4. “Shoirning badiiy mahorati” Botirxon Valixo‘jayev; 5. “Ogahiy she’riyatida shakl va mazmun” Subutoy Dolimov; 6. “Ogahlar ogahi” Abdurashid Abdug‘afurov 7. “Ogahiyning tarjimonlik mahorati” Najmiddin Komilov; 8. “Ogahiy masnaviylarida badiiy tasvir” Abdurahmon Pirimqulov; 9. “Ogahiyning forsiy merosi” Abdulla Ahmedov; 10. “Ogahiy tarixnavis” Nurboy Jabborov 12. “Topilmalar” Fathulla G‘anixo‘jayev. “Ogahiyning forsiy merosi”. Ogahiyning “Taviz ul-oshiqin” devonida fors-tojik tilida yozilgan she’rlar “Ash’ori forsiy” deb atalgan maxsus bobga joylashtirilgan. Shoirning forscha she’riy merosi 1300 misradan oshadi. Ular g‘azllar, muxammaslar, musamman, munojot, ta’rixlardan iboratdir. Vohid Abdullayev: “Shoirning forscha she’rlari ham o‘z mavzusi, mazmuni va badiiy xususiyatlari bilan o‘zbekcha she’rlaridan qolishmaydigan yuksak asarlardir” Ogahiy Sa’diy, Hofiz, Jomiy, Bedil va Amiriy kabi shoirlarning ijodini puxta o‘rgangan, ulardan ta’sirlanib falsafiy teran, badiiy yuksak g‘azallar yaratgan. Ogahiy bu shoirlardan ilhomlanib yozgan forscha she’rlarida ham an’anaviy ishqiy may va mahbuba, ya’ni muhabbat lirikasi yetakchi o‘rinda turadi. Maqola davomida forsiy tildagi she’rlari berilib, ularning turkiy tildagi tarjimasi va badiiy sharhi beriladi “Ogahiy tarixnavis”. Ogahiy o‘z amakisi va ustozi Shermuhammad Munisning Xorazm tarixiga oid “Firdavs ul-iqbol” asarini davom ettirib, mukammal tarixiy asar sifatida yakunlagan, o‘zi mustaqil 5ta tarixiy asar yaratgan. Bular: 1.“Riyoz ud-davla” (Olloqulixon 1825-1843) 2.“Zubdat ut-tavorix” ( Rahimqulixon 1843-1846) 3.“Jomi’ ul-voqeoti sultoniy” (Muhammad Aminxon 1846-1855) 4.“Gulshani davlat” ( Sayyid Muhammadxon 1856-1865) 5.“Shohid ul-iqbol” ( “Iqboli Feruziy”) Muhammad Rahimxon Feruz1865-1872)
Do'stlaringiz bilan baham: |