Reja: Valyuta riskining iqtisodiy mohiyati, turlari va yuzaga kelish sabablari
Download 22.08 Kb.
|
Reja Valyuta riskining iqtisodiy mohiyati, turlari va yuzaga ke-fayllar.org
= 1,602-1=0,602 yoki 6,02%
O’z navbatida, operatsiya samaradorligi nolga teng bo’lsa, bunday riskli operatsiyani bajarish kerak emas. Operatsiya samaradorligi valyuta mablag’larini ix stavka bo’yicha to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalashdagi daromadlilikka teng bo’lgan hol uchun k ning eng katta qiymati quyidagi tenglama yordamida topiladi: Ko’rib chiqilayotgan misol uchun bozorda mazkur valyutani yillik 16% stavkada investitsiya qilish mumkinligini taxmin qilsak, k ning eng katta qiymati quyidagiga teng: Mos ravishda, operatsiya oxirida kutilayotgan valyuta kursi 10200*1,31 = 13362 dan oshmasligi kerak. 3. Vaqt bo‘yicha valyuta kurslari Faraz qilaylik, 10000 $ ni yillik foiz stavkasi 8% bo’lgan dollardagi obligatsiyalarga yoki yillik foiz stavkasi 4%ni tashkil etuvchi iendagi yapon obligatsiyalariga joylashtirmoqchi bo’lyapmiz. Ayirboshlash kursi hozir 1 $ uchun 100 ¥, o’z navbatida, hozirgi kunda 10000 $ 1 mln. ¥ turadi. Agar siz iendagi yapon obligatsiyalariga mablag’ joylashtirsangiz, u holda bir yildan so’ng u 1040000 ien bo’ladi. Agar dollardagi obligatsiyalarga kapital joylashtirsangiz, unda bir yildan so’ng qo’lingizda 10800 $ bo’ladi. Bir yildan so’ng dollarning ienga nisbatan kursi 6% ga pasaydi, ya’ni, u 1 $ uchun 94 ¥ bo’ldi. Iendagi obligatsiyalar = 11064 $, ya’ni, yil boshiga nisbatan 264 $ ko’proq. formulaga muvofiq, xuddi shunday natijaga erishamiz: Endi qanday ayirboshlash kursida qaysi obligatsiyaga afzallik berish farq qilmasligini aniqlab olamiz. Bizning investitsiyamizni zararsizlik nuqtasiga olib chiqadigan ayirboshlash kursi darajasini topamiz. formulaga ko’ra, n = 1 da shunday natija olamiz: . Olingan natija – 96,29 ¥/$. Shunday qilib, biz riskli variantlardan birini tanlash bo’yicha quyidagicha xulosa qila olamiz: agar ienda ifodalangan $ qiymati yil davomida 3,71% dan ko’proqqa pasayib ketsa, iendagi obligatsiyalar eng yaxshi investitsiyalash varianti bo’ladi. Turli valyutalarga nisbatan to’g’ri moliyaviy qaror qabul qilish uchun quyidagi qoidadan foydalanish kerak: pulning vaqt bo’yicha qiymatiga bog’liq barcha hisob-kitoblarda pul oqimlari va foiz stavkasi bir valyutada ifodalangan bo’lishi kerak. Bizning misolimizga tatbiqan, bu ienda ifodalangan pul oqimlarining keltirilgan qiymatini hisoblash uchun biz ularni iendagi investitsiyalar uchun foiz stavkasidan foydalangan holda diskontlashimiz kerak. $ da ifodalangan pul oqimlarining keltirilgan qiymatini hisoblashda esa $ foiz stavkasidan foydalaniladi. Ienda ifodalangan to’lovlarning keltirilgan qiymatini hisoblashda $ foiz stavkasidan foydalanish xato natijalarga olib keladi. Kapitalni optimal joylashtirish bo’yicha misolni ko’rib chiqamiz. Biz 10000 $ ni AQSh yoki Yaponiyaga joylashtirish imkoniyatiga egamiz. Yapon loyihasi 5 yil davomida yiliga 500,0 ming ien daromad keltiradi, besh yilga mo’ljallangan, Amerika loyihasidan tushgan mablag’ esa 5200 dollarni tashkil etadi. $ ning foiz stavkasi yillik 6%, iendagi foiz stavkasi yillik 4%, joriy ayirboshlash kursi 1 $= 100 ¥ ni tashkil etadi. Dollardagi 6%lik foiz stavkasi yordamida Amerika loyihasining sof keltirilgan qiymatini topamiz, buning uchun esa avval keltirilgan qiymatni topish lozim: Sof keltirilgan qiymati quyidagiga teng: Download 22.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling