Reja: Tok va kuchlanish shakllari
Ishlab chiqarish mexanizmlarining elektr yuritgichlari
Download 39.68 Kb.
|
11V
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Elektr pechlari va elektrotermik qurilmalar.
- Induksion va dielektrik pechlar va qurilmalar
4. Ishlab chiqarish mexanizmlarining elektr yuritgichlari. Bunday iste’molchilar barcha korxonalarda mavjud bo‘lib, hozirgi zamon stanoklarida elektr mashinalarining barcha turlari ishlatiladi. YUritgichlarning quvvatlari juda xilma-xil bo‘lib bir necha Vt lardan yuzlab kVt largacha boradi. YUqori chastotali aylanma harakat hosil qilish va uni boshqarish talab qilinadigan stanoklarda o‘zgarmas tokda ishlaydigan elektr yuritgichlardan foydalaniladi. Elektr tarmoq kuchlanishlari 660-380/220V bo‘lib chastotasi 50 Gs. Elektr ta’minoti ishonchliligi bo‘yicha, ko‘p hollarda, bu iste’molchilar 2 chi toifali hisoblanadilar. Ayrim stanoklar uchun xavfsizlik texnikasi nuqtai nazaridan elektr ta’minotida uzilish bo‘lmasligi talab kilinadi.
5. Elektr pechlari va elektrotermik qurilmalar. Elektr energiyasini issiqlikga aylantirish usullariga qarab bu qurilmalar quyidagilarga bo‘linadilar: qarshilik pechlari, induksion pechlar va qurilmalar; yoyli elektr pechlari; aralash usullarda ishlovchi pechlar. Qarshilik pechlari qizdirish usuliga qarab bilvosita va bevosita ta’sir etuvchi pechlarga ajratiladi. Bilvosita ta’sir etuvchi pechlarda hosil bo‘ladigan issiqlik maxsus isitish elementlaridan tokning o‘tishi natijasida bunyod etiladi. Bunday pech qurilmalarida 1000 V gacha kuchlanish ishlatilib, chastotasi 50 Gs. Qurilmalarning quvvatlari ming kVt dan yuqori, quvvat koeffitsientlari esa ko‘p hollarda 1 ga teng. Ular bir yoki uch fazali qilib ishlab chiqariladi. Bevosita ta’sirli pechlarda xhosil bo‘ladigan issiqlik buyum (material) orqali elektr toki o‘tishi natijasida hosil bo‘ladi. Ularning quvvatlari 3000 kVt gacha bo‘lishi mumkin. Bunday pechlar asosan 380/220 V kuchlanishli 50Gs tarmoqga ulanadilar. Quvvat koeffitsienti 0,70,9 oralio‘ida bo‘ladi. Qarshilik pechlari 2 chi toifali iste’molchilar turkumiga kiradilar. Induksion va dielektrik pechlar va qurilmalar metallarni eritishda, toblashda va dielektriklarni qizdirishda ishlatiladi. Induksion pechlarda metallni eritish undan induksion tokning o‘tishi natijasida hosil bo‘ladigan issiqlik hisobiga bo‘ladi. Eritish pechlari ferromagnit o‘zakli yoki o‘zaksiz qilib tayyorlanishi mumkin. O‘zakli pechlar rangli metallar va ularning qotishmalarini eritishda ishlatiladi. Ular bir, ikki, uch fazali qilib ishlab chiqariladilar va quvvatlari 2000 kVA gacha bo‘ladi. Quvvat koeffitsientining miqdori alyumin eritishda 0,204 oralio‘ida, mis eritishda esa 0,6 08 oralio‘ida kuzatiladi. O‘zaksiz pechlar asosan yuqori sifatli po‘lat eritishda ishlatiladilar. Ular ko‘p hollarda yuqori chastotali (500-10000 Gs) tiristorli yoki elektr mashinali o‘zgartgichlar orqali ishlaydilar. YUritgichlar esa korxona chastotali manbalardan ta’minlanadilar. Bunday pechlarning quvvatlari 4500 kVA dan oshmaydi, quvvat koeffitsientlari esa kichik (0,05-0,25). Eritish pechlari 2 chi toifali iste’molchilar guruhlariga kiradilar. Dielektr qizdirish qurilmalarida qizdiriladigan buyum kondensatorning elektr maydoni ta’siriga joylashtiriladi va qizish siljish tokning hisobiga bo‘ladi. Bunday qurilmalar yoo‘ochlarni quritishda, press-kukunlarni qizdirishda, plastinkalarni payvandlashda, mahsulotlarni sterillashda keng ishlatiladilar. Ta’minlash 20-40 MGs li manbalardan bajariladi. Elektr ta’minotining uzliksizligi bo‘yicha dielektrik qizdirish uskunalari 2 chi toifali iste’molchilar guruhiga kiradi. Download 39.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling