6.1-chizma. Xufyona iqtisodiyotning kelib chiqish sabablarining guruhlanishi
Umumiy qabul qilingan transaksiya xarajatlari nuqtai nazaridan xufyona iqtisodiyotning faoliyat ko‘rsatishi huquqiy bazaning takomillashmaganligi, davlat tomonidan o‘ziga xos funksiyalarning samarasiz bajarilishi, xo‘jalik faoliyatida ikki xil standartlarning keng tarqalishi kabi tovlamachiliklarning o‘sishi bilan bog‘liq katta miqdordagi transaksiya xarajatlari bilan kuzatiladi.
Transaksiya xarajatlari o‘sishining sababi xufyona sektori iqtisodiyoti yemas, balki rasmiy iqtisodiyotda yuqori transaksiya xarajatlarining mavjudligi xufyona sektor faoliyat ko‘rsatishining sabablaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Xufyona biznes ishtirokchilari o‘zini soliqlardan, litsenziyalashdan, shartnomalar tuzishdan, qonunlarga amal qilishdan ozod qiladi va “o‘yin qoidalariga” ko‘ra mulkchilik huquqini mustaqil ravishda muhofaza qiladi hamda uni buzgan xatti-harakat uchun jazolaydi va bu bilan rasmiy faoliyat ko‘rsatuvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga qaraganda raqobat jihatdan ustunlikka yega. Jadvalda iqtisodiyotning rasmiy va norasmiy sektorlarida tadbirkotlik faoliyatini tashkil yetish yuzasidan transaksiya xarajatlari taqqoslanadi(6.1-jadval).
6.1-jadval
Transaksiya xarajatlari: iqtisodiyot sektorlari bo‘yicha qiyosiy tahlil
Transaksiya xarajatlari turi
|
Rasmiy sektor
|
Xufyona sektor
|
Izoh
|
1. Tadbirkorlik faoliyati uchun litsenziya olish
|
+
|
-
|
Norasmiy ishlab chiqarish
|
2. Yerga yegalik qilish yoki uni ijaraga olish huquqini qo‘lga kiritish
|
+
|
-
|
Noqonuniy qurilish
|
3. Tegishli qonunlar va normativlarni bilish va ularga amal qilish
|
+
|
-
|
Xufyona iqtisodiyotning o‘yin qoidalariga amal qilish
|
4. Soliqlarni to‘lash
|
+
|
-
|
|
5. Kredit olish
|
+
|
+
|
Kredit imtiyozli shartlarda beriladi
|
6. Shartnomalar shartlarining bajarilishini nazorat qilish tizimi
|
+
|
+
|
Bitimlarni noiqtisodiy nazorat qilish
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |