Reja: Xirurgik bemorlarni tekshirish usullari Kasallik anamnezi Bemor vaziyati. Xirurgik bemorlarni tekshirish usullari


Download 36.87 Kb.
bet4/5
Sana03.02.2023
Hajmi36.87 Kb.
#1156517
1   2   3   4   5
Bog'liq
Xirurgik bemorlarni tekshirish usullari

Bemor vaziyati.
Bemorning faol, passiv va majburiy holatlari farqlanadi. Faol holat kasallik hususiyatiga bog’liq emas. Passiv holat bemor o’ta ozib ketganda, o’ta holsizlikda, behushlikda kuzatiladi. Majburiy vaziyat odatda bemor o’zini ahvolini yngillatish uchun ma’lum bir holatni olish hisoblanadi. Ko’pincha bu og’riqni pasaytirish va harsillashni kamaytirish uchun ma’lum holatga o’tadi. Masalan ,bronhial astma hurujida bemor stul chetiga yoki krovatga qo’li bilan tayangan holatda o’tiradi nafas chiqarishni yengillatish uchun. Yurakning chap qorincha yitishmovchiligida bemor harsillashni yengillatish uchun doimiy yarim o’tirgan ( ortopnoe) vaziyatni egallaydi. Umuman bemorni vaziyatini baholash, uning ahvolini og’irligini aniqlashda va diagnostikada ma’lum ahamiyatga ega.
Tana tuzilishi.
Tana tuzilishi (konstitutsiyasi) tana qismlarini bir-biriga nisbati. Tana tuzilishining quyidagi turlari ajratiladi. Astenik tur – odamning bo’y o’lchamlari eniga nisbatan ustun. Qo’l – oyoqlari, ko’krak qafasi uzun. Ular ko’pincha ozg’in bo’ladilar. Ularda modda almashinuvi tezlashgan.
Odatda bu odamlarda sil, me’da va 12 barmoq ichak yara kasalliklari ko’proq uchraydi deb hisoblaydilar. Giperstenik turda odamning bo’y o’lchamlariga nisbatan eni ustun turadi. Yuzi keng, bo’yni qisqa va yo’g’on, ko’krak qafasi keng, qovirg’alari deyarli gorizontal. Bu odamlarda ko’proq modda almashinuvi buziladi. O’t qopi va buyrakda tosh hosil bo’lishiga moyillik, hamda ateroskleroz, semirish va arterial gipertenziyaga moyillik bo’ladi.Normostenik turda gavda tuzilishi proporsional bo’ladi.
Yuz qiyofasi.
Yuz ifodasi faqat ruhiy hissiyotga bog’liq bo’lmay, balki ichki a’zolar kasalliklariga ham bog’liqdir. Yuz – dil oynasi degan ibora bor. Yuzning ko’rinishi bemorning ichki kechinmalarini aks ettirib turadi. Qator kasalliklarda yuz o’ziga hos ko’rinishga ega bo’ladi. Masalan, o’pkaning krupos yallig’lanishida ko’pincha yuzning bir tomoni qizaradi, burun va lab atroflarida uchuq toshadi va bemor g’amgin ko’rinadi. Aorta qonqoqlarida nuqson bo’lganida yuz oqaradi.
Buyrak kasalliklarida yuz terisi oqargan bo’lib, u keskin shishib ketadi, ayniqsa qovoqlar, bazan yuz ko’rinishi tanib bo’lmaydigan darajaga keladi.
Mitral qopqoq nuqsonlarida (ayniqsa mitral stenozda)yanoqlari qizargan, quloq va burun uchlari, lablari ko’kimtir-binafsha rangida bo’ladi, bu mitral yuz (fasies mitralis) deyiladi. Uzoq davom etgan yurak kasalliklarida (yurak yetishmovchiligi), yuzlari shishgan terisi ko’kargan yoki sarg’imtirroq, og’zi yarim ochiq holatda xuddi havoni tutayotganidek harakat qiladi. (korvizor yuzi).
Gipertirieozda – (bazedov kasalligi) yuz harakatlarga boy bo’ladi, bemorning ko’zlari yaltirab, chaqchayib turadi (ekzoftalm), unda g’azablanish yoki qo’rqish ifodasini kuzatish mumkin.
Gipotireozda (miksidema), yuzlari biroz shishgan, so’lg’in, ko’zlari qisilgan ma’nosiz bo’ladi.
Akromegaliya kasalligida yuz, burun, lablar, qosh usti ravoqlari haddan tashqari kattalashadi, va tish oralig’i kengayib, pastki jag’ oldinga bo’rtib chiqadi.
Isenko-kushing sindromida oysimon bo’lib, ayollarda ko’pincha soqol-mo’ylov o’sib chiqadi. “gippokrat yuzi” (fasies Hippocratica) – yuzi azobl: ko’zlar ichiga botgan, burun o’tkirlashgan, terisi kulrang, peshonasi sovuq ter bilan qoplangan. Bu holat og’ir peritonit bo’lgan bemorlarda kuzatiladi. Parkinsonizm kasalligida yuz harakatsiz (mimikasiz) bo’ladi. Sistemali qizil bo’richada lunj sohasida va qansharda eritematoz toshma qizil dog’lar hosil bo’ladi, hamda u kapalakni eslatadi. Yuz nervi falajida asimmetrik yuz kuzatiladi.

Download 36.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling