Rеja: “Xalqaro siyosat”, “xalqaro munosabatlar” tushunchalarining mazmun mohiyati


Download 324.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana14.05.2023
Hajmi324.98 Kb.
#1461193
1   2   3   4   5
Bog'liq
1mavzu Siyosiy va xalqaro munosabatlar tarixi fanining obyekti, predmeti, maqsadi va vazifalari

Xalqaro siyosat xalqaro huquq sub’ektlarini ularning manfaatlarini muvofiqlashtirish
urush va tinchlik masalalarini hal etish, butun insoniyatning yashab qolishi, yalpi xavfsizlik va 
qurolsizlanishni ta’minlash, global, mintaqaviy va milliy nizolarni hal etish va ularning oldini 
olish, atrof muhitni muhofaza qilish, qoloqlik va qashshoqlikka, ochlik va kasalliklarga barham 
berish, insoniyatning boshqa global muammolarini hal etish, dunyoda adolatli tartib o‘rnatish 
bilan bog‘liq bir maqsadga yo‘naltirilgan siyosiy faoliyatidan iboratdir. 
Xalqaro siyosat - xalqaro munosabatlarning asosiy sub’ektlarini umumiy bir maqsadga 
yo‘naltirilgan siyosiy faoliyati; BMT va jahon hamjamiyatining boshqa qonuniy va barcha 
tomonidan tan olingan organlari va tashkilotlarining faoliyatida o‘z aksini topgan 
integratsiyalashgan jarayon. 
Xalqaro siyosat tuzilmaviy jihatdan milliy davlatlarning tashqi siyosiy faoliyati, BMT 
hamda davlatlar va xalqlar tomonidan vakolat berilgan xalqaro ittifoqlar, tashkilotlar va 
muassasalarning global faoliyatidan iborat. 
Xalqaro siyosat sohasi davlatlar o‘rtasida vujudga kelayotgan siyosiy munosabatlarning 
butun maydonini qamrab oladi. Dunyo siyosatining asosiy unsurlari o‘zaro bog‘liq bo‘lganligi 
tufayli dunyo siyosiy munosabatlari, dunyodagi yagona siyosiy-davriy makon haqida so‘zlash 
mumkin va zarur, barcha asosiy siyosiy hatti-harakatlar uning davomida yoki tarkibiy qismlarida 
yuz beradi. Xalqaro siyosatning asosiy ustuvorliklari insoniyat va uning sub’ektlari oldida turgan 
umumiy muammolarni hal etish zarurati bilan bog‘liq. Xalqaro siyosat ikki yoqlamalik 
xususiyatiga ega: xalqaro munosabatlarning har qanday sub’ekti o‘z manfaatlarini himoya qilar 
va amalga oshirar ekan, u yoki bu darajada boshqa davlatlarning, jahon hamjamiyatining ham 
manfaatlarini hisobga olishi kerak. Shunga ko‘ra, xalqaro siyosat uning sub’ektlarining o‘z 
(milliy) manfaatlari hamda butun insoniyat oldida turgan, etilgan va dolzarb vazifalar va umumiy 
maqsadlar uchun kurashning hosilasi sifatida namoyon bo‘ladi. Uning asosida jahon 
hamjamiyatida hokimiyatga va ta’sirga ega bo‘lish uchun kurash yotadi. 
Sayyoramizda buyuk geografik kashfiyotlar zamonidan beri o‘zaro aloqalarning global 
tizimi yaratilayapti. Hozirgi dunyo gigant bir tizimdan iborat bo‘lib, unda uning turli jihatlari, 
unsurlari va bo‘g‘inlari ziddiyatli birlikda va o‘zaro hamkorlikda faoliyat ko‘rsatadilar. Hozirgi 


zamonning eng asosiy harakatga keltiruvchi kuchi har tomonlama tobora rivojlanib borayotgan 
ilmiy-texnik inqilob bo‘lib, uning chegaralari poyonsizdek ko‘rinadi. U butun jahon iqtisodiy va 
madaniy makonining yaratilishiga birligining hosil bo‘lishiga olib keladi. Xalqaro siyosat 
sub’ektlarining o‘z manfaatlarini amalga oshirish maqsadidagi o‘zaro faoliyati siyosiy 
jarayonlarning o‘ziga xos tizimini o‘zida mujassam etadi. 
Xalqaro siyosiy jarayonlar - xalqaro munosabatlarning institutsional va turli-tuman 
noinstitutsional sub’ektlarining ularning o‘z funksiyalarini bajarishda makon va zamonda 
rivojlanishida olingan umumiy faoliyati; tizimli dunyodagi turli xil siyosiy jarayonlarning 
jamlanganidir. Uning sub’ektlari sifatida xalqlar, etnoslar, sivilizatsiyalar, davlatlar, xalqaro 
tashkilotlar, nodavlat birlashmalar, ijtimoiy harakatlar, diniy tashkilotlar, siyosiy va jamoat 
liderlari; tuzilmaviy unsurlari sifatida esa BMTning siyosiy ahamiyatga ega faoliyati xalqaro 
tashkilotlar, fondlar, tashkilotlar, muassasalarning siyosiy faoliyati; mintaqaviy institutlar, 
birlashmalar, ittifoqlarning siyosiy aksiyalari, suveren davlatlarning tashqi siyosiy faoliyati 
namoyon bo‘ladi. 
XX asrga kelib xalqaro munosabatlar sohasidagi siyosiy tadqiqotlar yangi sifat 
o‘zgarishlariga ega bo‘ldi. Agar o‘tgan asrda xalqaro jarayonlar o‘z holicha rivojalanib, nazariy 
izlanishlar davlatning imkoniyat darajasidagi yo‘liga kam ta’sir etgan bo‘lsa, yangi asrga kelib 
ilmiy yo‘nalishlarning xalqaro munosabatlarga ta’siri o‘sib bordi. 
Xalqaro siyosat nazariyalari ichida proletariat “dohiylarining” dunyo tartibotida 
inqilobiy transformatsiya konsepsiyasi paydo bo‘ldi. Bu konsepsiya uchun quyidagilar 
xarakterlidir: dunyo muammolarini tahlil qilishga sinfiy nuqtai nazardan yondashuv, davlatning 
tashqi siyosatini ichki siyosat bilan aloqadorlikda o‘rganish, xalqaro munosabatlarni har bir 
tarixiy davrda aniq ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar rivojlanishi qonuniyatlari bilan bog‘liq 
ekanligi, kuchlar joylashuvining ob’ektiv va sub’ektiv omillarini tadqiq etish. 
XX asrda xalqao munosabatlar nazariyasining nomarksistik yo‘nalishlari ikkita 
qutblashgan oqimlar asosida rivojlandi. Ularni shartli ravishda “kuchlar muvozanati”, “o‘zaro 
harakat”, “integratsiya”larning turli muqobil g‘oyalari, deb atash mumkin.
XX asr boshlaridagi siyosatning globallashuvi va “imperializm ittifoqlari”ning 
shakllanishi mo‘ljallangan tamoyillar to‘g‘risida fikrlashga nisbatan yangi, umumdunyoviy 
yondashuvlarni ilgari surishga ko‘proq imkoniyat yaratdi. 1904 yilda taniqli ingliz olimi 
Xalfrord Makkinder o‘zining xalqaro jarayonlarni konsepsiyalarda ifodalashga doir qarashlarini 
e’lon qildi. u keyinchalik "geosiyosat" deb ataldi. Makkinder shunday deb yozgan edi: “Agar 
kim Sharqiy Evropani boshqarsa, u Evroosiyoning Xartlendiga (o‘rta erlariga ) rahbarlik qiladi; 
agar kim Xartlendni boshqarsa, Evropa, Osiyo, Afrikaning dunyo orollariga rahbarlik qiladi, agar 
kim dunyo orollarini boshqarsa, butun dunyoga rahbarlik qiladi. Xartlendga savdo 
liberalizmining vatani bo‘lgan “orollar majmuasi”(Amerika, Avstraliya, Okeaniya, Buyuk 
Britaniya) qarama-qarsh turadi”.
4
Davlatlarning ahvoli, siyosati, tarixiy taqdiri uchun geografik omillarning ahamiyati 
to‘g‘risidagi g‘oyalar unumli nazariyalar sifatida sinovlardan o‘tdi. Klassik misol: Alp tog‘ining 
geologik tuzilishi Italiyadan Markaziy Evropaga tomon yurishlarni qiyinlashtiradi, lekin uning 
aksi butunlay boshqacha bo‘lib, u tarixda muhim rol o‘ynaydi. Dengizga chiqish, tabiiy 
boyliklar, iqlim, shuningdek, chegaralarning joylashuvi, qo‘shnilarning qanday bo‘lishi – 
bularning hammasi davlatlar resurslarini taqsimlashda va ular tashqi siyosatini rejalashtirishda 
muhim ahamiyatga ega. 
4
Элементы. Евраазийское обозрение. 1992. №1. – С.6 


Xalqaro munosabatlarning bu modelining asosiy kamchiligi dunyo siyosatini 
baravarlashtirishning turli komponentlaridan birini mutlaqlashtirishdir. (K.Xausxoffer tomonidan 
rivojlantirilgan bu g‘oyalardan keyinchalik fashistlar Germaniyasi o‘zining agressiv siyosatini 
asoslash uchun foydalandi). Irqchilar qarashlari bilan qorishib ketish uzoq vaqt “geosiyosat”
so‘zining obro‘sini to‘kib keldi. Iiknchi jahon urushi va undan keyingi yillarda AQSHda 
geosiyosat g‘oyalarini faol ravishda ishlab chiqqan olim N.Spaykmendir. bu g‘oyalar “siyosiy 
realizm” maktabi vakillariga kchli ta’sir qildi. 
Xalqaro siyosatning nazariy fikrlash yo‘nalishlaridan biri – “siyosiy idealizm” – 
AQSHda urushlar o‘rtasidagi davrda rivojlandi. Tadqiqotchilarning asosiy qismini xalqaro 
huquqqa doir mutaxassislar tashkil etganligi uchun ham bu maktab umumiy yondashuvlar 
mazmunini belgalib bera olmadi. 
“Siyosiy idealizm” tarafdorlari “kuchlar muvozanati” g‘oyalarini inkor qilib, ular dunyo 
siyosatini “xuquq” va “axloqiy” kategoriyalar vositasida ifodalay boshladi va o‘z modellarini 
huquqiy asoslarda bo‘lishiga intildi. Uning natijalari Evropa va global voqeliklarni yaxshi 
ifodalay olmagan “ideal” mezonlar vositasida qurishdar iborat bo‘ldi. Bu davrning xalqaro 
siyosatshunoslari xalqaro tashkilotlar rolini oshirib ko‘rsatib, ularni “kuchlar muvozanati”ga 
qarama-qarshi qo‘ydi. 

Download 324.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling