Reja: Valyuta riskining iqtisodiy mohiyati, turlari va yuzaga kelish sabablari
SS= S – Rx= 21904 – 10000 = 11904 $
Download 22.08 Kb.
|
Reja Valyuta riskining iqtisodiy mohiyati, turlari va yuzaga ke-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Valyuta risklarini kamaytirish
- Devalvatsiya
SS= S – Rx= 21904 – 10000 = 11904 $
Keyin esa ien uchun 4%lik stavka yordamida yapon loyihasining sof keltirilgan qiymatini hisoblaymiz: Endi yapon loyihasining keltirilgan qiymatini iendan $ ga o’tkazib, bunda 1 $ uchun 100 ga teng joriy kursdan foydalanamiz va 22259 $ ni hosil qilamiz. Undan 10000 $ miqdorida boshlang’ich xarajatlarni chiqarib tashlagan holda sof keltirilgan qiymatni topamiz: 22259 – 10000 = 12259 $ Shuni esda tutingki, agar biz Yapon loyihasini $ foiz stavka (6%) dan foydalangan holda xato hisoblaganimizda, u holda sof keltirilgan qiymat quyidagiga teng bo’lardi: Oqibatda, esa rentabelligi kamroq bo’lgan amerika loyihasini tanlardik. 4. Valyuta risklarini kamaytirish Valyuta risklari, odatda, banklarda turli metodlar bilan boshqariladi. Bank tuzilmasida valyuta risklarini boshqarishning birinchi qadami valyuta operatsiyalari bo’yicha cheklovlarni belgilashdan iborat. Misol uchun, quyidagi cheklovlar juda keng tarqalgan: • xorijiy davlatlar uchun cheklovlar (kun mobaynida har bir mamlakatdan mijozlar bilan operatsiyalar uchun maksimal mumkin bo’lgan summa o’rnatiladi); • ishtirokchilar va mijozlar bilan tuzilgan bitimlar bo’yicha cheklovlar (har bir mijoz yoki mijozlar turlari bo’yicha operatsiyalar uchun maksimal mumkin bo’lgan summa o’rnatiladi); • har bir kun va har bir diler uchun cheklovlar (odatda, keyingi ish kuniga ko’chirish mumkin bo’lgan, har bir muayyan diler va har bir kun uchun sotiladigan chet el valyutalari uchun maksimal mumkin bo’lgan ochiq pozitsiyasining hajmi); • yo’qotish limiti (zararlarning maksimal miqdori belgilab qo’yiladi). Ba’zi banklarda bu chegara har bir ish kuni uchun yoki alohida davr uchun belgilanadi (odatda bir oy); boshqa banklarda - muayyan turdagi vositalar uchun, ayrim hollarda - yakka tartibdagi dilerlar uchun. Jahon amaliyotida cheklovlarga qo’shimcha ravishda valyuta risklarini kamaytirishning quyidagi usullari qo’llaniladi: • “metching” metodi deb ataluvchi aktivlar va passivlar bo’yicha valyutalar oldi-sotdisida o’zaro hisoblashish, bunda valyuta tushumlarini uning chiqib ketish miqdoridan chegirib tashlash yordamida bank ularning hajmi va mos ravishda o’z riskiga ta’sir ko’rsatish imkoniga ega bo’ladi; • yiriklashtirish yordamida valyuta bitimlari sonini maksimal darajada qisqartirishdan iborat bo’lgan “netting” metodidan foydalanish. Buning uchun banklar xorijiy valyutani sotib olish va sotish uchun ariza qabul qilishni muvofiqlashtiruvchi bo’linmalar tashkil qiladi; • valyuta kurslari harakati va eng so’nggi ma’lumotlarni aks ettiruvchi ixtisoslashgan firmalarning axborot mahsulotlaridan qo’shimcha ma’lumotlar olish. Devalvatsiya - milliy valyutaning chet el valyutalariga yoki xalqaro hisob-kitob pul birliklariga nisbatan qadrining tushishidir. Ya’ni, ayni paytda 1 USD=10200 UZS bo‘lsa, ma’lum bir muddat, masalan 6 oydan so‘ng 1 USD=10680 UZS bo‘lishi, milliy valyutaning xorijiy valyutaga nisbatan devalvatsiyasi hisoblanadi. http://fayllar.org Download 22.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling