Reja: Turizm industriyasi va turizm infratuzilmasi tushunchalarining mohiyati


O‘zbekiston Respublikasining ekoturistik rayonlari


Download 2.77 Mb.
bet8/12
Sana24.11.2023
Hajmi2.77 Mb.
#1796724
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1-mavzu (1)

1.7. O‘zbekiston Respublikasining ekoturistik rayonlari

O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish Davlat Qo‘mitasining mutaxassislari O‘zbekistonning ekoturistik rayonlari haritasini ishlab chiqishgan. Haritaga muvofiq, butun mamlakatimiz hududi XIV ekoturistik rayonga ajratilgan. Har bir ekoturistik tumanga ekoturistik zona deb ham qarash mumkin. Ular jumlasiga Ustyurt, Orol va Orolbo‘yi, Amudaryo, Qizilqum, Nurota, Zarafshon, Aydarkul, Sirdaryo, Chirchiq, Ohangaron, Farg‘ona, Turkiston, Qashakadaryo, Hisor, Surxondaryo ekoturistik rayonlari kiritilgan.




1.4-rasm. O‘zbekiston Respublikasining ekoturistik rayonlari3

Har bir rayon o‘zining ekoturistik holati, imkoniyatlari, shart-sharoitlari va rivojlanish istiqbollari nuqtai nazaridan ajralib turadi. Masalan, Ustyurt ekoturistik rayonini oladigan bo‘lsak, u O‘zbekistonning shimoliy-g‘arbiy Qoraqolpog‘istonda joylashgan plato bo‘lib, uning umumiy maydoni 200 ming km2 ni tashkil etadi. Bu joylar dunyoda eng katta va yagona 60-150 metrlik tik qoyali jarlari, davolash xususiyatiga ega bo‘lgan juda katta-1000 km tuzli Borsakelmas sho‘rxoki bilan mashhur. O‘simlik qoplami siyrak, osh tuzi va balchiqli tuzning qatlami 16-27,5 m gacha boradi. Yangi qurib bitkazilgan Qo‘ng‘irot soda zavodi aynan ana shu tuzlar hisobiga ishlaydi.


Neolit davridan qolgan «Ustyurt makoni» ham noyobdir. Unda 60 ga yaqin qadimiy odamlar yashagan tabiiy ob’ektlar aniqlangan. Ularning ichida ham tarixiy, ham ekoturistik ahamiyatga moyil «Tempa» makoni bo‘lib, undan Xorazm arxeologiya ekspeditsiyasi qadimiy mehnat va ov qurollarini topgan.
Orol va Orolbo‘yi ekoturistik rayoni ekologik inqirozli ekoturistik hudud bo‘lgani uchun ham ekstremal ekoturistik ob’ekt bo‘lib hisoblanadi. Ekoturistik marshrutlar bir paytning o‘zida ham Orolning qurigan, ham uning ta’sirida bo‘lgan Orol atrofi hududlarini qamrab oladi. Ekoturlar nafaqat treking (piyoda) yoki tuya va otlarda, balki samolyot va vertolyotlar orqali ham amalga oshirilishi mumkin.

Download 2.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling