Reja: Xususiy kapital, rezervlarning iqtisodiy mohiyati va hisobning vazifalari
Maqsadli moliyalashtirish va tushumlarning
Download 30.55 Kb.
|
xususiy kapital buxgalteriya
9.5. Maqsadli moliyalashtirish va tushumlarning
hisobi Xo‘jalik yurituvchi subyektlaming ayrim faoliyatlarini rivojlantirishda maqsadli moliyalashlar va tushumlar muhim ahamiyatga ega. Maqsadli moliyalashlaming muhim turlari bo‘lib subsidiya va grantlar hisoblanadi. Subsidiya (lotincha subsidum — yordam, nafaqa ma’nosida) — korxonalar, tashkilotlar va xorijiy davlatlarga beriladigan mablag‘. Biror faoliyatni uyushtirish yoki qo‘llab-quwatlash maqsadlarida, odatda, davlat byudjeti, mahalliy byudjet, yirik bank va korxonalar, homiylar tomonidan ajratiladi. Subsidiya dotatsiya singari takrorlanmay, faqat bir marta qaytarib bermaslik va qaytarib berish sharti bilan beriladi. Qaytarib olinmaydigan subsidiyalar amaliyotda keng tarqalgan. Grant, asosan, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlarini o ‘tkazishda davlat tomonidan moliyalashtiriladigan buyurtma hisoblanadi. Hozirgi vaqtda grantlar ajratish bilan nafaqat davlat, balki nodavlat, chet el, xalqaro tashkilotlar va korxonalar ham shug‘ullanadi. Bunda iqtisodiyotni rivojlantirishda asosiy maqsad ilmiy-texnika va innovatsion yordam ko‘rsatishdir. Grant mablag‘- laridan qat’iy ravishda tegishli maqsadlarda foydalaniladi. Maqsadli tushumlar jumlasiga a ’zolik badallari, maqsadli foydalanishga mo‘ljallangan soliq imtiyozlari va boshqalar kiradi. 165 Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasida maqsadli moliyalashtirishlar va tushumlarning hisobiga shu nomdagi 8800 hisobvaraq moijallangan. 8800 hisobvaraq passiv hisobvaraqlardan bo‘lib, unda quyidagilaming hisobi tashkil etiladi: 8810 — grantlar; 8820 — subsidiyalar; 8830 — a’zolik badallari; 8840 — maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlar; 8890 — boshqa maqsadli tushumlar. Bunda grant va subsidiyalarga tegishli muomalalar hisobvaraqlarda quyidagi tartibda aks ettiriladi: a) grant va subsidiyalar ajratilgani haqida xabar olinganda — DT 4890 KT 8810, 8820. b)grant va subsidiyalar ustav kapitalining oshishiga olib borilganda - DT 8810, 8820 KT 8310, 8320, 8330, 8420. c) grant va subsidiyalar rezerv kapitaliga olib borilganda — DT 8530 KT 8810, 8820. 8830 — a’zolik badallari hisobvarag‘ida ta’sis hujjatlari bilan belgilangan jamiyat a’zolarining a’zolik badallari aks ettiriladi va u pul mablag‘lari hisobvaraqlarining debeti hamda 8830 hisobvarag‘ ining krediti bo‘yicha aks ettiriladi. Soliq solishdan ozod etish natijasida bo‘shagan mablag‘lar summalarining maqsadli vazifalami bajarishga yo‘naltirilishi 8840 — ≪Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari≫ hisobvarag‘ining debetidan 8530 — hisobvarag‘ining krediti bilan rasmiylashtiriladi. Imtiyoz davri o ‘tishi bilan ushbu provodkaga (soliq solishdan imtiyoz summasiga) 6410 hisobvarag‘i debetlanib, 8840 hisobvarag‘ i kreditlanadi. 8890 — boshqa maqsadli tushumlar hisobvarag‘iga maqsadli tushumlar kelib tushganda, ushbu hisobvaraq kreditlanib, 5010- 5530 hisobvaraqlar debetlanadi. Umuman, yuqorida keltirilgan maqsadli moliyalashtirishlar va tushumlar, ayniqsa grant va subsidiyalar hisobi BHMA-10 — ≪Davlat subsidiyalarining hisobi va Davlat yordami bo‘yicha ko‘rsatiladigan ma’lumotlar≫ talablari asosida tashkil etiladi. Download 30.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling