Reja: Til o`qitishda nazariy qarashlarning yuzaga kelishi


Download 43.08 Kb.
bet1/3
Sana20.09.2023
Hajmi43.08 Kb.
#1681830
  1   2   3
Bog'liq
1-amaliy mashg`ulot MFO`M


5-MAVZU: TIL O‘QITISH NAZARIYALARI

REJA:



1. Til o`qitishda nazariy qarashlarning yuzaga kelishi.
2. Qadimiy lingvistik nazariyalar. Qiyosiy–tipologik tilshunoslik
3. Lingvistik nazariyalarning tarixiy taraqqiyoti. Sinxron - diaxron tilshunoslik
4. Til o`qitishning nazariy asoslari haqida olimlar qarashlari

QIYOSIY–TIPOLOGIK TILSHUNOSLIK


Lingvistik tipologiya uchun dastlabki tayanchni yaratishda qiyosiy-tarixiy metodning asoschisi bo`lgan nemis olimi Ya. Grimmning xizmatlari katta. U 1830 yillarda german tillarining birinchi qiyosiy grammatikasini yaratdi. U qiyosiy–tarixiy metodni muayyan (nemis) tilning konkret tarixiga nisbatan qo`llash namunasini berdi va til tarixini xalq tarixi bilan bog`lashga harakat qildi.
Fonologik qatlamga oid tipologik tadqiqotlarda e`tiborni qiyoslanayotgan tillarning fonemik tizimidagi o`xshashlik va farqlarga emas, balki bu tillardagi fonologik tizimlarning tashkil topish tamoyillariga qaratish zarur bo`ladi. Bu haqda A. A. Reformatskiy shunday yozadi: «Biz ona tili va o`rganilayotgan tillardagi alohida ajralgan tovushlar emas, balki, tizim tarkibida olingan butun bir fonetik kategoriyalarni solishtirganimizda, xar bir fonetik tizimning butunlay o`ziga xoslikka ega ekanligini ko`ramiz. Bu esa har qanday tilga xos bo`lgan xususiyat – har bir tilning takrorlanmas individualligining namoyon bo`lishidir»
Tipologiya (tip va ...logiya) — obyektlarni mavhum, umumlashgan model (tip)lar yordamida ilmiy tasnif qilish usuli. Bunda oʻrganilayotgan obyektlarning eng muhim struktur (tarkibiy) va funksional xususiyatlari qayd etiladi. Tipologiyaning asosiy xususiyati shundaki, u nafaqat oʻrganilgan, bilib olingan obyektlarni tasnif kilish, balki u yoki bu davrdagi fanga xdli maʼlum boʻlmagan obyektlarning mavjud boʻla olishini avvaldan koʻrsatish (aniklash)ga ham imkon beradi (mas., D.I.Mendeleyevning elementlar davriy sistemasi). Ilmiy tafakkurning universal usullaridan biri boʻlgan Tipologiya oʻrganilayotgan obyektlar oʻrtasidagi oʻxshashlik va tafovutni ochib berishga, ularni aynan oʻxshatish, tenglashtirish yoʻllarini topishga asoslanadi va koʻplab fan sohalarida qoʻllanadi, biroq xilma xil xossali obyektlari koʻp boʻlgan biol. kimyo, geogr. tilshunoslik, psixologiya kabi fanlarda samarali foydalaniladi.
Tilshunoslikda tipologiya — umuman til tuzilishining muhim belgilarini alohida, ayrim olingan tillar qurilishini oʻrganish va ularni har tomonlama taqqoslash asosida aniqlovchi va umumlashtiruvchi tilshunoslik boʻlimi. Tipologik metodlar turli tuman tillarning fonologiyasi, morfologiyasi, sintaksis va leksikasi asosidagi oʻxshashliklar va tafovutlarni aniqlashga, lingvistik universaliyalarni, shuningdek, tillarning tiplarini — til qurilishi tabiati haqidagi umumlashgan, mukammal tushunchalarni belgilashga qaratilgan. Tillarning tiplari grammatikada tushunchalarni anglatish usuliga, munosabatlarni ifodalash texnikasiga va birikish, bog`lanish darajasiga qarab aniqlanadi. Tipologik tadqiqotlar til tizimining alohida, ayrim kichik tizimlari asosida ham olib boriladi, shu tufayli fonologik, morfologik, sintaktik va semantik tipologiyalar farqlanadi. Ikki yoki undan ortiq qarindosh yoki qarindosh boʻlmagan har xil tizimdagi tillarning ayrim xususiyatlarini qiyosiy-tipologiya oʻrganadi. Aniqlanadigan tipologik belgilar maʼlum bir kichik tizimning oʻziga xos xususiyatlarini aks ettiradi, lekin til qurilishida ular turli nisbatlarda birikadi, shuning uchun mazkur belgilardan biri asosiy, yetakchi hisoblanadi. Soʻzning tarkibiy tuzilishi asosida tillarning morfologik (tipologik) tasnifi yaratildi, biroq tadrijiy taraqqiyot natijasida tilning tipi oʻzgarishi mumkinligi sababli tillarning tiplari sof holda uchrashi isbotlanmagan. Tilshunoslik sohasidagi tipologik tadqiqotlar nemis olimi F.Shlegel asarlaridan boshlangan. Keyinchalik tillar tipologiyasi boʻyicha nemis olimlari A.V.Shlegel, V.Gumboldt, X.Shteyntal, A. Shleyxer, amerikalik E.Sepir, chex V.Skalichka, fransuz A.Martine, ruslardan F.F.Fortunatov, I.I.Meshchaninov, B.Uspenskiy, Yu.V.Rojdestvenskiy, V.N.Yarseva va boshqalar tadqiqotlar olib borganlar. Oʻzbekistonda ham A.Abduazizov, J.Boʻronov, Q.Toymetov va boshqalar tipologiya masalalari bilan shugʻullanganlar.
Glossematika (yun. glossematos — til) — umumlingvistik nazariya. 20-asr 30-y.larida Kopengagen universitetida L. Yelmslev va b. tomonidan yaratilgan. Mualliflar gnoseologik masalalar yechimi (bunda mantiqiy pozitivizmning falsafiy taʼsiri nazarda tutiladi)ni qatʼiy inkor etib, yangicha metodlarni ishlab chiqishni moʻljalladilar. Bu metodlar yordamida til hodisalarini qaramaqarshiliklarsiz, mukammal va nihoyatda oddiy qilib (ekspertizm asosida) tasvirlab berish imkoniyati bor. G. moxiyatan F.de Sossyur taʼlimoti bilan alokador va unga juda yaqin turadi. G.dagi lingvistik taxlil metodikasi deduksiya sifatida harakterlanadi. U taxlil qilinayotgan matn asosida sistemani belgilashga olib kelishi kerak. Buning uchun dastlabki maʼlumotlar — yaxlit matn izchillik bilan mayda qismlarga (bosqichlarga, gaplarga, soʻzlarga, boʻgʻinlarga va fonemalarga) boʻlinadi. Har bosqichda birlikni belgilashning asosiy usuli taxlil boʻladi. G.dagi taxlilning ikkinchi muhim bosqichi til birliklari oʻrtasidagi funksiyalarni hisobga olishdir. Oʻzaro bogʻliqlikdan kelib chiqadigan til hodisalarini rasman taxlil va bayon qilishda G. samarali natijalar beradi.

Download 43.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling