Rеja: “Xalqaro siyosat”, “xalqaro munosabatlar” tushunchalarining mazmun mohiyati


Fanning maqsadi, vazifalari va uni o‘rganishning ahamiyati


Download 324.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana14.05.2023
Hajmi324.98 Kb.
#1461193
1   2   3   4   5
Bog'liq
1mavzu Siyosiy va xalqaro munosabatlar tarixi fanining obyekti, predmeti, maqsadi va vazifalari

Fanning maqsadi, vazifalari va uni o‘rganishning ahamiyati. 
«Siyosiy va xalqaro munosabatlar tarixi» fani ham o’z oldida bir necha vazifalarni qo’ygan. 
Bular ko’proq mamlakatda demokratik tashqi siyosatining o’ziga xos va umume’tirof etilgan 
qonunlarini bilish, nazariy xulosalar va umumlashmalar chiqarishdan iboratdir. Xususan, 
fuqarolarda demokratik jamiyat talablariga javob beradigan dunyoqarash, fikrlar xilma-
xilligi, erkinlikni qadrlash, inson qadr-qimmati, sha’ni va or-nomusini hurmat qilish bilan 
bog’liq qadriyatlarni shakllantirish asosiy vazifalardandir. Bu vazifalar fuqarolarimizni 
mamlakatda ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish, demokratik qadriyatlarni 
hurmat qilish orqali ularni bunyodkorlik ishlariga safarbar etishda yaqqol namoyon bo’ladi.
Aytish mumkinki, Siyosiy va xalqaro munosabatlar tarixi fanini o‘rganish, mamlakat 
hayotida keng ko‘lamli tub islohotlarni amalga oshirish bilan bog‘liq qonuniyatlarni bilish va 
o‘rganishda, demokratik taraqqiyot yo‘lida «Harakatlar strategiyasi»ni tatbiq etishda muhim 
ahamiyatga ega.
Bu siyosiy munosabatlarning milliy va umumbashariy tamoyillarini aniq tasavvur etish, 
ijtimoiy hayotni u bilan bog‘lab olib borishga o‘rgatadi. Mamlakatimizda demokratiyaning qaror 
topib borishi, O‘zbekistonning dunyo hamjamiyatida o‘zining nufuzli o‘rniga ega bo‘lishiga, 
yoshlarda demokratik ong va tafakkurni shakllantirish, milliy-ma’naviy merosni qadrlash
vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga ko‘maklashadi. Shu maqsadni amalga oshirishda 
hizmat qiladi.
Siyosiy va xalqaro munosabatlar tarixi fanini o‘rganishning o‘ziga hos zarurat va sabablari 
mavjud.
Birinchidan, bugun dunyoda xalqaro munosabatlar, tashqi siyosat to‘g‘risida muayyan 
mo‘‘tadillashgan ilmiy konsepsiyalar ishlab chiqilgan. Ularda siyosiy munosabatlarning qiyofasi, 
asoslari, yashash va rivojlanishining umume’tirof etilgan qonuniyatlari hamda uning har bir 
davlat, halqning milliy-ma’naviy hususiyatlari bilan bog‘liq jixatlari tobora keng miqyosda o‘z 
ifodasini topmoqda. 
Bugungi kunga kelib dunyoning 160 dan ortiq davlatlarida demokratik tuzumlar 
umumbashariy va milliy qadriyat sifatida qaror topgani e’tirof etilmoqda. Aynan hozirgi davrga 


kelib, demokratiya insoniyat hayot tarzining eng maqbul rivojlanish yo‘li ekanini deyarli barcha 
e’tirof etayotganligi va uning jahoniy ko‘lam kasb etayotganligi demokratiyani fan sifatida 
o‘rganishni taqozo etayotgan sabablardan biridir.
Ikkinchidan, O‘zbekistonda barpo etilayotgan demokratik jamiyat - uning o‘ziga hos 
hususiyatlarini aniqlash, o‘rganish zarurati ham shu qonuniyat bilan bog‘liqdir. Ijtimoiy-
gumanitar va ijtimoiy-siyosiy fanlar qatorida uning mahsus fan sifatida o‘qitilishi dunyo 
davlatlarining diplomatiyasidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq umumiy qonuniy asoslarga ega 
bo‘lgani bois uni hisobga olish zarur.
«Siyosiy va xalqaro munosabatlar tarixi» fani o‘z oldiga bir necha vazifalarni qo‘ygan. 
Bular ko‘proq mamlakatda olib borilayotgan siyosiy munosabatlarning o‘ziga hos va 
umume’tirof etilgan qonunlarini bilish, nazariy hulosalar va umumlashmalar chiqarishdan 
iboratdir. Hususan, fuqarolarda demokratik jamiyat talablariga javob beradigan dunyoqarash, 
fikrlar hilma-hilligi, erkinlikni qadrlash, inson qadr-qimmati, sha’ni va or-nomusini hurmat qilish 
bilan bog‘liq qadriyatlarni shakllantirish asosiy vazifalardandir. Bu vazifalar fuqarolarimizni 
mamlakatda ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish, demokratik qadriyatlarni 
hurmat qilish orqali ularni bunyodkorlik ishlariga safarbar etishda yaqqol namoyon bo‘ladi. U 
fan sifatida ana shunday ulug‘ va bunyodkorlik ishlariga hizmat qiladi. Buning uchun u turli hil 
uslublardan foydalanadi. Bular dunyo fanlari foydalanib kelayotgan, tajriba, qiyosiy tahlil
empirik-sotsiologik va ilm-fanning boshqa zamonaviy uslublaridir.
Demak, jamiyatimizda ro‘y berayotgan ijobiy o‘zgarishlarni ilmiy tafakkur orqali tahlil 
etish, ularni mantiqiy asoslash, mazkur fanni yoshlar ongiga dunyoviy davlat tamoyillarini 
singdirish kabi vazifalar uni yanada chuqurroq o‘qitilishini taqozo etmoqda. 

Download 324.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling