Uch sharnirli
Reja:
Uch sharnirli arka va ramalarni qo‘zg‘almas yuklar taʼsiridan analitik usulda hisoblash.
Arka o‘qining ratsional shakli.
Uch sharnirli arkalarning harakatlanuvchi yuklar taʼsiridan hisoblash
Tayanch reaksiyalarning taʼsir chiziqlari.
Ichki zo‘riqishlarning taʼsir chiziqlari.
Uch sharnirli arka va ramalar
O‘zaro bitta sharnir vositasida ulangan va fundamentga ikkita qo‘zg‘almas sharnirli tayanchlar yordamida tiralgan ikki egri brusdan tuzilgan geometrik o‘zgarmas sistema uch sharnirli arka deyiladi (6.1 – rasm).
6.1–rasm 6.2 – rasm
Bunday sistemalarga qanday vertikal kuchlar taʼsir etishidan qattiy nazar, uning tayanchlarida doim gorizontal yo‘nalgan keruvchi reaksiya kuchlari bo‘ladi. Bu gorizontal reaksiyalar xavon deyiladi. Uch sharnirli arka va ramalar statik aniq va geometrik o‘zgarmasdir, ulardagi tayanch reaksiyalarning 4 ta tashkil etuvchisini aniqlash uchun statikaning uchta mavozanat tenglamasiga qo‘shimcha bitta tenglama kiritish kerak. Bu tenglama arkaning oraliq sharniri C dan chap yoki o‘ng tomonda taʼsir etuvchi hamma kuchlardan shu sharnirlarga nisbatan olingan momentlar yig‘indisining nolga tenglik shartiga asosan tuziladi, yaʼni:
X=0, Y=0, M=0, MCo‘ng=0, yoki MCchap=0 (6.1).
Arka o‘qi parabolasimon aylana, ellips va boshqa shakldagi egri chiziqlaridan iborat bo‘lishi mumkin. A va B tayanch sharnirlari tavon sharnir, oralik C sharnir esa kulf sharnir deb aytiladi. f arkaning ko‘tarilish cho‘kkisi deyiladi.
Tortqili arka tayanchla-rining tuzilishiga ko‘ra xa-vonsiz sistema deb aytiladi. Agar egri bruslar siniq o‘qli sterjenlar bilan almashti-rilsa, uch sharnirli rama hosil bo‘ladi (6.2 – rasm).
6.3 – rasm
Do'stlaringiz bilan baham: |