Astronomik xronologiya osmonda bo`ladigan turli qonuniyatlarni aniq astronomik vaqt asosida o`rganadi. Tarixiy xronologiya-bu maxsus tarixiy tartib bo`lib, yozma va arxeologik manbalarni tadqiq etish asosida aniq tarixiy hodisalar va hujjatlarni belgilashdir, yoki qisqaroq aytadigan bo`lsak, turli tarixiy hodisalarni hujjatlar asosida sanasini belgilashdir. Xronologiyani o`rganishda albatta astronomik xronologiyaga murojaat qilinadi.
Xronologiya-tarixan vujudga kelgan bilimlar tizimidir. Tabiatni kuzatish, vaqtni aniqlashda qiyin matematik hisoblashlar qadimdayoq xronologiyaning paydo bo`lishiga zamin yaratdi. Xronologiya sharqning qadimgi davlatlarida, avvalo, Bobil (Mesopotamiya)da va Misrda, ayniqsa, rivojlanishi Qadimgi Yunoniston va qadimgi Rimda kuzatilgan4. Xronologiya bilan ilk shug`ullangan olimlar sirasiga qadimgi grek olimlaridan Eratosfen, Ptolemey, Kalliplarni kiritishimiz mumkin. Qadimgi Rim mutafakkirlaridan Varron, Tsenzorin va Makrobiylar ham shular jumlasiga kiradi. Eratosfen Kirenskiy (eramizgacha 276-194 yillar) taniqli qadimgi matematik bo`lib, Aleksandriya va Afinada ishlagan, Misrdagi Aleksandriya kutubxonasini boshqargan (o`z vaqtida matematika, geografiya, falsafa, filologiya, astronomya asoschilaridan biri bo`lib, qadimgi xronologiya haqidagi ishlar unga oiddir).
Taniqli grek matematigi Klavdiy Ptolomey (eramizgacha 2-asr) astronomyaga oid mashhur «Almagesta» asari muallifidir. Asar o`zida o`sha davrning butun astronomk bilimlari bayonini beradi. Ptolomey xronologiya faniga katta hissa qo`shdi. Astronomk kuzatuvlar qadimda podsholar boshqargan yillar bo`yicha qayd etilgan, Shuning uchun Ptolomey «Podsholarning xronologik qonuni»ni tuzgan.
Umuman, Ptolomeyga qadar xronologiya faniga turli sohadagi bilimlarga ega olim Mark Terenskiy Varron (eramizgacha 116-27 yillar) katta hissa qo`shdi. Rimlik yozuvchi va olim Mark Terenskiy Varron Reat shahrida boy va siyosiy yetuk oilada dunyoga keldi. (Shuning uchun uni ba`zida Varron Reatinskiy deb ham atashadi).
Varron Gney Pompey va senat tarafdori bo`lib, Pompey davrida taniqli lavozimlarni egallagan kichik kolleg-konsul bo`lib, sud ishlarini yuritgan. Konsul yo`q davrlarda uning o`rniga barcha jinoiy ishlar bo`yicha sud komissiyalarini boshqargan. Konsullar Varron davrida 8 tadan oshmagan. Varron qaroqchilarga qarshi janglarda, keyinroq Yuliy Sezar bilan jangda Gney Pompeyga qarshi kurashgan (eramizgacha 49-48 yillar). Pompey Varronga G`arbiy Ispaniya mudofaasini topshiradi, lekin Varron tezda Sezarga taslim bo`ladi. Sezar uni kechiradi va unga Rimda jamoat kutubxonasi tashkil etishni topshiradi. Keyinroq, Mark Antoniy davrida Varron qonun oldida javobgar, deb e`lon qilinadi. U zo`rg`a bundan qutuladi. Rimdagi fuqarolar urushidan so`ng Varron o`zini butunlay ilmiy faoliyatga bag`ishlaydi. Varron qomusiy olim edi. U she`riyat va ritorika, tilshunoslik, falsafa, tarix, geografiya, adabiyot va matematika tarixi, huquqshunoslik va qishloq xo`jaligi bilan shug`ullangan. U 600 dan ziyod kitob yozgan bo`lib, ularning ko`pi xronologiyaga bag`ishlangan.
Xronologiyaning keyingi istiqboli o`rta asrlarda yuz berdi. Bu davrda xronologiya bilan ko`plab yirik olimlar shug`ullandilar. Ular orasida SHarqning ajoyib qomusiy olimi
Do'stlaringiz bilan baham: |