Reja: Xotiraning psixik jarayon sifatida o‘rganilishi. Xotira jarayonlari va uning turlari


Download 0.59 Mb.
bet4/7
Sana06.04.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1329801
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Xotira va xayol haqida tushuncha

Tushlar – uyquda yuzaga keladigan ixtiyorsiz obrazlar bo`lib, ular tez unitilishi yoki uzoq muddatga saqlanishi mumkin.
Orzu – inson ongidagi real va noreal tasavvurlar bilan bog`liqdir.
Aktiv xayol – insonning hayotiy rejalarini, xohish – istaklarini amalga oshirishda o`z aksini topadi. Masalan: yangi avtomabil yaratish, GESS qurilishi rejasini tuzish shularga misoldir. Reproduktiv xayolda aniq real vazifani amalga oshirish maqsad qilib qo`yiladi. Unda fantaziya elementlari mavjud bo`ladi.
Produktiv (ijodiy) xayol-bizning tajribamizda mavjud bo`lmagan obraz va ob’ektlarni yaratish bilan bog`liq bo`lgan xayol turidir. Masalan: Ixtirochi, yozuvchi yangi narsa yaratadi.
Ijodiy xayol - san’atning barcha turlarida ifodalanadi va aks etadi.
Tasavvur xayoli deb hozir yoki o`tmishda aslida bo`lgan bo`lsada, lekin bizning tajribamizda hali uchramagan va biz idrok qilmagan narsa va hodisalar to`g`risida tasavvur va obrazlar yaratishdan iborat bo`lgan xayol turiga aytiladi.
Xayol jarayoni natijasida xayol obrazlari yuzaga keladi. Ular ertak, ilmiy fantastik, mistik bo`lishi mumkin.Badiiy obraz yaratilish jarayoni ma’lum texnologiyaga ega bo`lib, avval obrazga asos solinadi keyin u ustida analitik ish olib boriladi, so`ng g`oya amalga oshiriladi. Ijodiy xayolda ruhlanish, ilhomning roli juda katta bo`lib, u psixik va nerv qo`zg`alishi, diqqatni maksimal to`plash, irodaga zo`r berish, fikrni aniqligi, xotirani tezligi bilan ifodalanadi. Real xayol tez amalga oshadi. Real bo`lmagan xayol hayotda o`z aksini topmaydigan, mantiqsiz, ma’nosiz obrazlar hisoblanadi.Obrazlarning mustakilligi va orginalligiga qarab esga tushiradigan xayol buladi. Esga tushiradigan xayol boshqalar tomonidan bajarilgan tasvirlashlar eki aks ettirishlar asosida paydo buladi. Biz kitob o’qir ekanmiz, tabiat manzarasini tasavvur kilamiz, avtor tasavvur kilaetgan kishilarni fikran kuramiz. Esga tushiradigan xayol hayotda, mehnatda va o’quv ishlarida zarurdir.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling