5-SINF. «Texnologiya va dizayn» yo'nalishi mazmuni, o'quvchilar egallashlari lozim bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalar.
«Texnologiya va dizayn» yo ‘na!ishi bo‘yicha o‘quvchilar quyidagibilimlarga ega bo‘lishlari kerak:
Metallga ishlov berish texnologiyasi: metallga ishlov berish ustaxonasining tuzilishi; metallga ishlov berishda xavfsizlik texnikasi qoidalari; metallning turmushda va xalq xo'jaligidagi ahamiyati, tuzilishi, turlari, ishlatilish sohalari; metallarning tashqi ko'rinishi va o'ziga xos belgilari; metallga ishlov berishda qo‘l asbob-uskunalari, moslamalarining tuzilishi va turlari, vazifalari, foydalanish qoidalari; chilangarlik dastgohi; o'lchash va rejalash asboblari; arralar va frezalar turlari; vazifalari, foydalanish qoidalari; chilangarlik dastgohi; o'lchash va rejalash asboblari: chizg'ichlar. buklama metr, metall qalamlar va boshqaiar; metallga ishlov berish stanoklari va ular haqida tushuncha; mashinalarning asosiy qismlari; stanokda parmalash; metallarga ishlov berish texnologiyasi, konstruksiyalash elementlari; yupqa tunuka va simdan buyumlar tayyorlash; metall buyumlarni harakatsiz va yarim harakatchan biriktirish turlari; metallarga ishlov berishda qo'llaniladigan xalq hunarmandchiligi va dizayn elementlari; metallga ishlov berishga oid kasb-hunarlar haqidagi bilimlarni bilish.
Yog'ochga ishlov berish texnologiyasi: yog'och ning turmushda va xalq xo'jaligidagi ahamiyati, tuzilishi, turlari, ishlatilish sohalari; yog'ochlarning tashqi ko'rinishi va o'ziga xos belgilari; yog'ochning yaroqlilik va yaroqsizlik belgilari; duradgorlikda ish- latiladigan yog'ochlar; duradgorlik dastgohi, qo'l asboblarining tuzilishi va turlari, ulardan foydalanish qoidalari; o'lchash va rejalash asboblari; arralar va randa turlari; iskanalar, bolta va teshalar; bolg'alar va ularning turlari; egov va jilvir qog'ozlar tuzilishi va turlari; yog'ochga ishlov berish stanoklari; mashinalarning asosiy qismlari; stanokda parmalash; duradgorlik buyumlari detallarini tayyorlash; duradgorlik birikmalari to'g'risida ma'lumotlar; yelimlash, mixlar, burama mixlar va boshqa vositalar bilan biriktirish; buyumlar yuzasiga qoplamalar yopishtirish; duradgorlik buyumlarining sirtini pardozlash va detallarni konstruksiyalash; yog'ochdan uy-ro'zg'or buyumlari tayyorlashda foydalanish; yog‘ochga ishlov berishda qo'llaniladigan xalq hunarmandchiligi elementlari; yog'ochga ishlov berishga oid kasb-hunarlar haqidagi bilimlarni bilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |