Reja: Xotiraning psixik jarayon sifatida o‘rganilishi. Xotira jarayonlari va uning turlari


Download 0.59 Mb.
bet3/7
Sana06.04.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1329801
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Xotira va xayol haqida tushuncha

Hayol haqida tushuncha.
Ixtiyoriy tasavvur inson uchun katta ahamiyatga ega.Tasavvurning bu turi, inson oldida birov tomondan keltirilgan yoki insonning o‘zi belgilagan aniq obraz yaratish vazifasi turganida paydo bo‘ladi. Bunday holatlarda, tasavvur jarayoni insonning o‘zi tomonidan nazorat qilinib yaratiladi. Ixtiyoriy tasavvurning turlari va formalari ichida yaratuvchi tasavvuri, ishlab chiqaruvchi (ijodiy) tasavvur va orzuni ajratish lozim.Yaratuvchi tasavvur, inson obyektni iloji boricha uning tasavvuriga mos qilib yaratishga harakat qilganday bo‘ladi. Bu tasavvur turiga inson, geografik joylar, tarixiy hodisalar va adabiy qahramonlar haqida gapirilganda duch kelinadi. Shuni aytib o‘tish lozimki, yaratuvchi tasavvur nafaqat ko‘rish tasavvurini shakllantiradi, balki sezish va eshitish hamda boshqa tasavvurlarini ham oshiradi. A.S.Pushkinning “Poltava jangi”ni iganimizda urush qurollarining otilishi, askarlaming qichqirishi, miltiqining hidi, barabanlar jarangini aniq tasavvur qila olamiz.Ko‘p holatlarda yaratuvchi tasavvurini so‘zlar orqali tasvirlaganda, tasavvumi yaratish uchun to’qnash kelamiz.Biroq, shunday holatlar borki, inson, so‘zsiz biror predmetni tasavvurida yaratishining muvaffaqiyati, insonning fazoviy tasavvuri qobiliyatlarida aniqlanadi. Ya’ni, inson obrazning tasvirli hajmini joyda yarata oladi. Yaratuvchi tasavvurning jarayoni insonning fikrlashi va xotirasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Ixtiyoriy tasavvurning keyingi turi -ishlab chiqaruvchi ijodiy tasavvurdir. Uning ta’rifi shundaki, inson tasavvurini o‘zgartiradi va yangisini paydo qiladi. Berilgan namuna bo‘yicha emas, balki mustaqil ravishda, yaratilayotgan obrazning chizmalarini hamda kerakli materiallami tanlagan holatda paydo qiladi. Ishlab chiqaruvchi tasavvur yaratuvchi tasavvur kabi xotira bilan chambarchas bog‘liq,chunki uni paydo qilishda inson o‘zining tajribasini ishlatadi.Tasavvurni bu ikki turlari o‘rtasida aniq chegaralar yaratiluvchi tasavvurda, tomoshabin, kitobxon yoki eshituvchi o‘zining ijodiy tasavvurini ishlatgan holda obrazini to‘ldirishga harakat qiladi. Lekin orzu ijodiy tasavvurdan bir necha farqlar bilan ajratiladi. Birinchidan, orzuda odam doimo o‘zi istagan qiyofani yarata oladi, ijodda esa ilg‘or g‘oyalarni gavdalantirib ko‘rsatish doimo yaratuvchining hohishiga bo‘ysunmaydi. Orzuda odam o‘zining hohishini va intilayotgan narsalarini joylashtirishga ega bo‘ladi. Ikkinchidan, orzu ijodiy faoliyatni o‘z ichiga olmagan jarayon bo‘ladi, ya’ni darrov va bevosita obyektiv mahsulotning ijodiy asaridir. Orzuning asosiy fazilati shuki, u faqat kelajakka yo‘nalgan bo‘ladi, ya’ni orzu-bu, kelajakda istagan narsamizga yo‘naltirilgan tasavvurdir. Buning bir necha turlarini farqlash lozim. Ko‘plab insonlar o‘z rejalarini kelajakka munosabati va orzularini ruyobga chiqarish yo‘llari orqali aniqlaydi. Bu holatda orzu faol, ixtiyoriy va ongli jarayon deb ataladi. Lekin orzu harakatning o‘rnini bosishni boshlasa, bu psixologik buzilish hisoblanadi. Odamning psixologik jarayonida orzuning ustunligi uning haqiqatan uzoqlashishiga olib keladi va o‘zi o‘ylab chiqqan dunyoga olib ketadi, bu olatlar esa odamning psixologik va ijtimoiy jihatdan rivojlanishlariga to‘siq bo‘ladi. Haqiqatan uzoqlashishiga olib keladi va o‘zi o‘ylab chiqqan dunyoga olib ketadi, bu olatlar esa odamning psixologik va ijtimoiy jihatdan rivojlanishlariga to‘siq bo‘ladi.

Hayol turlari va tavsifi. Boshqa psixologik jarayonlar singari xayol ham ixtiyoriy va ixtiyorsiz bo`ladi. Ixtiyoriy xayol qandaydir ijodiy mehnat bilan band bo`lgan kishi o`z xayolini ishlashga majbur qilganda ro`y beradi. Bu hol badiiy asarlarni yaratish jarayonida, ixtirochi, konstruktorning faoliyatida va hatto qilayotgan narsani o`ylab ko`rish va yaxshi tasavvur qilish zarur bo`lgan oddiy ishda ham yuz beradi. Ixtiyorsiz xayol kishining oldiga hech qanday vazifa turmagan vaqtda, lekin u beixtiyor ravishda orzu qilib, xayol sura boshlagan paytda bo`ladi. Ba’zan bu jarayonlar shirin orzu xarakteriga ega bo`ladi va ongning to`liq nazorati ostida tarkib topmaydi. Xayolning ixtiyorsiz faoliyatiga tush ko`rish ham kiradi.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling