Elektrotexnika ishlari: elektr montaj ishlarida ish o'rnini tashkil qilishni, elektr o'tkazish simlarining turlarini, elektro‘tkazgichlarni montaj qilish izolyatsiyalash ishlarini, elektr asboblarini, elektr o'tkazish simlarini montaj qilish hamda ish as-boblari bilan ishlash usullarini amaliy mashg'ulotda qo'llay olish.
Uy-ro‘zg‘or buyumlarini ta’mirlash: pol qoplamalari hamda mebellarning loklangan va qoplamali yuzalarini saqlash va kichik ta’mirlash ishlarini, oyna romlarini kichik ta’mirlash va qishda issiqlikni saqlash usullarini qo'llay olish.
«Texnologiya va dizayn» yo ‘nalishi bo‘yicha o‘quvchilar quyidagimalakalarga ega bo‘IishIari kerak:
Metallga ishlov berish texnologiyasi: metalldan buyum va mahsulotlar tayyorlashda ularning turlari, xossalari, sifatlari, shakllari, o'lchamlari, qo'llanilishi va ishlatilish texnologiyalarini to'g'ri qo'llay olish; metallga ishlov berishda qo'l asboblarida bajariladigan mehnat operatsiyalari xususiyatidan kelib chiqib to'g'ri foydalanish; asboblarni ishga tayyorlash va saqlash qoidalariga rioya qilish; metallga ishlov berish stanoklarini bajariladigan operatsiya xususiyatiga ko'ra ishga tayyorlash; metallarga ishlov berishda xalq hunarmandchiligi elementlarini qo'llash.
Yog ‘ochga ishlov berish texnologiyasi: mahalliy hududda o'sadigan daraxtlar va ulardan olinadigan yog'och turlarini farqlash; yog'ochlarning sifatini va ularning nuqsonlarini aniqlash; asbob-uskuna va moslamalarni ishga tayyorlash, foydalanish va ta’mirlash; tayyorlanmaning eskizi va texnologik xaritasini tuzish, tanlash, rejalash va tayyorlash; yog'ochga ishlov berish jarayonlari bilan uyg'unlashtirilgan xalq hunarmandchiligiga oid ish usullarini bajarish.
Elektrotexnika ishlari: elektr o'tkazish simlarini montaj qilish hamda ish asboblari bilan ishlash usullarini o'rganish.
Uy-ro‘zg‘or buyumlarini ta’mirlash: pol qoplamalari hamda mebellarning loklangan va qoplamali yuzalarini saqlash tadbirlari va kichik ta’mirlash usullarini o'rganish.
Do'stlaringiz bilan baham: |