Reja: umumiy holatlar nisbiy birliklar o‘zgarmas tok dvigatellarining mexanik tavsiflari magnit oqimi o‘zgarmas bo‘lganda mustaqil qo‘zg‘atish chulg‘amli dvigatelning
Dvigatel yakori shuntlangandagi mexanik tavsiflari
Download 219.5 Kb.
|
муст1
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Mustaqil qo‘zg‘atish chulg‘amli dvigatel yakori zanjiriga ulanadigan qarshiliklarni hisoblash
Dvigatel yakori shuntlangandagi mexanik tavsiflari. Dvigatel tarmoqqa ulangandagi salt yurish tezligidan kamroq salt yurish tezligi olish uchun mashina yakorini shuntlab, sun’iy tavsif olish mumkin (11- rasm, b).
Yakor Rq + Rsh qarshiliklaridan tashkil topgan kuchlanish bo‘luvchisi yordamida dvigatel yakori kamroq kuchlanishga ulanadi. Bunday yuritma mexanik tavsiflarning shakli 11- rasm b dagi ko‘rinishga ega. Yakordagi kuchlanishni o‘zgartirishning bu usuli katta quvvat isroflari bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun amalda qo‘llanilmaydi. 5. Mustaqil qo‘zg‘atish chulg‘amli dvigatel yakori zanjiriga ulanadigan qarshiliklarni hisoblash Yuritmani loyihalashda ishga tushirish, dinamik tormozlash yoki teskari ulash rejimlarida turli mexanik tavsiflarni olishda dvigatel yakoriga ulanadigan qo‘shimcha (tashqi) qarshiliklarni hisoblash kerak bo‘ladi. Bunda o‘zgarmas magnit oqimida ishlayotgan mustaqil qo‘zg‘atish chulg‘amli o‘zgarmas tok dvigateli uchun absolut yoki nisbiy birliklarda keltirilgan elektromexanik tavsiflardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Yakor qarshiligi rya ning nisbiy qiymatini hisoblashda va uning qiymatini ordinata o‘qiga 13- rasmda ko‘rsatilganidek i = 1 holat uchun qo‘yib, nisbiy tabiiy elektromexanik tavsif 1 ni olamiz. Agar M = Mnom bo‘lgandagi yuritmaning w1 tezlikka ega bo‘lgan sun’iy tavsifini qurish kerak bo‘lsa, u holda bu tezlikning nisbiy qiymati n1(n1 = w1w0-1)ni aniqlash va grafikka ushbu qiymatni nisbiy tok i = 1 bo‘lganda qo‘yish kerak. Hisoblayotgan mexanik tavsifga 2 to‘g‘ri chiziq mos keladi. Tenglik (24) asosida quyidagini aniqlaymiz: rya + rqo‘sh= 1-n1 bu yerda: rqo‘sh= 1-n1-rya qo‘shimcha qarshilikning absolut qiymati Rqush= = rqo‘sh•Rnom. Ishga tushirish rezistorlari seksiyalarini hisoblash uchun pog‘ona qarshiliklarini qayta ulashdagi toklarning eng katta I1 va eng kichik I2 qiymatlarini belgilaymiz I1 ning qiymatini kommutatsiya shartidan kelib chiqqan holda maksimal tok qiymatiga yaqin qilib tanlaymiz. Masalan, PBST rusumli dvigatellar uchun I1 = (3,5ё4,0)Inom Tok I2 ning qiymati yuklamaning statik toki qiymatidan 10—50% ortiq qilib qabul qilinadi. Toklarning ushbu chegaralarda o‘zgarishiga qarab 13- rasm, a da ko‘rsatilgan dvigatelning ishga tushirish diagrammasi quriladi va bunda I1, I2 toklarni rezistorlarning har bir ulanishida bir xil qiymatga teng bo‘lishini ta’minlash kerak. Shundan so‘ng yuqorida keltirilgan uslub asosida har bir pog‘ona qarshiliklarining nisbiy qiymati aniqlanadi. Bundan tashqari ishga tushirish qarshiliklari seksiyalarini hisoblahsning analitik usulini ko‘rib chiqamiz. Buning uchun sxemaga 13- rasm b da ko‘rsatilgan belgilashlarni kiritamiz. Avval dvigatel yakor zanjirida Rya qarshilik bilan tarmoqqa ulanadi (13- rasm a dagi nuqta). Seksiya Rm-m + 1 v nuqtada o‘chiriladi va dvigatel yakor zanjirida Rm-1 qarshilik bilan keyingi mexanik tavsifga o‘tadi (c nuqtaga). Shundan so‘ng ishga tushirish seksiyalarining ayrimlarini chiqarish davom etadi va oxirida dvigatel tabiiy mexanik tavsifga chiqariladi (lmw0, nuri). Diagrammadan ko‘rinib turibdiki, m pog‘onadan o‘tishda quyidagini olamiz: I1= (U-Em)/Rm-1; I2= (U-Em)/Rm, bu yerda: Em — dvigatelning B va c nuqtalaridagi EYK. Shunday qilib, I1/I2 = Rm/Rm-1= l I1, tokining eng yuqori qiymati va I2 tokining eng pastki qiymatlarining tengligidan hamma pog‘onalar uchun qurilgan diagrammalardan quyidagilarni olamiz: I1/I2 = Rm/Rm-1 = Rm-1/Rm-2 = ... = R2/R1 = R1/Rya Ishga tushirish qarshiliklarining seksiyalari quyidagicha hisoblanadi: dastlab tenglamalarga asosan l0 ning taxminiy qiymati beriladi. So‘ngra Rm =UI1-1 qiymati aniqlanadi. (43) tenglama bo‘yicha pog‘onalar soni m0 kasrli son chiqadi, uni butun songacha yaxlitlanadi. So‘ngra (42) tenglama bo‘yicha l ning keyingi hisoblashlarda qo‘llaniladigan yaxlit qiymati aniqlanadi. Shuni e’tirof etish kerakki, l qiymatini aniqlashda faqat I2 qiymatini o‘zgartirish mumkin va u Iq dan katta bo‘lishi darkor. Har bir seksiyalar qarshiligi (13- rasm, b) quyidagi tenglamalar orqali topiladi: (44) Real elektr yuritmalarni loyihalashda turli tuzilishdagi rezistorlarning issiqlik hisobi bajarilib, shunga asosan katalogdan mos kelgan elementlar tanlanadi. Download 219.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling