Reja: Tuzlarning manbalari


Download 0.73 Mb.
Sana18.06.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1593415
Bog'liq
Tuproqni meliorativ holatiga tabiiy sharoitlarning ta\'siri kurs iwi 1


Gidrogeologik mintaqalar va yerlarning meliorativ holatiga tabiiy sharoitlarning ta’siri
Reja:
1. Tuzlarning manbalari.
2. Tuzlarning tarqalishi.
3. Sho'rlanish va botqoqlanishning vujudga kelishida yer usti va yer osti sizot suvlarining ahamiyati.

Tuzlarning manbalari va tarqalishi (yer usti suvlari, yer osti suvlari, shamol ta'sirida tarqalishi), sho'rlanish va botqoqlanishning vujudga kyelishda yer usti va yer osti sizot suvlarining ahamiyati (gidrogyeologik mintaqalar), yerning myeliorativ xolatiga ta'sir.


1. Tuzlarning manbalari
Tuproq, yer usti va yer osti suvlarining tarkibida asosan kalцiy (Sa), magniy (Mg), natriy (Na), kaliy (K), kislorod (O), xlor (Sl), oltingugurt (S), uglorod (S), azot (N). Elyemyentlari boshqa elyemyentlarga nisbatan ko'proq uchraydi. Bu elyemyentlar xavo tog' jinslari va minyerallar tarkibida bo'lib suv, shamol, iqlim va bioximik omillar ta'sirida yemirilib tuzlarni hosil qiladi.
Tabiatda tuzlarning asosiy manbalari quyidagilar hisoblanadi.
1. Tog' jinslari va minyerallarining yemirilishi.
2. Vulqon otilish jarayoni.
3. Yer yuzasiga yaqin joylashgan gumbaz, tosh tuzlar (tuz konlari)
4. Yerning tub qatlamlaridan chiqayotgan sho'r buloqlar.
5. Bioximiyaviy omillar ta'sirida tuzlarning paydo bo'lishi (sho'rxok va sho'rtob yerlarda o'sadigan o'simliklarning kul hosil qilishi va bu kulning tarkibida juda ko'p miqdorda natriy xlor va natriy sulfat borligi).
Yuqorida ko'rsatilgan manbalar bo'yicha hosil bo'lgan tuzlar yer usti, yer osti suvlari va shamol harakati ta'sirida yerning ma'lum mintaqalariga tarqaladi. V.A. Kovda tuzlarning to'planish va sho'r tuproqlarni paydo bo'lishi jarayonini quyidagi цikllarga bo'ladi.
1. Quruqlikda tuz to'planishi ya'ni matyeriklarning (qit'a) ichki qismla-ridagi byerk (suvi okyeanga qo'shilmaydigan) o'lkalarda tuzlarning to'planishi.
2. Dyengiz yaqinida tuz to'planishi: ya'ni dyengiz sohillarida va sayoz suvli qo'ltiq qirgoqlarida dyengiz suvlarining to'planishi.
3. Dyeltalarda tuz to'planishi; bunda daryo va sizot suvlarining quruqlikdan olib kyelinayotgan tuzlari hamda turli vaqtlarda dyengiz tomonidan kyelayotgan tuzlar.
4. Yer osti suvlarining bug'lanishidan tuz to'planishi, bunda yerning chuqur qatlamlaridagi sho'r suvlarni tyektonik yoriqlar orqali yer yuzasiga chiqishi va bug'lanishi (Kaspiy dyengizga yaqin yerlar va Ustyurt platosi).
5. Antropogen tuz to'planishi, ya'ni sho'r yerlarni mye'yoridan ortiqcha sug'orish va sug'orish tarmoqlaridan filtirlanayotgan suvlar evaziga minyeral-
lashgan sizot suvlarining ko'tarilishidan hamda sho'r suvlar bilan ekinlarni
sug'orish oqibatida to'planayotgan tuzlar.
Tuproqda tuzlarni to'planish sabablari:
- iqlimning o'ta quruqligi (yer yuzining 25 % ini tashkil qiladi);
- sizot suvlarini yer yuziga yaqin joylashganligi;
- zovurlarning yetishmasligi;
- suv sifatining pastligi;
- tuproqning sho'rlanish klassifikaцiyalaridagi ta'siri.
2. Tuzlarning tarqalishi
Tuzlarning tarqalishida yer usti, yer osti, sizot suvlari va shamol katta rol o'ynaydi. Tabiatda tuzlar yer usti va yer osti, sizot suvlari bilan birgalikda tarqaladi. Tuzlarning suvlar bilan tarqalishda joyning ryelyefi, gyeologik tuzilishi, tuproq gruntning suv o'tkazish xossasi va boshqa tabiiy sharoitlar katta ahamiyatga ega.
Suv ayirgichlar yuzasida ma'lum miqdorda suvda eriydigan tuzlar bo'lib,
ustiga yetarli miqdorda atmosfyera yog'inlari yog'ib tursa tuzlar eritmasi 2 yo'nalishda oqib boradi:
1. Yer yuzasidan oqar suvlar bilan birga.
2. Sizot va yer osti suvlari bilan birga.
Oqibatda suv ayirgichlardagi tuzlar daryolarga, undan dyengizlarga va okyeanlarga borib tushadi. Tuzlarning tarqalishida yer usti, yer osti, sizot suvlari va shamol katta rol o'ynaydi. Tabiatda tuzlar yer usti va yer osti sizot suvlari bilan birgalikda tarqaladi. Tuzlarning gemorfologik profil bo'yicha taqsimlanish tizimi.
Tuzlarning suvlar bilan tarqalishida joyning relyefi, geologik tuzilishi, tuproq gruntning suv o'tkazish xossasi va boshqa tabiiy sharoitlar katta ahamiyatga ega.
Ma'lumki relyef quyidagi asosiy turlarga bo'linadi:
Makrorelyef, mezorelyef, mikrorelyef.
Yuqorida ko'rsatilgan ryelyeflar bo'yicha tuzlar turlicha taqsimlanadi. Masalan suv ayirg'ichlar (tog' tizmalarida tabiiy suvlarning nishabliklar bo'yicha bo'linishi) yuzasida ma'lum miqdorda suvda eriydigan tuzlar to'plan-gan bo'lsa, tuzlar eritmasi ikki yo'nalishda oqib boradi:a) yer yuzidan oqar suv bilan; b) sizot va yer osti suvlari bilan. Oqibatda suv ayirg'ichlardagi tuzlar daryolarga undan dyengiz va va okyeanlarga borib tushadi. Lyekin joyning ryelyefi nishabligi, tuproq-gruntning tuzilishi va sizot suvlarining harakatiga qarab tuzlar uzoq masofalarga borishi yoki bormasigi mumkin.
Makro va mezorelyefli yerlarning nishabligi kichik joylarda ya'ni past
tyekisliklarda, daryo vodiylarida yer usti va sizot suvlari syekin oqadi yoki turib qoladi. Shu tufayli ular bunday joylarda ko'proq bug'lanadi va tarkibidagi tuzlar shu joylarda to'planadi.
Mikroryelyef ta'sirida yer usti suvlari tuproqning tuz ryejimiga turlicha ta'sir ko'rsatadi. Mikrobalandliklardan yer usti suvlari mikropastliklarga qarab oqadi va u yerdagi tuzlarni (tuproqning suv o'tkazuvchanligi yaxshi bo'lgan sharoitda) yaxshi yuvadi. Aksincha mikrobalandliklardagi tuzlar tuproqning suv o'tkazuvchanligi past bo'lgan sharoitda yaxshi yuvilmay qoladi.
Tuproqni sho'rlanishida sizot suvlari asosiy omil hisoblanadi. Chunki ular tuproq naychalar orqali ko'tarilib bug'lanadi va ularning tarkibidagi tuzlar yer yuzasida to'plana boshlaydi.
Sizot suvlari yer yuziga qancha yaqin (1-2 m) va qancha ko'p minyerallashgan bo'lsa tuproq shuncha tyez sho'rlanadi. Tuproqni tuzilishi bir xil va kapillyar naychalar orqali suvni ko'tarish xususiyati yaxshi bo'lgan tuproqlarda sizot suvlari 5-10 m chuqurlikda joylashganda ham bug'lanishi va tuproqni sho'rlantirishi mumkin.
Atmosfyera harakati ta'sirida (imulьvyerizaцiya) tuzlarning to'planishida dyengiz va ko'llarning qurigan suvsiz qismidan tuz changlari shamol ta'sirida ko'tarilib uzoq masofalarga uchirilib boriladi va sug'oriladigan maydonlarga tushadi. Bizning mintaqamizda kyeyingi 30-40 yil davomida bunday tuz to'planish jarayoni jadallashib bormoqda va u Orol dyengizining suv ryejimiga bog'liq bo'lib qolmoqda. Masalan 1960 yillarda Orol dyengizining suv sathi 68900 km2 bo'lgan bo'lsa 1994 yilga kyelib uning maydoni 32500 km2 ga tushib qoldi, ya'ni 36400 km2 maydon quruqlikka aylandi. Shu bilan bir qatorda Orol dyengizi suvining minyerallashganligi ham shu vaqt davomida 12-14 g/l dan 30-40 g/l gacha ko'tarildi. Natijada dyengizning quruq qismida juda katta miqdorda tuz va har xil kimiyoviy moddalrni to'planishi yuz byerdi. Bu tuzlar va kimyoviy birikmalar shamol ta'sirida chang sifatida joyidan o'chirilib uzoq masofalarga asosan janubiy-g'arb yo'nalishi bo'yicha tarqalmoqda. Bir yil davomida 8-17 martgacha chang to'zan ko'tarilishi kuzatilmoqda va shu tufayli Muynoqda 2-5 t/ga, Xorazm viloyatida 1-2 t/ga, Mirzacho'lda esa 0,3-1 t/ga tuz to'planishi aniqlangan.
3. Sho'rlanish va botqoqlanishning vujudga kyelishda yer usti va yer osti sizot suvlarining ahamiyati
Tuproqning myeliorativ xolatiga salbiy ta'sir ko'rsatadigan asosiy omillarga sho'rlanish, botqoqlanish va tuproq eroziyasi kiradi. Bu omillar yer yuzasi bo'ylab ma'lum tabiat qonunlari asosida tarqalgan. Tuproqning paydo bo'lish jarayonida hamda sho'rlanish va botqoqlanishda tabiiy gidrogyeologik sharoitlar ya'ni sizot suvlarining joylashsh chuqurligi, oqim tyezligi va minyerallashganligi katta ahamiyatga ega. Shuning uchun daryo havzalari ya'ni suv ayirg'ichlardan to sohilgacha bo'lgan masofa to'rtta gidrogyeologik mintaqa-larga bo'linadi (V.M.Lyegostayev 1959). Ularning tabiiy sharoitlari (iqlim, gyeologik, gidrologik, gidrogyeologik va ryelьyef) bir-biridan ancha farq qiladi (1.3-rasm).
Yerning tabiiy myeliorativ holati gidrogyeologik mintaqalar bo'yicha turlicha bo'ladi.
Sox daryosi yerlarining gidrogeologik mintaqalari.
1. Yer usti suvlarining singib kirish mintaqasida qulay myeliorativ holat.
2. Sizot suvlarining sirtga tyegish mintaqasida-qisman noqulay.
3. Sizot suvlarining tarqalish (bug'lanish) mintaqasida-noqulay.
4. Sohil mintaqasida-turg'unsiz myeliorativ holat vujudga kyeladi.
I. Gidrogeologik mintaqa - yer usti suvlarining singib kirish mintaqasi. Bu mintaqa tog' va tog' oldidagi suv yig'ish va daryolarning konus yoyilmalarining ustki qismlaridagi maydonlarni o'z ichiga oladi. Iqlimi ancha salqin, yillik yog'ingarchilik miqdori 400-600 mm va undan ko'p, bug'lanish esa kam (1000-1200 mm) bo'ladi. Joyning ryelьyefi asosan makroryelьyef, myezoryelьyefli va katta nishablikka ega.
Tuproqning ustki qatlami uncha qalin bo'lmagan (1,5-2 m) qumoq va gil zarrachalaridan, quyi qismlari esa qum, shag'al, mayda tosh aralashmalaridan iborat bo'lib ular o'nlab, ba'zan esa yuzlab myetr masofada joylashgan. Shuning uchun ham bu qatlamlar suvni juda ko'p shimib oladi va katta tyezlikda pastga o'tkazib yuboradi. Undan pastda esa suvna uncha o'tkazmaydigan jinslar joylashgan.
Sizot suvlari bosimsiz, joylashish satxi 10-30 m va undan ham chuqurda bo'ladi, oqim tyezligi juda katta sutkasiga yuzlab va ba'zan minglab myetrgacha boradi. Sizot suvlari chuchuk (minerallashganlik darajasi 0,2-0,3 g/l).
Bu mintaqaning nishabi katta, gruntning suv o'tkazuvchanligi, yer osti sizot suvlarining oqimi yaxshi bo'lganligi uchun tuproqning tarkibidagi tuzlar yer usti oqar suvlar yoki sizot suvlar bilan birgalikda pastda joylash-gan gidrogeologik mintaqalarga oqizib yuboriladi. Shu tufayli birinchi gidrogeologik mintaqa tuproqlarining meliorativ xolati sho'rlanmaganligi va botqoqlanmaganligi jihatidan juda qulay xisoblanadi. Lekin tuproq eroziyasi bo'yicha esa noqulaydir (tuproq eroziyasi maxsus bobda keltirilgan).
II.Gidrogeologik mintaqa - sizot suvlarining sirtga (yer yuzasiga) tegish mintaqasi. Bu mintaqada birinchi gidrogyeologik mintaqaning quyi qismlarini va daryolar konus yoyilmalarining chyegaralarini o'z ichiga oladi. Joyning ryelьyefi ko'proq mezorelyefli (kichik nishabli), iqlimi birinchi gidrogeologik mintaqaga nisbatan ancha issiq, bug'lanish (1200-1500 mm) katta yog'ingarchilik miqdori esa kam (200-400 mm) bo'ladi. Mayda zarrachali tuproq qatlami 2-4 m.ni tashkil qiladi. Keyingi qatlamlar asosan shag'al va qumlar-
dan iborat, suv o'tkazmaydigan qatlamlar bu zonada ancha yuza joylashadi.
Tuproq-gruntning myexanik tarkibi turlicha bo'ladi. Shuning uchun mayda zarrachali loy tuproqlarda sizot suvlarining oqish tyezligi kichik (10-100 m/sut) bo'lib, ular sizot suvlari sathining ko'tarilishiga sharoit yaratib byeradi. Buning oqibatida sizot suvlari kichik bosimli bo'lib yer yuziga yaqin (0,5-2 m) ko'tariladi yoki yer yuzasiga buloq kabi sizib chiqadi.
Sizot suvlarining minyerallashganlik darajasi oqim tyezligi nisbatan katta bo'lgan yerlarda chuchuk (0,2-0,4 g/l), oqish tyezligi kam yoki oqimsiz bo'lgan yerlarda esa kuchsiz minyerallashgan (1-5 g/l) bo'ladi. Sizot suvlari minyerallashgan yerlarda kam sho'rlangan tuproqlar uchraydi.
Bu mintaqada sizot suvlarining yuza joylashganligini asosiy sabablari turli chuqurliklarda joylashgan suvni o'tkazmaydigan shox, arzik nomlar bilan ataluvchi kalьцiy karbonatli (CaCO3), gipsli (CaSO4) qatlamlar uchrab turishidir.
Sizot suvlarining sirtga sizib chiqish mintaqasida sizot suvlari minyerallashmagan yoki kam minyerallashgan bo'lganligi uchun sho'r tuproqlar juda kam tarqalgan, ammo sizot suvlari yuza joylashganligi tufayli botqoqlangan yoki botqoqlanishga moil yerlar ko'p tarqalgan. Shuning uchun bu yerlarning myeliorativ xolati qisman noqulay xisoblanb zax qochirish tadbirlarini o'tkazishni talab qiladi.
III.Gidrogyeologik mintaqa - sizot suvlarining tarqalish (bug'lanish) mintaqasi. Bu mintaqa maydoni eng katta bo'lib kichik va katta daryo (Sox, Shohimardon, Amudaryo,Sirdaryo)larning o'rta va quyi oqimlarini shuningdyek, cho'l mintaqasidagi tyekisliklarni (qizilqum, qoraqum, Mirzacho'l, qarshi cho'li va hokazo) o'z ichiga oladi.
Bu mintaqaning ryelьyefi asosan mikro va qisman myezoryelьyefli bo'lib kichik nishablikka ega. Tuproqlarning myexanik tarkibi turlicha, lyekin asosiy qismida birinchi va ikkinchi mintaqa tuproqlarga nisbatan mayda zarrachali tuproqlar kyeng tarqalgan, hamda bu tuproqlr qalin qatlamga ega. Bunday tuproqlar odatda kapillyar naychalari orqali suvni juda balandga ko'tara olish
qobiliyatiga egadir.
Tuproqlarning ostki qismida har xil chuqurliklarda (3-30 m) shag'al, mayda tosh va qum uchraydi. Bunday qatlamlar yer yuzasiga joylashgan (3-5 m) yerlarda tabiiy zovurlashtirilib sizot suvlarining oqimi tyezlashadi.
Mintaqa sizot suvlari ustki qismining oqish tyezligi g'oyat sust (yiliga myetrlar hisobida) va sizot suvining shu qismi dyeyarli harakatsiz suv xavzasini vujudga kyeltiradi. Sizot suvlarining ostki qismi esa qisman oqimli va bosimli bo'ladi. Lyekin sizot suvlarining ustki va ostki qatlamlari bir-biridan ajratib qo'yilgan emas, shuning uchun bu qatlamlarda doimo o'zaro tik suv almashinuvi bo'lib turadi. Ustki qatlamida suv uzluksiz bug'lanishiga va transpiraцiyaga sarflanib, ular o'rnini patsgi qatlamdan uzluksiz ko'tarilib turuvchi suv to'ldirib turadi, chunki sizot suvining ostki qatlamlari bosim ostida turgan bo'ladi, bu bosim borgan sari kuchayib boradi.
Mintaqaning sug'oriladigan yerlarida sizot suvlari 1-3 m chuqurlikda,
sug'orilmaydigan yerlarida esa 5-10 m va undan chuqurroqda joylashadi. Ayrim ichki pastliklarida sizot suvlari yer yuziga chiqib botqoqliklar paydo qiladi. Bu mintaqaga kirib kyeluvchi yer osti va yer ustidan (sug'orish va sug'orish tarmoqlaridan)shimilgan (filьtrlangan) suvlar sizot suvlariga qo'shiladi va uni joylashish sathini ko'tarib jadal bug'lanishga sarflanadi. Mintaqa sizot suvlari sho'rlangan bo'ladi. Ularning minyerallanish darjasi sug'oriladigan yerlarda 2-3 dan 10-20 g/l, sug'orilmaydigan yerlarda esa 30-50 g/l gacha va undan ko'p (qattiq qoldiq) bo'ladi.
Mintaqaning sizot suvlari uzoq muddat davom etgan gyeologik davrda asta-syekin sho'rlangan. Sizot suvlarining bunday sho'rlanishga birinchidan yuqorida joylashgan gidrogyeologik mintaqa tuzlarining uzluksiz oqib kyelib qo'shili-shi, ikkinchidan bu suvlarning bug'lanishi jarayonida tuz konцyentraцiyasining asta-syekin ko'payishi sabab bo'lgan.
Mintaqada yuqorida ko'rsatilgan iqlimning issiqligi, quruqligi, tuproqning kapillyar naychalari orqali suvni ko'tarish xossasining yaxshi bo'lishi, sizot suvining harakatsizligi, sho'rlanganligi va yuza joylashganligi sizot suvlarini ko'p bug'lanishiga olib kyeldi. Sizot suvlari bug'landi, tuz esa asta-syekin to'planib bordi va tuproqni sho'rlantirdi. Shu tufayli bu mintaqa tuproqlari tabiiy sharoitiga ko'ra sho'rlangan yoki sho'rlanadigan yerlar hisoblanadi. Shuning uchun ushbu mintaqa tuproqlarining myeliorativ holati noqulay.
Lyekin zarur myeliorativ tadbirlar ko'rilishi tufayli, bu yerlardagi sho'rlanish jarayoniga barham byerilishi, sho'rlangan tuproqlarni esa sho'rsizlantirilib qishloq xo'jalik ekinlari ekish uchun yaroqli holga kyeltirilishi mumkin. Ryespublikamizdagi Mirzacho'l, Qarshi-Shyerobod, Yozyovon va boshqa cho'llarning o'zlashtirilishi bunga misoldir.
Gidrogeologik mintaqa - sohil mintaqasi. Bu mintaqa allyuvial yotqiziqlardan bunyodga kyelgan daryo sohil pog'onalarini o'z ichiga oladi. Sohillarni har yili yoki davriy ravishda toshqin suvlari bosganligidan kyeyin, unda ma'lum darajada oqizindi qatlam hosil bo'ladi. Shuning uchun sohil mintaqasi tuproqlarning myexanik tarkibi xilma-xil bo'ladi (loy, og'ir qumoqlar, qumoq). Bularning tagida esa qumoqlar, qumlar va shag'allar yotadi.
Sohil mintaqasining sizot suvlari yer yuzasiga yaqin joylashgan (0,5-1,5 m) bo'ladi va ular minyerallashgan hamda minyerallashmagan bo'lishi mumkin. Sizot suvlari chuchuk (minerallashmagan) bo'lgan sohillarda ularning tuproqlari ham sho'rlanmagan, lyekin botqoqlanishga moil bo'ladi.Sho'rlangan sohillarda sizot suvlari minyerallshgan bo'ladi. Lekin bu yerni tez-tez suv bosganligi va sizot suv oqim tezligi (suv toshqin vaqtida daryodan chyetga qarab oqish tezligi)ning katta bo'lganligi sababli sizot suvlari va tuproqning ustki qatlamlari kam sho'rlangan bo'ladi.
Joyning relyefiga, tuproq-gruntning tuzilishiga, suv toshqini bosadi-gan yerning kattaligi va toshqin soniga, shuningdyek sizot suvlarining harakat sharoitiga qarab sohilning turli qismlarida sizot suv sathi va minerallashish darajasi ham turlicha bo'lishi mumkin. Sohillarni toshqin bosganda yig'ilib qolgan suvi shu yerdagi tuproqning tuzlardan yuvilishga imkon byeradi. Shunga qaramasdan sizot suvining jadal bug'lanishi natijasida ba'zi yerlarda ko'p miqdorda tuz to'planib qolishi mumkin. Bunday hollarda o'tloqi-sho'rxok tuproqlar hosil bo'ladi.
Sohil mintaqasi tuproqlarining myeliorativ holati turg'insiz bo'lib, ular ko'proq daryo suvining ryejimiga bog'liq bo'ladi. Daryo suvi ko'paygan davrlarda yerlar ko'proq botqoqlana boshlaydi. Daryo suvlari kamaygan davrlarda ularning zovurlantirish darajasi kuchayib sizot suvlari ancha pasayadi. Lyekin shunga qaramasdan , bu yerlarda sizot suvlari yuza joylashgan va yuqori darajada minyerallashgan bo'ladi. Shuning uchun bunday yerlarni myelioraцiya qilish talab qilinadi.

Sug'oriladigan yerlarning tumanlar bo'yicha sho'rlanish darajasi
Tuproqning paydo bo'lish jarayonida hamda sho'rlanish va botqoqlanishda tabiiy gidrogyeologik sharoitlar ya'ni sizot suvlarining joylashish chuqurligi, oqim tyezligi va minyerallashganligi katta ahamiyatga ega.
Shuning uchun daryo xavzalari ya'ni suv ayirg'ichlardan to sohilgacha bo'lgan
masofa to'rtta gidrogeologik mintaqalarga bo'linadi (V.M.Lyegostayev 1959). Ularning tabiiy sharoitlari (iqlim, geologik, gidrologik, gidrogeologik va relyef) bir-biridan ancha farq qiladi.
Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling