar, kavshar, flyuslar turlarini kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarish ish asboblari hamda ish usullarini, asboblarni elektr montaj qilish va ishga tushirishga tayyorlash bilan bog'liq kasb-hunar turlarini bilish.
Uy-ro'zg'or buyumlarini ta ’mirlash: shahar va qishloq uylarida suv, gaz, elektr energiyasi, issiqlik ta’minoti tizimi va undan foydalanish qoidalarini, uy va xonadonlarni ta’mirlash ishlarining asosiy turlarini, ta’mirlashda qo'llaniladigan zamonaviy qurilish materiallarini, uy va xonadonlarni ta’mirlashda qo'llaniladigan asosiy ish asboblarini, qurilish va ta’mirlash bilan bog'liq kasb-hunarlar to'g'risida m a’lumotlarni bilish.
«Texnologiya va dizayn» yo'nalishi bo'yicha o'quvchilar quyidagi ko'nikmalarga ega bo'lishlari kerak:
Metallga ishlov berish texnologiyasi: metallarga chilangarlik va tokarlik ishlovi berish turlari va usullari; sterjen, tunuka, simlarga ishlov berish asboblarini ishga tayyorlash va ular bilan ishlash; metallga ishlov berish asboblari turlari haqida m a’lumotlarni aniqlash va referat yozish; tokarlik, frezerlik, parmalash va charxlash stanoklarida oddiy operatsiyalarni bajarish; uy-ro'zg'or, turmushva maktab uchun metall buyumlar materiallardan buyumlar tayyorlash; texnologik xaritalar tayyorlash, chizish, foydalana olish.
Yog'ochga ishlov berish texnologiyasi: yog'ochlar va ularga ishlov berish materillarini turlarga ajratish va xususiyatlarini aniqlash; yog'ochga qo‘lda ishlov berish asboblari ni ishga tayyorlash hamda ish jo'vini tashkil qilish; yog'ochga ishlov berishda tokarlik va parmalash stanoklarida operatsiyalarini bajarish; konussimon va fason burchak sathli detallarni va ularning eskizlarini tuzish va chizmalarini tayyorlash; tayyorlanadigan detallar texnologik xaritalari; yog'och va metallga ishlov berishni uyg'unlashtiruvchi xalq hunarmandchiligi turlari bo'yicha ish usullari asosida buyumlar tayvorlay olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |