Reja: Tok va kuchlanish shakllari


Download 39.68 Kb.
bet6/8
Sana18.06.2023
Hajmi39.68 Kb.
#1562321
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
11V

Elektr yoy pechlari bevosita va bilvosita ta’sir qiluvchi pechlarga bo‘linadilar. Birinchi holda metallni qizdirish va eritish elektrod va metall oralio‘ida bo‘ladigan yoydan kelib chiqadigan issiqlik hisobiga bo‘ladi. Bevosita ta’sirli pechlarning keng tarqalgani po‘lat erituvchi va vakuumli pechlardir. Po‘lat erituvchi pechlar sanoat chastotali, 6-110 kV li elektr manbasiga ulanadilar. Bir qurilmaning quvvat 45000 kVA gacha bo‘lib quvvat koeffitsienti 0,85-0,9. Metallni eritish jarayonida ekspluatatsion takroriy qisqa tutashuv sodir bo‘ladi va tokning miqdori me’yoridan 2,5-3,5 marotaba ortadi. Bu esa podstansiya shinalaridan kuchlanishni pasayishiga olib kelib, boshqa elektr iste’molchilarining ishiga solbiy ta’sir qiladi. SHuning uchun ko‘p hollarda bunday pechlarga ayrim transformator podstansiyalaridan energiya beriladi.
YOyli vakuum pechlarining quvvati 2000 kVA gacha bo‘lib ta’minlash 30-40 V o‘zgarmas tok manbasidan bajariladi. Elektr energiyasining manba sifatida 50Gs li tarmoqga ulanadigan yarim o‘tkazgichli yoki elektr mashinali o‘zgartgichlarni ishlatish mumkin. Vakuumli yoy pechlari 1 chi toifali iste’molchilardan hisoblanadi.
Bilvosita ta’sir etuvchi pechlarda metallni qizdirish, eritish ko‘mir elektrodlar oraligidagi yoydan hosil bo‘lgan issiqlik hisobiga bajariladi. Bunday pechlar mis va uning qotishmalarini eritishda ishlatiladi. Quvvati 500 kVA dan oshmaydi. Bilvosita pechlar 50 Gs li tarmoqga maxsus transformator orqali ulaniladi. Elektr ta’minotini ishonchligi nuqta nazaridan 1 toifali iste’molchi hisoblanadi.
Aralashiga qizdirish pechlarni rudnotermik va elektro-shlakli qayta eritish pechlariga bo‘lish mumkin. Rudnotermik pechlarida materiallarni erishi shixta orqali elektr tokini o‘tishi va yoy natijasida hosil bo‘ladigan issiqlik hisobiga amalga oshiriladi. Bu pechlar temir qotishmalari, chuyan, qo‘ro‘oshin olishda va mis qotishmalarini eritishda ishlatiladi. Elektr ta’minoti 50 Gs li tarmoqdan maxsus pasaytiruvchi transformator orqali amalga oshiriladi. Pechning quvvat 100.000 kVA gacha borishi mumkin. Quvvat koeffitsient 0,85-0,92 ga teng. Elektr ta’minoti uzluksizligi bo‘yicha 2 chi toifali iste’molchilar turkumiga kiradi.
Elektroshlakli qayta eritish pechlarida qizdirish shlakdan elektr tokining o‘tishi hisobiga bo‘lib, eritish esa elektr yoyi issiqligi natijasida amalga oshiriladi. Elektroshlakli qayta eritish yuqori sifatli pulat va ularning qotishmalarini olishda ishlatiladi. Pechlarni ta’minlash 6-10 kV li tarmoqdan maxsus pasaytiruvchi transformator orqali (ikkilamchi kuchlanish 45-60 V) bajariladi. Ular bir yoki uch fazali bo‘lishlari mumkin. Quvvat koeffitsienti 0,85-0,95 ga teng. Elektr ta’minoti ishonchliliga bo‘yicha elektr shlakli qayta eritish pechlari 1chi toifali iste’molchilar guruhiga kiradi.

Download 39.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling