Reja: Xufyona iqtisodiyotning mazmuni va vujudga kelish sabablari
Download 86.96 Kb.
|
6- мавзу
Mazkur jadval shuni yaqqol ko‘rsatib turibdiki, iqtisodiyotning xufyona sektorida aksariyat pozitsiyalar bo‘yicha faqat tadbirkorlik faoliyatini tashkil yetishda transaksiya xarajatlari rasmiy iqtisodiyotga qaraganda ancha past(6+/2+). Masalan, yerga yegalik qilish yoki uni ijaraga olish huquqlarining noqonuniy qo‘lga kiritilishi imorat soluvchilar uchun bepulga tushmaydi, lekin barcha rasmiy tartib-qoidalar va ushbu transaksiyani amalga oshiruvchi instansiyalar, sarflangan vaqt va boshqa sarf-xarajatlarni hisobga olgan holda nolegitim yo‘l ayrim sub’ektlar uchun ancha oson va foydali bo‘lib chiqadi. Chunki xufyona iqtisodiyot rasmiy iqtisodiyotdan o‘tib bo‘linmas to‘siq bilan ajralmagan, ko‘pchilik xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar transaksiyalarni xufyona sektor yordamida amalga oshirish mumkin. Shularni inobatga olganda norasmiy sektor faoliyatini cheklash nafaqat qonunchilikni takomillashtirish, balki tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun sarflanadigan transaksiya xarajatlarini ham qisqartirib berish muhim ahamiyatga ega. Shuni ham ta’kidlash kerakki, qonunlarga itoat yetish “bahosi” to‘g‘ridan- to‘g‘ri pul xarajatlarinigina yemas, balki u yoki bu protseduralarni amalga oshirish uchun ketadigan vaqtni ham o‘z ichiga oladi. Aynan shu holat ko‘p hollarda xufyona faoliyat yuritish uchun asosiy sabab bo‘ladi. Bu yerda muqobil qarorni izlash natijasida iqtisodiyot sub’yektlari davlat ishtirokisiz, ya’ni xufyona faoliyat olib borish yo‘lini tanlaydilar. Demak, olimlarning fikricha, qonunga itoat yetishning yuqori bahosi bilan xufyona iqtisodiyot o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik mavjud. Lekin yashirin tarzda faoliyat olib borish ham katta sarf-xarajatlar bilan bog‘liq. Iqtisodchilar xufyona iqtisodiyot kelib chiqishining iqtisodiy sabablarini bozor xo‘jaligi doirasida raqobat muammosi bilan bog‘lash mumkin, degan fikrni bildiradilar. Ular xufyona iqtisodiyotni nomukammal raqobatning bir shakli sifatida ko‘rish kerak, deb hisoblaydilar. Mukammal bozor munosabatlari shakllanib va rivojlanib borgani sari sog‘lom raqobat xufyona iqtisodiyotni siqib chiqaradi. Buning isbotini rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida ko‘rish mumkin. Ularda xufyona iqtisodiyotning ulushi rivojlanayotgan va bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlardagiga qaraganda ancha past. Davlat iqtisodiyotni samarali boshqara olmas yekan, tadbirkorlikni amalga oshirish uchun yetarli sharoitlar yaratmas yekan, xufyona iqtisodiyot xunuk ko‘rinishlarga yega bo‘lib, miqyoslari kengayib boraveradi. Xufyona iqtisodiyot miqyoslari, ayniqsa, inqirozlar davrida, yuqori inflyatsiya va valyuta kurslarining keskin o‘zgarib turishi, bozor xo‘jaligida muvozanat buzilgan sharoitda shiddat bilan kengayib boradi. Xufyona iqtisodiyotni kelib chiqish sabablarining keyingi guruhiga ijtimoiy omillar kiradi. Hozirgi kundagi jamiyatda bir qator ijtimoiy muammolar mavjud bo‘lib, ulardan biri jamiyatning ijtimoiy tabaqalanishidir. Bu innovatsion iqtisodiyotga o‘tish ga xos bo‘lgan jarayon bo‘lib, muammoni hal yetishga bo‘lgan urinishlar aksariyat jamiyatlarda muvaffaqiyatsiz bo‘lmoqda. Jamiyatning tarkibiy tuzilishi xufyona iqtisodiyot ishtirokchilarining potensial sonini belgilaydi. Chunki, aholining kam ta’minlangan va boshqa guruhlari xufyona sektor doirasiga ko‘proq tortiladi. Xufyona iqtisodiyotni kelib chiqish sabablarining yana bir guruhiga huquqiy omillar kiradi. Bu tadbirkorlikning huquqiy bazasini takomillashmaganligi bilan bog‘liqdir. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, hatto eng rivojlangan mamlakatlarda ham tadbirkorlikning huquqiy bazasini rivojlanishi iqtisodiy jarayonlardan orqada qoladi. Bozor xo‘jaligidagi o‘zgarishlar bilan mavjud huquqiy baza o‘rtasidagi ziddiyatlar xufyona iqtisodiyot sub’ektlari uchun huquqiy sohadagi kamchiliklardan foydalanish imkoniyatini yaratadi. Qonunlar ham xufyona faoliyat turlariga nisbatan turlicha bo‘lishi mumkin. Ba’zi holatlarda yirik korporatsiyalar o‘zlarining moliyaviy imkoniyatlaridan foydalangan holda qonun chiqaruvchilarga tazyiq o‘tkazishlari va ma’lum ijtimoiy guruhlar manfaatlariga mos keladigan qonunlarni qabul qilinishiga harakat qilishlari mumkin. Xufyona iqtisodiyotni kelib chiqish sabablarining boshqa bir guruhiga ma’naviy omillar kiradi. “Tenevaya yekonomika v sisteme rыnochnogo xozyaystva”, deb nomlangan darslik mualliflarining fikricha, ushbu omillar tadbirkorlik faoliyatining ma’naviy asoslarini zaifligi bilan belgilanadi. Ularning ta’kidlashlaricha, qonunlar ma’lum davrning ma’naviy-axloqiy qadriyatlarini o‘zida aks yettiradi. Lekin aynan qonunlar orqali amalga oshiriladigan davlat manfaatlari ko‘p hollarda jamiyatning ko‘pchiligi manfaatlariga mos kelavermaydi, ayrim holatlarda yesa ularga zid bo‘lishi mumkin. Tadbirkorlikning ma’naviy asosi keng bo‘lib, ko‘p hollarda xo‘jalik huquqidan ham muhimroqdir. Yuqorida nomi keltirilgan darslik mualliflari misol tariqasida Ikkinchi jahon urushi davrida Germaniyaning natsistlar rejimi bilan xufyona operatsiyalar o‘tkazgan shveysar banklari faoliyatini keltiradilar. Rasmiy tomondan olib qaraganda bunday faoliyat qonunga zid bo‘lmagan, lekin jahon hamjamiyati oldida bu banklar oddiy ma’naviy-ahloqiy tamoyillarni oyoq osti qilganlar. Mana shunday bahoni Germaniyaning yirik korporatsiyalari faoliyatiga ham berish mumkin. Ular ham Ikkinchi jahon urushi davrida natsistlar tomonidan bosib olingan hududlardagi minglab kishilarning mehnatidan foydalanganlar. Ayni paytda, deb yozadilar darslik mualliflari, hozirga kelib mana shu korporatsiyalar, bir paytda jamiyatning ma’naviy – ahloqiy tamoyillarni buzganliklarini tan olgan holda, kishilarga kompensatsiya to‘lamoqdalar. Va nihoyat, xufyona iqtisodiyotni kelib chiqish sabablarining oxirgi guruhiga siyosiy omillar kiritiladi. Ushbu omillar siyosiy tizimdagi ziddiyatlar oqibatida yuzaga keladi. Bunda eng muhim, prinsipial masalalardan biri hokimiyat bilan yirik kapital o‘rtasidagi munosabatlar masalasidir. Ma’lumki, ularning birlashishi har narsaga qodir bo‘lgan oligarxiyani shakllantiradi. Bu xufyona iqtisodiyotga sifat jihatdan yangi belgilar beradi. Iqtisodiyot rivojlanishining ob’ektiv ehtiyojlari bilan olib borilayotgan davlat siyosati o‘rtasidagi qarama–qarshiliklar ham xufyona iqtisodiyotning shakllanish jarayoniga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘tgan asrning 20-yillarida AQShda spirtli ichimliklarni iste’mol qilish qonun yo‘li bilan taqiqlab qo‘yilganligi natijasida xufyona alkogol biznesi rivojlanib ketgan. 80-yillarda shunday holat SSSRda ham takrorlangan. 1960-yillarda Hindistonda hukumat qarori bilan past probali tilla bilaguzuklar ishlab chiqarish taqiqlanganligi bois, qisqa vaqt ichida xufyona iqtisodiyotning mamlakat yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 60 foizga yetgan. Hindiston xukumati o‘ylamasdan qabul qilingan qarorni bekor qilganidan so‘ng iqtisodiyot normal holatiga qayta boshlagan2. Xufyona iqtisodiyot ijtimoiy ishlab chiqarish bosqichlariga ko‘ra xufyona ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash, iste’mol shakllarida namoyon bo‘ladi. Xufyona ishlab chiqarish noqonuniy, hisobga olinmagan, yashirin, mayda ishlab chiqarish, sifatsiz mahsulotlar chiqarish, ishlab chiqarish resurslaridan noratsional foydalanishda namoyon bo‘ladi. Korrupsiya va jinoyatchilik o‘zaro bog‘liq bo‘lib, bir-birini taqozo etadi. Korrupsiya iqtisodiyot sohasida davlat hokimiyati tuzilmalari va jahon jinoyatchilik tuzilmalari bilan birikib, qo‘shilib ketishi, siyosiy hamda jamoat arboblarining xoinligi va sotqinligidir. Shuningdek, korrupsiya jinoyatchilikning bir turi bo‘lib, mansabdor shaxslar, siyosiy va jamoat arboblari, ayrim shaxslarning o‘z xizmat, mansab huquqlari, vakolatlaridan davlat va jamiyatga zarar keltirgan holda boyish, o‘z shaxsiy boyligini orttirish maqsadida foydalanish hisoblanadi. Download 86.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling