Bularning 9tasi badiiy: 1.“Guliston” 6. “Haft paykar” 2.“Yusuf va Zulayho” 7. “Hasht behisht” 3.“Shohu gado” 8. “Zubdat ul-hikoyot” 4.“Solomon va Absol” 9. “Badoye ul-vaqoye” 5.“Bahoriston” 6tasi tarixiy: 1.“Ravzat us-safo” 4. “Tazkirayi Muqimxoniy” 2.“Ravzat us-safoyi Nosiriy” 5. “Zafarnoma” 3.“Nodirnoma” 6. “Taboqoti Akbarshohiy” 4tasi axloqiy yoki falsafiy-axloqiy: 1.“Nasihatnomayi Kaykovus” 3. “Daloyil ul-hayrot” 2.“Axloqi Muhsiniy” 4. “Miftoh ul-tolibin” Tarjimonning o‘zi qayd etganidek, faqat “Daloyil ul-hayrot” usmonli turk tilidan ag‘darilgan(asli arabcha), qolgan 18ta asar bevosita fors-tojik tilidan tarjima qilingan. Shunisi ham borki, tarixiy va axloqiy asarlar o‘sha davr an’anasiga muvofiq badiiy adabiyot unsurlari – hikoya va she’riy parchalar bilan omuxta qilingan. Muhammadrizo Ogahiyning tarjimonlik faoliyati xususida V.Zohidov, V.Abdullayev, Sh.Sharipov, V.Rahmonov va F.G‘anixo‘jayevning ishlarida to‘xtab o‘tilgan. Shundan keyin maqolada hikoya janriga to‘xtalinib, uning Ogahiy tarjimalardagi qimmati xususida so‘z boradi. “Guliston” tarjimasiga alohida to‘xtaladi. “Ogahiy masnaviylarida badiiy tasvir”. Mazkur maqolada she’riy san’atlarni qo‘llashning ahamiyat, shoir mahorati, ma’naviy va lafziy san’atlar xususida so‘z berilib keyin Ogahiy asrlarida badiiy san’atlar jilosi tahlilga tortiladi. Tashbeh, mubolag‘a, g‘uluv, talmeh, tamsil, ruju’, iyhom kabi ma’naviy san’atlardan tahlilidan so‘ng takror, tardi aks, tadrij, hojib(o‘zakdosh so‘zlarning qofiyadan oldin kelishi), tarse’, sa’j, tavzi’(bir xil jarangli tovushga ega so‘zlarning takrorlanishi) kabi lafziy san’atlar va ularning ogahiy qalamida qay darajada jilolanilishi tahlil qilingan.
E’TIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR!
Do'stlaringiz bilan baham: |