Reja: «Uzluksiz ta’lim» tushunchasi. Uzluksiz ta’lim tuzulishi. Uzluksiz ta’lim tizimi va turlari
-bob. Ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik
Download 237 Kb.
|
Reja «Uzluksiz ta’lim» tushunchasi. Uzluksiz ta’lim tuzulishi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 68-modda. Ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik
10-bob. Ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik
67-modda. Ta’lim tashkilotlarining xalqaro hamkorligi Ta’lim tashkilotlari quyidagilar vositasida tegishli xorijiy mamlakatlarning ta’lim muassasalari va tashkilotlari bilan xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi: ta’lim muammolari yuzasidan ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish; qo‘shma fakultetlar, o‘quv markazlari va ilmiy laboratoriyalar tashkil etish; xalqaro darajadagi birgalikdagi ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot loyihalari va dasturlarini tayyorlash; hamkorlikda fundamental hamda amaliy ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish; ilmiy-amaliy seminarlar, konferensiyalar va simpoziumlar o‘tkazish; talabalar, magistrlar, doktorantlar, o‘qituvchilar va ilmiy xodimlar almashinishini amalga oshirish; ikki tomonlama diplomlar (Double Diploma) dasturlarini joriy etish; Oldingi tahrirga qarang. qonunchilikka muvofiq boshqa tadbirlar. (67-modda birinchi qismining to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Oldingi tahrirga qarang. Ta’lim tashkilotlari qonunchilikka muvofiq xorijiy davlatlarning ta’lim muassasalari va tashkilotlari bilan hamkorlikda kadrlar tayyorlashni amalga oshirishi mumkin. (67-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 68-modda. Ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik Oldingi tahrirga qarang. Ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. (68-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari: xorijiy davlatlarning tegishli vakolatli organlari, ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qiladi; O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqarolarni xorijiy davlatlarning ta’lim muassasalariga o‘qish uchun yuboradi; pedagog xodimlar va ta’lim oluvchilar almashinuvini amalga oshiradi; rahbar hamda pedagog xodimlarning xorijiy davlatlarda tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etadi; o‘z xodimlari hamda mutaxassislarini xalqaro konferensiyalarga va stajirovkalarga yuborish, ularning xalqaro loyihalar hamda ilmiy tadqiqotlarda ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlaydi. Oldingi tahrirga qarang. Ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari qonunchilikka muvofiq ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha boshqa tadbirlarni ham amalga oshirishi mumkin. (68-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Download 237 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling