Reja: Turizm industriyasi va turizm infratuzilmasi tushunchalarining mohiyati
Download 2.77 Mb.
|
1-mavzu (1)
Milliy parklar – bu tabiiy landshaftni har taraflama muhofaza qiluvchi va dunyoning ko‘plab davlatlari ekoturizmda foydalanayotgan, biri-birini quvvatlab kelayotgan tabiiy majmualardir. Hozirgi vaqtda dunyoda 3,4 ming milliy parklar mavjud.
Tabiat qo‘riqxonalarining tabiatidagi umumiy jozibador, betakror ko‘rinishlarining reklamasini ishlab chiqishda ham turizm bozori, turizm haridori talab qiladigan shartlari bor. Ular quyidagilar: tabiat qo‘riqxonalarida ekoturizm so‘qmoqlari, marshrut yo‘llari atrofida o‘zgaruvchan tabiiy landshaft uchastkalari ajratiladi (archali soy, qoyatoshli dara, tog‘ yoki soydagi buloq, tekis o‘tloqzor va h.k.). agar tabiat qo‘riqxonasi tog‘larda joylashgan bo‘lsa qo‘riqxona hududidagi soylar, daralar ko‘p bo‘lib o‘simliklari, rel’efi tuzilishi bo‘yicha o‘xshash bo‘lsa, bu ko‘rinishlardan eng jozibadori, betakrori reklamaga olinadi. qo‘riqxonalarimizning tashkil qilinganiga 60 yillardan ko‘proq vaqt o‘tdi. Shuning uchun ham ko‘plab qo‘riqxonalarimizda 100, 200 hatto ming yillik daraxtlar bor. Anashu daraxtning hozirgi ko‘rinishi va xalq so‘zlari bilan ifodalanadigan qisqacha tarixi bilan tabiatning umumiy ko‘rinish reklamasiga alohida rasm va lavhalar bilan qo‘shiladi. agar tabiat qo‘riqxonasida bir necha tabiat lanshaftlari bo‘lsa har bir tabiat landshaftlaridan eng chiroyli ko‘rinishlari reklamada berilishi kerak. O‘zbekistonda ekologik sayohatni rivojlantirish borasida mahalliy aholini jalb qilish loyihalari ishlab chikilmoqda. TASIS tashkilotining moliyalashtirishga asosan Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston davlatlari davlatlararo G‘arbiy Tyan-Shan bioxilmaligini saqlash bo‘yicha loyiha tuzdilar. Bu Nurota-Qizilqum tabiatni muhofaza qilish kompleksida, ruxsat etilgan jonivorlarni ov qilish faoliyatidan daromad keltirib va bu jonivorlarning ko‘payishini va tiklashga yordam beradigan harajatlarga ishlatiladi. Download 2.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling