Reja: Tok va kuchlanish shakllari


Sanoat korxonalari asosiy iste’molchilarining tafsilotlari


Download 39.68 Kb.
bet3/8
Sana18.06.2023
Hajmi39.68 Kb.
#1562321
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
11V

Sanoat korxonalari asosiy iste’molchilarining tafsilotlari
Hozirgi zamon korxonalarida ishlab chiqarish jarayonlari o‘zlarining murakkabligi va ko‘p energiya qabul qiluvchi agregatlarining mavjudligi bilan ajralib turadi. Sanoat korxonalarining elektr yuklamalari tayyorlanayotgan mahsulot-larining miqdori, texnologik jarayonning avtomatlashtirish darajasi, atrof muhitni isroflantirmaslikni qo‘yiladigan talablar, ishchi va xizmatchilarni ish sharoitlarini yaxshilash va muhofaza qilish bilan boo‘liq bo‘lgan ko‘rsatgichlari bilan belgilanadi.
1. Umumsanoat kuch qurilmalari. Bu guruh iste’molchilarga kompressorlar, ventilyatorlar, nasoslar va ko‘tarma - transport qurilmalari kiradi. Bu qurilmalarning yuritgichlari o‘zgarmas yuklama bilan uzoq vaqtgacha ishlaydi va quvvatlariga qarab 0,2210 kV kuchlanishda 50 Gs chastotali elektr energiyasi bilan ta’minlanadilar. YUklamalar asosan tekis va simmetrik. Bu qurilmalarning quvvat koeffitsientlari stabil bo‘lib 0,8-0,85 oralio‘ida. Elektr ta’minotida uzilish sodir bo‘lishi kerak emas. Masalan metallurgiya zavodining nasos stansiyalaridagi elektr ta’minotidagi uzilish domna pechlarini ishdan chiqarib juda katta miqdorida zarar keltiradi. YOngin paytida nasos qurilmalarini elektr manbalaridan uzilishi qanday oqibatlarga olib kelishi haqida tushuntirilmasa ham bo‘ladi. Ayrim sexlarda ventilyator yuritgichlarida elektr ta’minotini to‘xtashi ishlayotgan kishilarni yalpi zaharlanishiga olib keladi. Bunday qurilmalar 1 chi toifali iste’molchilar turkumiga kiradi. Ular kamida ikki mustaqil ta’minlash manbalaridan elektr energiyasini olishlari kerak.
Katta quvvatli kompressorlarda, nasoslarda va ventilyatorlarda elektr yuritma sifatida reaktiv quvvat ishlab chikaruvchi sinxron mashinalar ishlatiladi.
Ko‘tarma-transport qurilmalari takroriy qisqa muddatli rejimda ishlaydilar. Bu qurilmalarda yuklamani keskin o‘zgarish hollari ko‘p uchraydi. SHuning uchun quvvat koeffitsienti katta oraliqda o‘zgaradi (0,3-0,8). Bu qurilmalar qaerda o‘rnatilganligiga qarab 1 chi yoki 2 chi toifali bo‘lishi mumkin. Ko‘tarma-transort qurilmalarida 50 Gsli o‘zgaruvchan tok yoki o‘zgarmas tok ishlatiladi. O‘zgaruvchan tok tomonidan yuklama uchta faza uchun simmetrik bo‘ladi.

Download 39.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling