TO'LDIRUVCHILARNING TURLARI XOSSALARI VA ULARGA QO'YILADIGAN TALABLAR
REJA:
1. To’ldiruvchilarning uyilma zichligi
2. To’ldiruvchilarning dona va modda zichligi
3. To’ldiruvchilarning bo’shliqligi
4. To’ldiruvchilarning dona g’ovakligi
5. To’ldiruvchilarning namligi va suvshimuvchanligi
6. To’ldiruvchilarning dona shakli
7. To’ldiruvchilarning donadorlik tarkibi
8. To’ldiruvchilarning strukturasi
9. To’ldiruvchilarning mustahkamligi
Beton uchun ishlatiladigan tuldiruvchilar fizik va mexanik xususiyatlari, texnik-iqtisodiy samaradorligi va ishlatilish soxasi bo’yicha ajralib turadi. Shu bilan birga, ular barchasi sochiluvchan zarrali materiallar bo’lib sifatining asosiy ko’rsatkichlari bo’yicha bir hil.
1. To’ldiruvchilarning uyilma zichligi
To’ldiruvchilarning uyilma zichligi deb, to’ldiruvchi massasining u egallagan xajmga nisbatiga aytiladi (zarrachalar orasidagi bo’shliq xisobga olinadi).
Uyilma zichlik quyidagi tartibda aniqlanadi. Doimiy massagacha quritilgan to’ldiruvchi tarozida tortilib, balandligi 100 mm bulgan silindr shaklidagi o’lchov idishiga, ustida ortiqcha konus shakli hosil bo’lguncha to’ldiriladi va ortiqchasi metal chizg’ich bilan sidirib tashlanadi. Keyin to’ldiruvchi to’ldirilgan o’lchov idishi torozida tortiladi va o’rtachasi arifmetik usulda aniqlanadi.
Uyilma zichlik quyidagi formula bo’yicha xisoblanadi:
- Shuni ta’kidlash kerakki, to’ldiruvchilar uyilma zichligini aniqlash o’lchov idishi shakli va sig’imiga, o’lchov idishi o’lchamlariga, to’ldiruvchilar donalariga bog’liq. Berilgan yiriklikdagi to’ldiruvchilar donalari uchun, idish o’lchami qancha kerak bo’lsa, to’ldiruvchi xolati (darajasi) nisbatan donador material xajmi kichik bo’ladi. Shu sababli me’yor bo’yicha standart o’lchov idishlar g’ovak to’ldiruvchilar uchun qo’llaniladi (Uz RST).
- G’ovak to’ldiruvchining uyilma zichligi o’lchamli idishda aniklanadi, uning o’lchami to’ldiruvchining yirikligiga bog’liq ravishda 2.1-jadvaldan qabul qilinadi.
To’ldiruvchilar yirikligi bo’yicha o’lchov idishlarining o’lchamlari
To’ldiruvchi donalarining eng
katta yirikligi,
(mm)
|
O’lchov
idishining sig’imi,
(l)
|
O’lchov idishining ichki o’lchamlari, mm
| | | |
Diametri
|
Balandligi
|
5 va undan kam
10
20
40
|
1
2
5
10
|
108
137
185
234
|
108,5
136,5
186,5
233,8
| To’ldiruvchilarning dona va modda zichligi - To’ldiruvchilar donalari zichligi, bu quruq shag’al yoki chaqiq tosh namunasi massasining uning donalari xajmi yig’indisiga nisbatan aytiladi. To’ldiruvchilar donalari hajmi, to’ldiruvchilardan olingan namunalarni suvda va havoda massasini o’lchashdagi farq bilan aniqlanadi. Buning uchun to’ldiruvchilar namunasini suvda o’lchashda undagi g’ovaklar suv bilan to’ladi, shu sababli to’ldiruvchilar namunasi oldindan suvga solib qo’yiladi.
3. To’ldiruvchilarning bo’shliqligi - To’ldiruvchi bo’shliqligi yoki donalar orasidagi bo’shliq, to’ldiruvchi erkin to’kilgandagi donalar orasidagi bo’shliqni umumiy xajmga bo’lgan nisbatiga aytiladi va % da aniqlanadi (zichlanmagan xolda). Agar uyilma zichlik –ρu (kg/m³) va uning zarrachalari zichligi–ρ3 (g/sm³) malum bo’lsa, unda to’ldiruvchining donalari orasidagi bo’shliq quyidagi formula asosida topiladi
4. To’ldiruvchilarning dona g’ovakligi - G’ovaklik - to’ldiruvchi donasidagi barcha g’ovaklarning xajmlari yig’indisini dona xajmiga nisbatiga aytiladi. Ko’pincha xar bir donaning aloxida g’ovakligi emas, balki olingan namunadagi donalarning o’rtacha g’ovakligi aniqlanadi.
- Agar donalar zichligi – ρ3 va to’ldiruvchi modda zichligi – ρ malum bo’lsa, u xolda g’ovaklik quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
- P3
- Vгов = (1- )·100%,
- ρ
5. To’ldiruvchilarning namligi va suvshimuvchanligi - To’ldiruvchilarning namligi va suvshimuvchanligini aniqlashda donalar g’ovakligi asosiy omillardan biri xisoblanadi.
- To’ldiruvchilar namligini aniqlashda namuna tarozida tortiladi va 105°S da quritish shkafida doimiy massaga kelgunicha quritiladi. To’ldiruvchilarning namligi quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
- mнам - mкур
- W = ·100%,
- mкур
6. To’ldiruvchilarning dona shakli - Uyilma zichlik, bo’shliqlik kabi to’ldiruvchilarning xususiyatlarini donalar shakli orqali aniqlanadi. Birinchi marta buni B. Nikolaev tadqiq etdi va 1914 yilda «Material donalari shakli va o’lchamiga mos beton va qorishmalar tarkibi» ishida keltirgan.
- B.Nikolaev sochiluvchan materialning donalar tarkibini va geometrik joylashuv strukturasini nazariy asosida analiz qildi. Agar shartli ravishda barcha donalarni bir xil shaklda va o’lchamda desak, u holda berilgan xajm bo’yicha joylashtirish tartibiga ko’ra (shar, kub, tetroedr) turlicha zichlikka ega bo’ladi. Masalan, agar shar shaklidagi donalarni tersak va ularning markazi kubni xosil qiladi(rasm.6,a), bu esa nisbatan kichik zichlikni beradi. Agar sharlarning markazini tutashtiruvchi chiziqlar tetroedrni tashkil etsa(rasm6.b), u xolda katta zichlikka ega bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |