Reja: Xirurgik bemorlarni tekshirish usullari Kasallik anamnezi Bemor vaziyati. Xirurgik bemorlarni tekshirish usullari


Download 36.87 Kb.
bet2/5
Sana03.02.2023
Hajmi36.87 Kb.
#1156517
1   2   3   4   5
Bog'liq
Xirurgik bemorlarni tekshirish usullari

So’rab – surishtirish
Birinchi marta bemorni tekshirish so’rab-surishtirishdan boshlanadi. 80% terapevtik bemorlarni tahminiy diagnozi so’rab bilish davomida qo’yiladi va keyingi tekshiruvlar maqsadga yo’naltirilgan bo’ladi.
Bemorni so’rab – surishtirish natijalari – anamnez hisoblanadi. Shuning uchun ko’pincha so’rab-surishtirish o’rniga “anamnez yig’ish” termini ishlatiladi. (grek. anamnezis-eslash) Anamnez yig’ish oddiy savol-javobdan iborat bo’lmay, balki bemorni kasbiga, ruhiyatiga mos ravishda muloqot qilish demakdir, bu esa o’z navbatida bemorning ahvolini yengillatishga olib keladi. Anamnez ma’lumotlarini grafik usullarida ifoda qilish maqsadga muvofiqdir.
So’rab-surishtirish quyidagi qismlardan tashkil topgan: shikoyatlari, kasallik anamnezi: ( anamnezis morbi), hayot anamnezi (anamnezis vitae). Bemorni anamnezini o’rganishdan maqsad, diagnoz, qo’yish uchun kerak bo’lgan ma’lumotlarni olish, kasallik og’irligini baholash, ular bilan o’zaro ishonchli muloqot o’rnatish, bemor shaxsini va uning o’z kasalligiga bo’lgan munosabatini baholashdan iborat.
Ayrim bemorlar o’z kasalliklariga befarq bo’lganliklari uchun hamma shikoyatlarini aytavermaydilar, bunday bemorlarga qo’shimcha savollar berib shikoyatlarini aniqlashga to’g’ri keladi. Bemor shikoyatlarini qaysi biri asosiy va qaysi biri qo’shimcha ekanligini darhol aniqlab olish qiyin. Odatda, bemor uchun eng katta ahamiyatga ega bo’lgan shikoyat asosiy hisoblanadi. Shuni nazarda tutish kerakki, ba’zan bunday shikoyatning asosiy kasallikga dahli bo’lmasligi mumkin. Ba’zida bemorlar umuman shikoyat qilmasliklari mumkin, ularning kasalligi tibbiy ko’rikdan o’tganda aniqlanadi.
Shikoyatlar ichida og’riq eng ko’p uchraydi va u alohida o’ringa ega. Agar bemor og’riqqa shikoyat qilsa u holda quyidagilarga etibor berish kerak:

og’riqni tarqalishi, ayniqsa, og’riqni funksional yuklamaga bog’liqligini aniqlash katta ahamiyatga ega.



Download 36.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling