Rеja: “Xalqaro siyosat”, “xalqaro munosabatlar” tushunchalarining mazmun mohiyati


Download 324.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana14.05.2023
Hajmi324.98 Kb.
#1461193
1   2   3   4   5
Bog'liq
1mavzu Siyosiy va xalqaro munosabatlar tarixi fanining obyekti, predmeti, maqsadi va vazifalari

Xalqaro munosabatlar — xavfsizlik, barqarorlik va rivojlanishni ta’minlash 
maqsadida davlatlar, xalqlar, xalqaro tashkilotlar va transmilliy korporatsiyalar o‘rtasidagi o‘zaro 
hamkorlik shakl va metodlari, siyosiy, huquqiy, harbiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy aloqalar 


tizimidir.
“Xalqaro munosabatlar” tushunchasining ko‘plab ta’riflari mavjud. Masalan, xalqaro 
munosabatlar, bu
- davlat tizimlari va davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy, huquqiy, 
diplomatik va boshqa aloqalar hamda munosabatlar, shuningdek jahon maydonida 
harakatlanuvchi asosiy sinflar, asosiy ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy kuchlar, tashkilotlar va 
jamoatchilik harakatlari, umuman, keng ma’noda xalqlar o‘rtasidagi munosabatlar majmuidir
1

- inson hamjamiyatini shakllantiruvchi integrasion aloqalar majmui 
2

- davlatlar va nodavlat tashkilotlari, partiyalar, kompaniyalar va turli davlatlarning yuridik 
shaxslari o‘rtasidagi munosabatlar
3

Bu ta’riflarning hech biri obekt mazmunini to‘la ochib berolmagan. Ularning vazifasi 
faqatgina obekt haqida dastlabki tasavvurni berishdan iborat. Shuning uchun tadqiqotchilar 
xalqaro munosabatlar tushunchasini talqin etishar ekan, nafaqat unga mukammal ta’rif berishga, 
balki uning mohiyati va spesifikasini aniglab olishga yordam beruvchi kriteriyalarni ajratishga 
intilishadi. 
Xalqaro munosabatlar tushunchasini ta’riflashga oid qayd etilgan yondashuvlar farqli 
xulosalarga olib kelishi mumkin va bunda o‘ziga xos har biri ustunlik va kamchiliklarga ega. 
Umuman olganda, xalqaro munosabatlarning turlicha tiplari, ko‘rinishlari, darajalari va holati 
to‘g‘risida so‘z yuritish mumkin. Xalqaro munosabatlar , shuningdek sinfiylik mezoni, 
hukmronlik va tobelik munosabati, hamkorlik, o‘zaro yordam va o‘zgaruvchan munosabatlar 
asosida tasniflanishi mumkin.Xalqaro munosabatlar: 

ijtimoiy hayot sohasi bo‘yicha iqtisodiy, siyosiy, harbiy-strategik, madaniy, mafkuraviy 
va boshqa munosabatlarga ajratiladi; 

ishtirokchilarga bog‘liq ravishda davlatlararo munosabatlar, turlicha xalqaro tashkilotlar 
o‘rtasidagi munosabatlar va hokazolar tasniflanadi; 

intensivlik va rivojlanish darajasi asosida (yuqori, o‘rta, past) darajalarga bo‘linadi; 

geosiyosiy o‘lchov asosida global, mintaqviy (Evropa, Osiyo va b.) xalqoro o‘zaro 
ta’sirning submintaqaviy darajasi ajratiladi; 

keskinlik darajasi nuqtai nazaridan - barqarorlik va beqarorlik holati; ishonch va 
dushmanchilik, hamkorlik va nizo, urush va tinchlik va hokazolar tasniflanadi. 
Xalqaro munosabatlarning fanga ma’lum barcha tiplari, ko‘rinishlari, darajalari va holatlari 
majmuasi ijtimoiy munosabatlarning alohida turi sifatida namoyon bo‘lib, o‘zining spesifikasi 
sababli xalqaro munosabatlar ning ishtirokchisi tarzidagi u yoki bu ijtimoiy jamoaga xos 
ijtimoiy munosabatlardan farq qiladi. Shu jihatdan xalqaro munosabatlarni ijtimoiy 
munosabatlarni hududiy tuzilmalar doirasidan chekkaga chiquvchi ichki ijtimoiy 
munosabatlarning o‘zaro harakati turi sifatida ta’riflash mumkin. 
Xalqaro munosabatlar bir necha yo‘nalishdagi munosabatlarni qamrab oladi:
- xalqaro iqtisodiy munosabatlar; 
- xalqaro siyosiy munosabatlar; 
- xalqaro madaniy munosabatlar; 
- xalqaro xuquqiy munosabatlar. 
1
Иноземцев Н.Н. Ленинский курс международной политики КПСС. –М., 1978. – С.11 . 
2
Шахназаров Г.Х. Грядущий миропорядок. –М., 1981. –С.19 
3
Курс международного права: В 7 т. Т.1. Понятие, предмет и система международного права. –М., 
1989. – С.10 


Xalqaro munosabatlar haqida to‘liq tasavvur hosil qilish uchun bu masala falsafiy, 
ijtimoiy, psixologik, tarixiy, siyosiy jihatlardan tahliliy yondoshish lozim bo‘ladi. Bu hol 
tadqiqotchilarning siyosiy jarayonlarga, voqelik va hodisalarga mustaqil, tajribaviy 
yondashishini taqozo qiladi. Shu sababli xalqaro munosabatlarning dolzarb muammolarini tahlil 
qilishda xalqaro siyosat nazariyasi qoidalariga va taraqqiyotning hozirgi bosqichida O‘zbekiston 
Respublikasi uchun ahamiyatli bo‘lgan munosabatlarga urg‘u beriladi. 
Xalqaro munosabatlarning asosiy tamoyillari quyidagilardir: 

Kuch ishlatmaslik va kuch bilan qo‘rqitmaslik; 

Chegaralar daxlsizligi; 

Davlatlarning hududiy yaxlitligini hurmat qilish; 

Mojarolarni tinch yo‘l bilanbartaraf etish; 

Davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik

Insonning asosiy huquq va erkinliklarini hurmat qilish; 

Teng huquqlilik va xalqlarning o‘z-taqdirini o‘zi belgilash huquqini hurmat qilish; 

Xalqaro huquq me’yorlariga qat’iy rioya qilish; 

O‘zaro foydali hamkorlik;

Jahon hamjamiyatini qurolsizlantirish. 

Download 324.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling