Rеja: “Xalqaro siyosat”, “xalqaro munosabatlar” tushunchalarining mazmun mohiyati


Download 324.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana14.05.2023
Hajmi324.98 Kb.
#1461193
1   2   3   4   5
Bog'liq
1mavzu Siyosiy va xalqaro munosabatlar tarixi fanining obyekti, predmeti, maqsadi va vazifalari

Bu fanning o’rganish uslubi: metodi siyosiy fanining uslubi-metodi. CHunki 
siyosatshunoslik fanining metodi va kategoriyalari mazkur fan uchun ham asosiy metod 
hisoblanadi, masalan, dialektik, nazariy metod, taqqoslash, qiyoslash metodi, mantiqiy metod va 
hokazo.
Fanni o’rganishning manbalari: 
1. Falsafiy manbalarga: demokratik jamiyat haqidagi G’arb, SHarq va hozirgi zamon 
falsafasiga asoslanadi. 
2. Tarixiy manbalar: davlatlarning paydo bo’lishi, rivojlanishi, davlatlararo munosabatlar. 
3. Dunyoviy ildizlarga ega: ilmiy-ma’rifiy, siyosiy, ijtimoiy, madaniy munosabatlar. 
4. Diniy manbalar: Avesto (Zardushtlarning muqaddas kitobi), Qur’oni Karim 
(musulmonlarning), Tavrot (Yahudiylarning 
diniy ta’limoti haqidagi qonun), Injil 
(nosroniylarning) muqaddas kitobi va h.k. 
5. Siyosiy manbalar: mustaqillik haqidagi qonunlar, Konstitusiya(Asosiy qonun), siyosiy 
munosabatlar, tashqi siyosatning asosiy prinsiplari. 
6. Iqtisodiy manbalar: bozor iqtisodiyotiga asoslangan mulkchilikning xilma-xil shakllari. 
7. Ma’naviy-ma’rifiy manbalar: umumbashariy va milliy, diniy, axloqiy qadriyatlar va 
h.k. 
8. Prezident farmoni, qarorlari, asarlari, Oliy Majlis qonunlari, Vazirlar Mahkamasi 
qarorlari. 
“Siyosiy va xalqaro munosabatlar tarixi” fani 1) ijtimoiy-siyosiy, 2) ijtimoiy-gumanitar, 
3) aniq-tabiiy fanlar bilan uzviy bog’liq bo’lib, u mazkur fanlar qarashlarini e’tirof etgan holda, 
bu fanlarning mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayoti bilan ham nazariy 
ham amaliy xususiyatlariga e’tibor qaratadi.
Fanining asosiy tushunchalari va uning qonuniyatlari, kategoriyalari.  


«Siyosiy va xalqaro munosabatlar tarixi» haqidagi fan bilan bog’liq tushunchalar mavjud. 
Uning shakllanishi ko’p asrlik tarixga ega. 
Ijtimoiy hayotni tashkil etishning demokratik me’yorlari qadimgi dunyoga borib taqaladi. 
Bugungi kunda jahonning eng rivojlangan mamlakatlarida demokratiyaning asosiy va etakchi 
tamoyilga aylanguncha uning umuminsoniy qadriyat sifatida o’z taraqqiyotining turli 
bosqichlarida murakkab, ziddiyatli, ba’zan esa fojiali o’zgarishlarga uchradi. SHu nuqtai 
nazardan, insoniyatning yillar mobaynida ishlab chiqqan demokratik qadriyatlarning asosiy 
tushunchalarini to’la-to’kis o’zlashtirib olish jamiyatda islohotlarni chuqurlashtirishning muhim 
shartidir. Bu borada O’zbekistonda demokratik jamiyat qurilishida qo’llaniladigan 
tushunchalarni bilish muhim o’rinni egallaydi. Ularni o’rganishda quyidagi uchta jihatni alohida 
hisobga olish lozim:
1. Ijtimoiy gumanitar fanlarga tegishli bo’lgan umumiy tushunchalar: Masalan: 
jamiyat, sivilizasiya, erkinlik, huquq, qonun, madaniyat, taraqqiyot, demokratiya. 
2. Ijtimoiy-siyosiy fanlar bilan yaqin bo’lgan tushunchalar: huquqiy davlat, xususiy 
mulk, fuqarolik jamiyati, siyosat, siyosiy hokimiyat, siyosiy tashkilotlar, siyosiy tizim, siyosiy 
rejim, siyosiy plyuralizm, siyosiy ong, siyosiy madaniyat v.b.. 

Download 324.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling