Reja: Xronologiya haqida tushuncha va uning turlari


Download 34.12 Kb.
bet4/10
Sana27.01.2023
Hajmi34.12 Kb.
#1134585
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
XRONOLOGIYA FANINING VUJUDGA KELISHI VA TARAQQIYOTI

J. Skaliger tarixiy xronologiyaga sistematizatsiya (tizim)ni olib kirib, aniq tarjima usullarini (redaktsiya, reduktsiya) ishlab chiqdi. Shuningdek, Yulian stilidagi solnomalarni ishlab chiqdi. Jozef Jyust Skaliger (5.08.1540-21.01.1609 yillar) so`nggi o`rta asrlardagi frantsuz gumanistlaridan biri bo`lib, filolog va tarixchi edi. Asli ital’yan bo`lgan Skaliger 1562 yilda kal’vinizmni qabul qilib, XVI asrning ikkinchi yarmida Frantsiyada ro`y bergan diniy urushlarda faol ishtirok etgan. Fojeali Varfolomey kechasidan keyin Skaliger Jenevaga qochib ketadi. (Bu davrda ushbu shaharni «Protestantlar Rimi» deb atashardi). Bu yerda u 1572-74 yillarda falsafadan dars beradi. Keyinroq, 1593-1606 yillarda Skaliger Leyden Universitetining professori bo`ldi. U antik davri muallif (Varron, Vergimiy, Katon va boshqa)larning asarlariga sharhlari bilan mashhur bo`ldi. Qiyosiy tilshunoslik, ilmiy xronologiya sohasidagi ishlari ham diqqatga sazovordir.
Solnomalar tavsifi haqidagi ko`plab tadqiqotlar XVII asrda frantsuz monaxi D. Petavi tomonidan amalga oshirildi. Umumiy ta`rif va xronologiya tarixini XIX asrda nemis olimi L. Idelyer, keyinroq XX asr boshlarida boshqa bir nemis olimi F. Gintsed tomonidan yaratildi.
XX asrda xronologiya sohasidagi ishlar, avvalo, alohida turdagi solnomalarni chuqurroq o`rganish va xalq kalendari asosida vaqtni belgilashga bag`ishlandi. Ko`plab ishlar qadimgi tarixdagi solnomalarni hozirgi sistematizmga o`girish, mashhur manbalar asosida boshqaruv yillarini, masalan, fir`avnlar (Misr), anxondlar (Afinada), konsul va imperatorlar (Rimda), Rim papasi, Patriarxlar faoliyatini aniqlashdir. Tarixiy xronologiyaning rivojlanishida uning arxeologiya va boshqa aniq fanlar bilan aloqasi muhim ahamiyatga egadir. Yana ko`proq tarixiy xronologiyada informatsion hisoblash texnikalarining qo`llanishi ham ahamiyatlidir.
Xronologiya tarixiy fanlarning rivojlanishi natijasida vaqtni o’rganadigan fan sifatida XVI asrda vujudga keldi. Xronologiya ilm sifatida Bobil, Misr, Yunoniston va Rimda shakllandi. O’rta asrlarda xronologiyaning rivojlanishiga O’rta Osiyolik olimlar ham o’z hissalarini qo’shdilar.
Download 34.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling